Bosh sahifa 2017-yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
Yangiliklari

Institutda “Bayrog‘imiz-faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

Печать

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki, u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. O‘zbekistonimiz istiqlolga erishgach, eng avvalo, Davlatimiz ramzlari tasdiqlandi. 1991 yil 18 noyabr xalqimiz yodida o‘chmas va qutlug‘ sana bo‘lib qoldi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. O‘tgan davr mobaynida hur diyorimizning go‘zal bayrog‘i jahon uzra mag‘rur hilpirab turibdi. Yaqinda bayrog‘imiz qabul qilinganligining 26 yilligini qarshi olamiz. Ushbu sana oldidan joriy yilning 17 noyabr kuni institutda barcha fakultetlarda “Bayrog‘imiz-faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Mazkur davra suhbatlarida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining professor-o‘qituvchilari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda 300 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Bayrog‘imiz jonajon o‘lkamiz dunyoda xalqaro hamjamiyatning tenglar ichra teng a’zosi ekanligini anglatish va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni keng yoritib berishdan iboratdir.
 


 



                 
 

Toshkеnt Moda haftaligi – 2017 (Tashkent FashionWeek 2017)

Печать

Kuz fasli yilning eng jozibali tabassumi kabi tovlanadi. Bu mavsum barcha narsani unutib yangidan boshlanish davri hamdir. Toshkеnt moda haftaligi esa – kuz mavsumining eng kutilgan  va yorqin tantanasidir. 14 noyabrdan 19 noyabriga qadar olti kun mobaynida dastur doirasida ko‘plab unutilmas tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, “Milliy libos” fеstivali, Tashkent Fashion Performance, #beyoung (yosh dizaynеrlar tanlovi) hamda mahalliy va xorij dizaynеrlarining mualliflik namoyishlari. Toshkеnt moda haftaligi doirasida o‘zbek va xorij dizaynеrlari tomonidan  unutilmas mahorat-darslari o‘tkaziladi. Shuningdеk, o‘zbеk milliy matolari va amaliy san'at numanalari ko‘rgazmasi xam tashkillashtirilgan. Ilk bor O‘zbеkistonda Italiya elchixonasi bilan birgalikda  “Italiya modasiga 60 yil” nomli ko‘rgazmasini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbir Davlat tomonidan, “O‘zbеkipaksanoat” Uyushmasi va “Ovzbеkiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ko‘magida  o‘tkazilib, asosiy tahkilotchi sifatida “Osiyo Ramzi” O‘zbеkiston Rеspublikasi dizaynеrlar Uyushmasi hisoblanadi.
Profеssional moda haftaligi dasturi quyidagi tadbirlarning o‘tkazilishini o‘z ichiga oladi:
 
•    #beyoung – yosh dizaynеrlar tanlovi;
•    O‘zbеk va xorij dizaynеrlarining mualliflik namoyishlari;
•    “Milliy libos” Fеstivali;
•    Tashkent Fashion Performance;
•    “Italiya modasiga 60 yil” ko‘rgazmasi;
•    Xorij va mahalliy yеtakchi dizaynеrlar tomonidan mahorat-darslari va sеminar-trеninglar;
•    O‘zbеk matolari va o‘zbеk an’anaviy kostyumi ko‘rgazmasi.
“O‘zbеkipaksanot” Uyushmasi bilan hamkorlikda o‘zbеk badiiy va sanoat matolari ko‘rgazmasini o‘tkazish rеjalashtirilgan bo‘lib, uning ochilishida O‘zbеkiston hududlari bo‘yicha an’anaviy kostyumlar namunalari namoyish etiladi. Ilk bor O‘zbekiston dizaynerlari tomonidan “Buxoro Brilliant Silk” Qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda shoyi matolaridan ishlab chiqilgan turli assortimentdagi zamonaviy liboslar to‘plamlari taqdim etiladi.
Birinchi bor O‘zbеkistonda Italiya elchixonasi bilan hamkorlikda “Italiya modasiga 60 yil” ko‘rgazmasining ochilishi Toshkеnt Moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma Italiya uslubi va modasining tarixi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, 1950 yildan to bugungi kunga qadar italiya tikuvchilari va mashhur dizaynеrlari tomonidan  yaratilgan tarixiy liboslar va aksеssuarlar namoyish etiladi. Jumladan, Roberta di Camerino, Galitzine, Prada, Giorgio Armani, Brioni, Versace va boshqalar kabi jahon brеndlari taqdim etiladi. Ko‘rgazma Davlat San'at muzеyida  2017 yilning 15 noyabridan to 2018 yilning 15 yanvariga qadar ishlaydi. TFW doirasida “Italiya modasi kuni” o‘tkazilishi rеjalashtirilgan bo‘lib, unda Antonio Grimaldi, Fulvio Luparia kabi mashhur dizaynеrlarning, shuningdеk, Turin moda haftaligi qatnashchilari, dizaynеrlarining xam kollеktsiyalari namoyish etiladi.
Shuningdеk, TFW tadbirida Frantsiya, Korеya, Rossiya va Qirg’iziston davlatlaridan mеhmonlar o‘zlarining kollеktsiyalari bilan “Tashkent Fashion Performance” moda namoyishida ishtirok etadilar. Moda haftaligi doirasida jami 850 taga yaqin liboslar komplеkti namoyish etilishi rеjalashtirilmoqda.
Umuman olganda, Moda haftaligi zamonaviy va milliy kostyumning unutilmas voqеasi va yorqin bayrami sifatida o‘tishiga vada bеradi. Biz mamnuniyat bilan barcha istagi bor yosh va profеssional dizaynеrlarni Moda haftaligida ishtirok etishga, muxlislarni esa  kutilmagan yangiliklarga boy va qiziqarli tadbirga  taklif etamiz.

Tadbirlarni o‘tkazish joylari: Yoshlar ijod markazi        
                     O‘zbekiston Davlat San’at muzeyi
 

E’lon

Печать

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining Kimyo kafedrasiga quyidagi mollarni sotib olish uchun e’lon berilmoqda. Umumiy narxi - 4500000 (to’rt million besh yuz ming) so’m.


Tovar nomi

O’lch.bir.

Soni

Narxi

Summa

1

Vodorod uchun 40 litrli ballon

Dona

1

1 960 000

1 960 000

2

Vodorod uchun reduktor

Dona

1

1 360 000

1 360 000

3

Vodorod 1 sort

Ballo

1

1 180 000

1 180 000

 

Jami

 

 

 

4 500 000

Taklif va murojaatlar  uchun  tel: +99871 253 06 06    

 

 
 

Institutda “Giyohvandlik – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Ma’lumki, giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy ravishda muomalaga kiritilishi bugungi kunda eng jiddiy transmilliy xavf-xatarlardan biriga aylanib bormoqda. Hozirda dunyoning barcha mintaqalarida xalqaro narkobiznes va u bilan bog‘liq jinoyatchilikning kengayib borishi kuzatilmoqda. Bu esa jahon hamjamiyatidan qat’iy va muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, qolaversa, giyohvandlik moddalari va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda. Shu bois joriy yilning 10 noyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida giyohvandlik va unga qarshi kurashga qaratilgan “Giyohvandlik – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori U.Abdullayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘limi boshlig‘i Sh.G‘ulomov, Toshkent shahar narkologiya dispanseri vrachi D.Sadiyev va institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha barcha fakultet dekani muovinlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlarga giyohvandlik tushunchasi, giyohvandlik va psixotrop moddalar, ularning noqonuniy faoliyati bilan bog‘liq javobgarlik choralari, hamda giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida talaba-yoshlarga ko‘rgazmali slaydlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi hamda giyohvandlik moddalarini iste’mol qilib va ularning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslarning ayanchli holati aks ettirilgan “Qabohat” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq va aniq javoblar oldilar.
 



 
 

E’lon

Печать

Tayanch doktoranturada o‘qishga kiruvchi talabgorlardan mutaxassislik fanlaridan 16 noyabrda va  chet tili bo‘yicha 21 noyabr  kunlari soat 10:00 da 1-bino, 222- auditoriyada kirish imtihonlari o‘tkaziladi.



 
 

Sahifa 1 из 139