Bosh sahifa

“Narkomaniyaga qarshi kurashish” bo‘yicha profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash tezkor profilaktik tadbirini tashkillashtirish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 16/3-225-sonli ko‘rsatmasiga asosan, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 21 fevral kuni yoshlar orasida “Narkomaniyaga qarshi kurashish” ishlari samaradorligini oshirish maqsadida institutda profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili mayor X.Yusupov va kapitan T.Mirzaraximov hamda barcha fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari talabalarning huquqiy bilimlarini kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishi, giyohvand moddalari iste’mol qilinishini oldini olish masalalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir so‘ngida talabalar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan o‘zlariga kerakli javoblarni olishdi.
 



 

21.02.2018 13:53


 

Ekologik xavfsizlik madaniyatini barqaror rivojlantirish

Joriy yilning 17 fevral kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Ekologik xavfsizlik madaniyatini barqaror rivojlantirish” mavzusida 3-talabalar turar joyida kafedra kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri O.Yo‘ldosheva, fakultet dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida fakultetning 3s-17 guruh talabalari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir so‘ngida “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti dekanati tomonidan talaba-yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
 




 

19.02.2018 12:40

   

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga ehtirom

Joriy yilning 16 fevral kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga ehtirom” mavzusida 3-talabalar turar joyida kafedra kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri M.Ruzmetov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov, Aktyorlar uyi direktori M.Alimova, fakultet dekan muovinlari I.Yusupov va T.Bobomurotov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov tabarruk zaminimizda o‘zining fidoiyligi, shaxsiy hayot tajribasi, boy ma’naviy merosi bilan beqiyos ibrat ko‘rsatgan yetuk allomalar yashab o‘tganligi, asrlar oshsada, ularning durdona asarlarini dolzarbligi, bugungi kunda taraqqiyotning muhim va ajralmas bo‘g‘iniga aylanganligi, xalqaro miqyosida ham e’tirof etilayotganligini ta’kidlab, ana shunday mutafakkirlarimiz safida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tutgan o‘rni beqiyosdir deya yuksak e’tirof etdi. Davra suhbati davomida talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
 



 

17.02.2018 08:45

   

Sahifa 1 из 291

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries
No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT exclude, type, tld, id, useragent FROM jos_jstats_ipaddresses WHERE ip = '54.144.84.155'