Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

Talabalar bilan “Ochiq muloqot”

Печать

Joriy yilning 19 may kuni institut madaniyat saroyida institut rektorining “Matbaa texnologiyalari” fakulteti talaba-yoshlari bilan “Ochiq muloqot” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori S.Yunusov tomonidan talaba-yoshlarni murojaatlari tinglandi va muhokama qilindi hamda muammolar o‘z yechimini topdi. Bundan tashqari talabalar mavzuga doir o‘zlarini takliflarini berishdi.
 



 


 

Ustozlarni qadirlab

Печать

Joriy yilning 19 may kuni To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi dotsenti B.F.Mirusmonov tavallud ayyomining 60 yillik yubileylari bilan To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti va kafedra professor-o‘qituvchilari jamoa nomidan tabriklashdi. Ustozning barcha shogirdlariga qilayotgan g‘amho‘rliklari, kafedra o‘qituvchilari va xodimlari uchun o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Yana bir bor 60 yoshingiz muborak bo‘lsin aziz ustoz!
 



 
 

Tarix va ma’naviyat ko‘zgusi

Печать

Joriy yilning 18 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti talaba-yoshlari fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov hamda “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi assistenti A.Kasimov boshchiligida Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida fakultet talaba-yoshlari muzey xodimlaridan quyidagi ma’lumotlarni olishdi: Muzey binosi о‘zida Temuriylar davri va zamonaviy me’morchilik san’ati uslublarini mujassamlashtirgan. Bino Amir Temur davridagi saroylar kо‘rinishida qurilgan bо‘lib, uning о‘zi bir muzeydir. Muzey xazinasida О‘zbekiston tarixini, Amir Temur va temuriylar davri tarixini aks ettiruvchi ashyolar saqlanadi. Bular – Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid qо‘lyozmalar, yozishmalar, oltin, kumush va mis tangalar, sopol, bronza va mis buyumlar, me’moriy qoplamalar, etnografik buyumlar, Amir Temur va Temuriylar davri zargarlik buyumlari namunalari, shuningdek, Gо‘ri Amir maqbarasidan, Bibixonim masjididan topilgan ashyolardir.
 



 
 
 

Insonparvarlikning yuksak namunasi

Печать

Joriy yilning 18 may kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlarining Toshkent shahrining ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turgan Xalqlar do‘stligi siymosi hisoblangan Shomahmudovlar oilasi aks ettirilgan yodgorligiga tashrifi uyushtirildi. Tashrif davomida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini O.Abdullayev, guruh murabbiylari talaba-yoshlarga urush yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z bag‘riga  olgan Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haqidagi batafsil ma’lumotlar berishdi.
 





 
 

Kiyinish madaniyati – ma’naviyat ko‘zgusi

Печать

Joriy yilning 18 may kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakultetida talaba-qizlarni “Kiyinish madaniyati-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida fakultet dekani K.Avazov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini O.Abdullayev, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi H.Abdunosirova hamda talaba-qizlar ishtirok etdi. Davra suhbatida institut hududida kiyinish madaniyati to‘g‘risida talaba-qizlarga tushintirish ishlari olib borildi.
 



 


 
 

Sahifa 5 из 181