Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

Huquqiy axborotni tarqatish takomillashmoqda

Печать

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 7 sentyabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuni fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishi uchun keng imkoniyatlar yaratganligidan kelib chiqqan holda joriy yilning 7 iyun kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan davra suhbati mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini talaba-yoshlarga tushuntirishga bag‘ishlandi. Unda institut yuristkonsulti U.Bozorov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri B.Isroilov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida mamlakatimizda aholining huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. O‘tkazilgan davra suhbatida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
 

Institutda “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 7 iyun kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir tashkil etildi. Uchrashuv hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosiga bag‘ishlanib, unda institut rektori S.Yunusov, Yakkasaroy tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi H.Xamitov, Yakkasaroy tumani sudyasi T.Qosimov, Yakkasaroy tumani sudyasi A.Xoshimxonov, Yakkasaroy tuman prokurori o‘rinbosari Sh.Yusupov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor A.Gulamov va fakultet dekanlari, dekan muovinlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tadbirda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog‘liq  huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularni hayotga tatbiq etish maqsadida Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berganligi ta’kidlandi. Tadbir doirasida institut professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
 



 
 

Biz giyohvandlikka qarshimiz, sog‘lom turmush tarafdorimiz!

Печать

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “26 iyun-Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb belgilanganligini inobatga olgan holda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz, sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida joriy yilning 6 iyun kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida Talabalar turar joyida “Mini futbol” hamda “Voleybol” bo‘yicha sport o‘yini tashkil etildi.
 



 

 
 

Ogohlik davr talabi

Печать

Joriy yilning 6 iyun kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida “Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu suhbatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi assistenti A.Kasimov, hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbatida so‘zga chiqqan ishtirokchilar bugungi kunda jahonning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan terrorchilik harakatlari, qonli to‘qnashuvlar oqibatida insonlar boshiga kulfat yog‘dirayotgan turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib, bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirayotgan yoshlar haqida gapirilar ekan, atrofimizda bo‘layotgan har bir voqealarga ogohlik bilan qarash, g‘oyaviy tahdidlar va axborot hurujlarining o‘chog‘iga aylanib borayotgan turli ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, internet madaniyatini shakllantirish lozimligi haqida ham gapirib o‘tishdi.
 



 
 

Ilm-inson ma’naviy kamolotini yuksaltiruvchi kuch

Печать

Joriy yilning 5 iyun kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida “Ilm-inson ma’naviy kamolotini yuksaltiruvchi kuch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida O‘zbekiston zamini ziyosi ne-ne zamonlar tarix zarvaraqlariga muhrlangani, qancha-qancha daholarga beshik, ilm ma’rifatiga eshik bo‘lgan zaminligi, bu zamin ilm quyoshi bilan necha-necha o‘lkalarni yoritgan va yer yuzini qalam bilan zabt etgan muhaddis sultonlarining eli ekanligi, allomalarimiz olgan ilmlariga amal qilgan holda jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgani, olimlar va komil insonlar darajasiga yetishish faqat ilm sohiblariga xosligi haqida gapirib o‘tildi.
 



 
 
 

Sahifa 3 из 189

Ma`lumotlar markazi

Call center +99871 253 36 66