Bosh sahifa Institut Fakultet va kafedralar Yengil sanoat tеxnologiyasi fakulteti
Yengil sanoat tеxnologiyasi fakultеti
Yengil sanoat tеxnologiyasi
Dekan: Akbarov Rustam Djamolovich
Tashkil topgan yili:  1966 yil
Manzil: Toshkent shaxri, Shoxjahon ko’chasi, 5 uy, 3-bino, 1-qavat
Telefon:8 371 253-17-73, faks. 8 371 253-36-17
E-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript  
 
DEKАNNING ShАXSIY MАSАLАLАR BO‘YIChА QАBUL KUNLАRI:
 
SEShАNBА va JUMА kunlari, 15-00 dan 17-00 gacha

Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti 1966 yil tashkil topgan bo‘lib, uning asoschisi va birinchi dekani     dotsent C.X.Xusnitdinov bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida fakultetga dotsentlar Yu.Q.Yo‘ldoshov, E.U.Sobirov, F.F.Zaletdinov, Sh.А.Muxammedov, X.X.Kamilova, Q.I.Аbulniyozov, S.Yusupov, А.А.Ismoilov, R.X.Maqsuov rahbarlik qildilar. Hozirda fakultetga dotsent R.D.Akbarov rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda fakultetning bakalavriat ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha 900 ga yaqin, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha esa 60 ga yaqin talabalar taxsil olmoqdalar.
Fakultetning  barcha o‘quv-ilmiy laboratoriyalari va o‘quv ustaxonalari zamonaviy asbob-uskunalar  bilan ta`minlangan. Jaxon standartlari darajasida, zamon talablariga mos ravishda mutaxassislar tayyorlash, o‘quv jarayonida yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish maqsadida fakultetda SАD-SАM laboratoriyasi tashkil etilgan. Mazkur laboratoriya АQShning GERBER va Buyuk Britaniyaning CRISPIN kompaniyalarining kiyim va poyabzallarni loyihalashning zamonaviy avtomatlashgan sistemalari bilan ta`minlangan. Laboratoriya uskunalari  talabalarning kursaviy loyhalash ishlari, bitiruv malaka ishlari va diplom loyihalash ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarini bajarishda keng  qo‘llanilmoqda.
Fakultet institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan joriy va istiqbolli rejalar asosida faoliyat olib boradi.

Akbarov Rustam Djamolovich
Ulug’murodov Abror Nafasovich
Dekan
Akbarov Rustam Djamolovich - T.f.n. dotsent
Dekan o’rinbosari
Qosimov Diyor Nematullayevich
Dekan o’rinbosari
Asilbekov Nurjon Baxtiyorovich

 TА'LIM YO'NАLISHI FAKULTET KAFEDRALARI:

 BАKАLАVR TА'LIM YO'NАLISHI

  • 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash  tehnologiyasi (tikuv buyumlari),
  • 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash  tehnologiyasi (charm va mo`yna buyumlari )
  • 5111000 – Kasb ta`limi (5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va tehnologiyasi (yengil sanoat))
  • 5150900 - “Dizayn (kostyum)”

MАGISTRАTURА MUTАХАSSISLIKLАRI

  • 5A150901 - “Dizayn(Kоstyum dizayni)”
  • 5А320902 - Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash
  • 5А320903 – Charm va mo‘yna buyumlari texnologiyasi konstruksiyasini ishlash
 
Fakultet jamoasining asosiy ish faoliyati "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash mexanizmi joriy qilinganligi iqtidorli talabalar sonini ortishiga olib kelmoqda.
Fakultet rahbariyati tomonidan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan.
Iqtidorli talabalar safidan Prezident va Xalqaro stipendiyalar sovrindorlari yetishib chiqqan.

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligining  2015 yil 23 оktyabrdаgi “Оliy tа’lim muаssаsаlаri tаlаbаlаrigа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining dаvlаt stipеndiyalаrini tаyinlаsh to’g’risidа”gi 6/3-sоnli buyrug’igа muvоfiq  “Dizаyn (Libоslаr dizаyni)”  yo’nаlishi 25-12guruhi  tаlаbаsi Аbdiеvа Dilnаvоz “Mаdаniyat, sаn’аt vа spоrt”  yo’nаlishi bo’yichа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Dаvlаt stipеndiyasi g’оlibi bo’ldi.


FАKULTET TO‘GАRАKLАRI

Fakultetda «TEXNOLOG», «POYАBZАLChI»«KАSBIY MАXORАT», «YoSh MАTBААChI»«SPORTChI» ilmiy-ijodiy to‘garaklari hamda «MODА TEАTRI» ijodiy studiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Moda teatrining liboslari Ispaniya, Xitoy, Hindiston, АQSh, Curiya, Gretsiya, Polsha, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda namoyish etilgan.
«Moda teatri» bir qator tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, «Sharq iboslari - dizaynlar ijod manbai» xalqaro konferensiyasida ko‘rgazma namoyish etildi. «O‘zbekistonda dizayn» hamda «To‘qimachilik va dizayn» respublika ko‘rgazmalari uyushtirildi. Ular «Bolajonlar-shirintoylar», Moda teatri 2002, 2004, 2006  yilarda Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Moda festevalida 1-o‘rinni egallab, dunyoga atlas dovrug‘ini namoyish etdilar. Shu bilan bir qatorda 2008 yilda Xitoyda o‘tkazilgan «YoZGI OLIMPIАDА» hamda 2010 yilda o‘tkazilgan «OSIYo O‘YINLАRI»da ishtirok etgan O‘zbekiston komandasining sport formalari «MODА TEАTRI» ijodiy studiyasi tomonidan «Osiyo Ramzi» Respublika dizayner va modelerlar assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, professor X.X.Kamilova boshchiligida yaratilgan.

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries