Главная 2017 – Год диалога с народом и интересов человека
Новости института

Zamonaviy bilim va yuksak intellekt

Печать

Joriy yilning 22 may kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyi Aborot resurs markazida zamonaviy talablarni hisobga olib o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish maqsadida elektron kutubxona ko‘rinishida axborot va ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda talaba-yoshlar o‘rtasida Matlab, Kompas dasturlari bo‘yicha navbatdagi kompyuter savodxonligi darsi o‘tkazildi. Ushbu darsda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, 3-talabalar turar joyi kengashi raisi O.Qarshiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. O‘tkazilib kelinayotgan darslardan asosiy maqsad mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashda yoshlarni keng jalb qilish, ularni iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish hamda zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsiya madaniyatini puxta o‘zlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, ular o‘rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdir.
 



 
 

Biz yoshlar “Diniy ekstremizim va terrorizm”ga qarshimiz

Печать

Joriy yilning 22 may kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti 1-Talabalar turar joyida “Biz yoshlar “Diniy ekstremizim va terrorizm”ga qarshimiz  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, Yakkasaroy tumani Rakat jome masjiti imom hatibi noibi K.Asrorov, fakultet pedagog-tarbiyachisi B.Boymurotov  va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda Islom dini omillari va shariy qoyidalari haqida gapirib o‘tildi. Bazi-bir razil kimsalar islom dinimizni niqob qilib siyosatga qarshi chiqib, yurt tinchiligini buzayotgan insonlar haqida keng batafsil gapirib  o‘tdi. Suhbat so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldilar.
 



 

 

Talaba sport haftaligi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-5368-son farmoni, 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-3031-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 6 iyundagi 376-son buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 maydan boshlab “Talaba sport haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida 22 may kuni  O‘zbekiston milliy universitetida qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qo‘l to‘pi bo‘yicha sport musobaqasida institut jamoasi faxirli 2-o‘rinni egalladi. Ushbu musobaqada 25-16 guruh talabasi E.Avezova raqib jamoalar darvozalariga eng ko‘p to‘p kiritib, musobaqa to‘p urariga aylandi.

 
 

Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari

Печать

Joriy yilning 21 may kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti 1-Talabalar turar joyida “Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risi”da davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, 68-sonli shahar bosh inspektori mayor J.Nabiyev, fakultet pedagog-tarbiyachisi B.Boymurotov  va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda har yili o‘rtacha 1 milliondan ortiq insonlar odam savdosi qurboniga odamlar o‘z mamlakatlari chegaralaridan olib o‘tilib, qullikka sotilayotganligi, bunday salbiy oqibatlarga kim sababchi? albatta insonning o‘zi ekanligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida odam savdosi qurbonlari va bu razil ishlar bilan shug‘ullanuvchi kimsalar to‘g‘risida ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
 





 

Образец героизма

Печать

21 мая текущего года под руководством заместителя декана факультета «Технология хлопковой  промышленности» И.Юсуповым для студенческой молодежи  был организован культпоход к памятнику семьи Шомахмудовых, находящиеся  на площади Дружбы народов города Ташкента. По ходу экскурсии участники получили бесценные информации о семье Шомахмудовых, которые в годы второй мировой войны усыновили детей разных возрастов и национальностей. Этот поступок нашего соотечественника был настоящим  образцом героизма.
 



 
 
 

Страница 1 из 179