Home

Oq yo‘l senga bitiruvchi

Joriy yilning 22 iyun kuni institut  To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakultetining 227 nafar va Matbaa texnologiyalari fakultetining 150 nafar bakalavr bitiruvchi talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori S.Yunusov, “O‘zto‘qimachilik sanoati” uyushmasi tashkiliy va kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Z.Xakimov, “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompanyasi bosh direktor o‘rinbosari R.Djumaboyev, Standartlashtirish metriologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutining malaka oshirish markazi rahbari M.Ergashov, O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kotibi G‘.Valiyev, Matbaa texnologiyalari fakulteti dekani X.Temirov, To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani K.Avazov va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, OAV masul xodimlari, talabalarning ota-onalari, hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda institut rektori S.Yunusov so‘zga chiqib, bitiruvchi talabalarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirar ekan, eng avvalo, ularga sihat-salomatlik, yillar davomida egallagan bilimlarini el-yurt ravnaqi yo‘lida sarf qilib, mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shishda hech qachon tolmaslikni, kelgusidagi ishlarida omad yor bo‘lishini tilab, bitiruvchi talabalar o‘qishga kirgan yillaridan bugungi kunga qadar yaxshi bir mutaxassis bo‘lib yetishishlarida o‘z bilimini ayamay fidokorona mehnat qilgan, o‘z kasbiga sidqi dildan yondoshgan barcha ustozlariga minnatdorchilik bildirgan holda ularning bergan saboqlari, hayot yo‘llarida katta ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bitiruvchilarga ustoz-murabbiylari tomonidan kelajakdagi ishlariga ulkan muvofaqqiyat va oq yo‘l tilandi hamda diplom bilan birgalikda faol talabalarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar hamda ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma ham topshirildi. Talabalar ota-onalari bilan birgalikda so‘zga chiqib ustozlariga o‘z minnatdorchiliklarini isxor etishdi.
 




 

Friday, 22 June 2018 13:15


 

THE ANNOUNCEMENT

On Jun, 30 th, 2018 at 9:00 o'clock in an audience 1-222 session will take place Scientific council awarding scientific degrees DSc.27.06.2017.Т.08.01 at the Tashkent institute textile and light industry.
The agenda:
Protection of thesis for a doctor's degree Kasimova Aziza on competition of a scientific degree of the doctor of philosophy on texnical sciences on a speciality 05.06.04-Technology of garments and costume design  on a theme «Methodological basis of designing the top knitwear from cotton-nitrone cloths with nigh tensile strength and thermal protection properties».

Scientific secretary of scientific council,             
doctor of technical sciences, professor       A.Mamatov

Monday, 18 June 2018 14:45

   

E’lon!

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.08.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishi 2018- yil 19-iyun kuni soat 14:00da institutning birinchi binosi, 222-xonada bо‘lib о‘tadi.
Kun tartibi:
1. Izlanuvchi Uzoqova Umida Raximjonovnaning 05.06.02-"Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish" ixtisosligi bо‘yicha bajargan “Совершенствование технологии производства новых структур жаккардовых лент” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi.
Ilmiy rahbar, t.f.n., dotsent S.S.Raximxodjayev

2. Izlanuvchi Islambekova Nigora Murtazayevnaning 05.06.02-“Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bо‘yicha bajargan “Sirt faol moddalar yordamida pillani chuvishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi.

Ilmiy seminar kotibasi,
t.f.d., dots.    N.R.Xanxadjayeva

Tuesday, 12 June 2018 14:41

   

Page 1 of 345

Ma`lumotlar markazi

Call center +99871 253 36 66 

Our Address

5, Shohjahon Street, district Yakkasaroy, Tashkent, Uzbekistan


The number of confidence:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

The number of confidence:

 1006

Useful Websites

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries