Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

Sog‘lom turmush tarzi–ma’naviy barkamollik namunasi

Печать

Joriy yilning 17 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida “Sog‘lom turmush tarzi–ma’naviy barkamollik namunasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi assistenti M.Agzamov, fakultet “Yoshlar ittifoqi” BT yetakchisi X.Norqobilov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar yoshlarni kelajakda yurtimiz sha’nini munosib himoya qiladigan ma’naviy jihatdan barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lib yetishishlarida, turli yot g‘oyalar va illatlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish borasida ta’lim-tarbiya berish, milliy g‘oyamizning asosiy tushunchalarini targ‘ibot qilish, ularning ongida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelmasligini ta’minlash asosiy vazifalarimizdan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

 

Talaba sport haftaligi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PF-5368-son farmoni, 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-3031-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 6 iyundagi 376-son buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 maydan boshlab “Talaba sport haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida 17 may kuni  Toshkent farmatsevtika institutida bo‘lib o‘tayotgan mini-futbol bo‘yicha musobaqada “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasining katta oʻqituvchisi H.Abdurazzakov boshchiligidagi institutimiz jamoasi mezbon jamoa Toshkent farmatsevtika instituti jamoasini 3-1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, gʻalaba qozondi.
 



 
 

Maktablar bilan uchrashuv davom etmoqda

Печать

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Matbaa texnologiyalari” fakulteti tomonidan joriy yilning 15-may  kuni O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2018 yil martdagi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalri  va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustaxkamlash to‘g’risidagi 30 q/q 18-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumanida joylashgan 62-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilariga  Kimyo fanidan ochiq dars o‘tkazildi. Ushbu ochiq darsni institutning “Kimyo” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) Karimov Sardorbek Xojibevich o‘tkazdi.
 



 
 
 

Ishonchli hamkorlik taraqqiyot mezoni

Печать

Joriy yilning 15 may kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakultetida Xitoy Xalq Respublikasining  Donghua Davlat universiteti To‘qimachilik kasb-hunar kolleji vitse-direktori Liu Wenwei, To‘qimachilik kasb-hunar kolleji dekani muovini Guangbiao Xu, Milliy mato va o‘simlik tolalari ilmiy tadqitot birlashmasi rahbari, professor Chongwen Yular tomonidan master klass trening darslari o‘tkazildi. Ushbu treningda institut ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori A.Gulamov, fakultet dekani K.Avazov, tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i N.Nabiyev, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga professorlar tomonidan Donghua Davlat Universitetining tarixi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Ushbu tadbirga to‘qimachilik sanoatining to‘quv-trikotaj, yigirish va ipak sohalariga oid ma’lumotlar keltirildi. Shuningdek, Donghua universiteti bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining hamkorligini kengaytirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini, yozgi maktab tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar yuritildi.
 




 


 
 

“Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, tо‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konfirensiya

Печать

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda xalqaro va respublika miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ni bajarish, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 martdagi 233-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida institutda 16-17 may kunlari “Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, tо‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman о‘tkazilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi  “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi tо‘g‘risi”da PF-5308-sonli farmoni va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PF-5264-sonli Farmonida kо‘rsatilgan vazifalarni bajarish hamda Respublika hayotining xar bir sohasi va jabxasini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, ularni iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarga bо‘lgan qiziqishlarini qо‘llab quvvatlash maqsadida ushbu Respublika ilmiy-amaliy anjuman doirasida Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar tanlovi о‘tkazilmoqda.
 




 
 
 

Sahifa 7 из 181