Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish

Печать

Joriy yilning 11 iyun kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti  talaba-yoshlari o‘rtasida 2017-2018 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari I.Yusupov, T.Bobomurotov va 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev boshchiligida institut Talabalar turar joyida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati hamda “Voleybol” bo‘yicha sport o‘yini tashkil etildi.




 

Qaror va farmoyishlarni mazmun - mohiyati to‘g‘risida

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi “2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi va 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyatini joriy yilning 9 iyun kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlariga yetkazish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 



 


 

O‘zbekiston to‘qimachilik sohasidagi Xalqaro hamkorlik munosabatlari va investitsion muhitni shakllanishi

Печать

Joriy yilning 9 iyun kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakultetida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston to‘qimachilik sohasidagi Xalqaro hamkorlik munosabatlari va investitsion muhitni shakllanishi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani K.Avazov, o‘quv bo‘lim boshlig‘i B.Hasanov, dekan o‘rinbosarlari J.Arabov, O.Abdullayev va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyishmasining inovatsiyalarni jalb qilish va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sh.Raximov, uyushmaning ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi ma’sul xodimi Z.Xakimov hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekistonda to‘qimachilik korxonalarining rivojlanayotganligi va  kelajakda kerakli mutaxassis bo‘lishi uchun yaxshi o‘qish kerakligi to‘g‘risida talaba-yoshlarga batafsil gapirib o‘tildi.
 



 

 
 

Fahriylar doimo hurmat va izzatda

Печать

Joriy yilning 8-iyun kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti “Kimiyoviy texnologiya” kafedrasi tomonidan “Fahriylar doimo hurmat va izzatda” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, “Kimiyoviy texnologiya” kafedrasi professor-o‘qtuvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.  Tadbir so‘ngida kafedraning iqtidorli talabasi, fakultet “Yoshlar ittifoqi” raisi R.Artikbayeva tomonidan kafedra fahrisi K.Ergashev  haqida umumiy ma’lumot va kafedraga qo‘shgan ulkan hissalari haqida tayyorlagan film namoyish etildi.
 



 
 

Master klass

Печать

Joriy yilning 8 iyun kuni To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasida master klass o‘tkazildi. Unda Rossiya federatsiyasining Ivanova nomidagi akademiya professori T.Kareva, kafedraning faxriy professorlari  E.Alimboev, S.Raximxodjaev va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Rossiya federatsiyasining Ivanova nomidagi akademiya professori T.Kareva akademiyadagi to‘qimachilik kafedrasi, undagi talabalarga bo‘lgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar haqida hamda xozirgi to‘qimachilik dastgohlari ularning yangiliklari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
 



 
 
 

Sahifa 4 из 191

MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81