Bosh sahifa

Institutda “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Hozirgi vaqtda islom dinini niqob qilib, o‘zlarini musulmonman deya qo‘poruvchilik, terrochilik harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning o‘limiga sababchi bo‘layotgan manfur kimsalarning qilmishlari haqida talabalarga batafsil tushuntirib berish maqsadida joriy yilning 1 noyabr kuni institutda “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektori R.X.Maksudov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i Z.S.Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan biriktirilgan mas’ul xodim X.X.Eshov, barcha fakultet dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar hamda “Yoshlar” telekanali xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida “Qiyomatga qolgan qarz”  nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan  javoblar oldilar.
 


 

01.11.2017 14:18


 

Talabalar turar joyida “Jinoyat uchun jazo muqarrar” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30 oktyabr kuni 4-talabalar turar joyida Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha “Jinoyat uchun jazo muqarrar” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘cha dekan muovini I.Yusupov, Yakkasaroy tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi vazifasini bajaruvchi T.Qosimov, tuman prokurori yordamchisi, Toshkent shahar IIBB inspektori mayor Y.Boybekov va J.Nabiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir yanada ta’sirli o‘tishi uchun sud jarayoni talabalarga jonli namoyish qilib berildi.

31.10.2017 08:24

   

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish

Institutda 2017-2018 o‘quv yili uchun mo‘ljalangan Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash va talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Talabalar turar joyida joriy yilning 29 oktyabr kuni barcha fakultet terma jamoalari o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti jamoasi  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
 



 

30.10.2017 09:46

   

Sahifa 4 из 262

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries
No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT exclude, type, tld, id, useragent FROM jos_jstats_ipaddresses WHERE ip = '23.20.162.200'