Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

Professor-o‘qituvchilarning qishki ta’tili mazmunli tashkil etildi

Печать

Qishki ta’til davrida professor-o‘qituvchilarning qishki ta’til (2018 yil 1- 4 yanvar kunlari) davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan sayohat-ekskursiyaga institut rahbariyati tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar yuborildi. Buxoro muxandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro davlat universitetiga “Charm buyumlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri A.Toshev, “Mehnat muxofazasi va ekologiya” kafedrasi assistenti J.Arabovlar hamda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutiga “Korporativ boshqaruv” kafedrasi assistenti M.Temirov, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash” kafedrasi katta-o‘qituvchisi F.Sirojiddinovlar oila a’zolari bilan birga sayohat-ekskursiyalari tashkil etildi. Shuningdek, Qarshi davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari institutga sayohatlari tashkil etildi. Mazkur sayohat davomida hududlarda joylashgan Oliy ta’lim muassasalari, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, yodgorlik-majmualari, muzeylar, yangi barpo etilgan ob’yektlar va boshqa joylarga tashriflar uyushtirildi.
 



 
 

Kelajak sari qadam

Печать

Uzoq yillar davomida ilm, fan, ta’lim, texnologiya va madaniyat sohalarida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik instituti (Don davlat texnika universitetining Shaxta shahridagi filiali) o‘rtasida o‘zaro xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xizmat safari chog‘ida asosiy uchrashuvlardan biri Shaxta shahridagi institutda bo‘lib o‘tdi. Institut raxbariyati va mutaxassislik kafedralari va bo‘limlarning yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilmiy mobillikni ta’minlash, ilmiy-innovatsion xamkorlik konsepsiyasi, oliy ta’lim muassasalari bazasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xamkorlik masalalarini rivojlantirish yo‘nalishlari va imkoniyatlari muxokama qilindi. Jumladan, Don Davlat Texnika Universiteti institutimiz bilan birgalikda Fundamental tadqiqotlar Rossiya Fondi va Fan va texnologiyalarni rivojlantirish Agentligi tomonidan e’lon qilingan xalqaro tanlovda ishtirok etish uchun topshirilgan  Rossiya-O‘zbekiston grant raxbarlari, DDTU tomonidan - dunyo tanigan olima, texnika fanlari doktori, professor Irina Viktorovna Cherunova hamda, TTYeSI tomonidan – texnika fanlari doktori, professor Salix Shukurovich Tashpulatovlar o‘rtasida muzokara o‘tkazilib, ushbu loyiha ijrochilari hamda ularga yaratilgan shart-sharoit, bajarilishi rejalashtirilgan ishlar haqida kelishib olindi va bayonnoma imzolandi.

 

Xamkorlik ishlarini rivojlantirish borasida

Печать

A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti hamda Don Davlat Texnika Universiteti tomonidan institutimiz professor-o‘qituvchilari bilan xamkorligi yaratilgan “Teoreticheskie osnovi texnologii izgotovleniya shveynix izdeliy” (mualliflar: t.f.d., prof. S.Sh.Tashpulatov, t.f.d., prof. E.G.Andreeva), “Sistema avtomatizirovannogo proektirovaniya shveynix izdeliy” (mualliflar: t.f.d., prof. I.V.Cherunova, t.f.n., dots. N.Yu.Saveleva, t.f.d., prof. S.Sh.Tashpulatov, t.f.d., prof. X.X.Kamilova) nomdagi o‘quv qo‘llanmalari rasmiylashtirildi, raxbariyat tomonidan xamkorlik shartnomasida qayd etilgan masalalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar maqqullandi va zaruriy xujjatlar imzolandi. Xizmat safari chog‘ida institutimiz tarixi, unda amalga oshirilgan ishlar, mutaxassislik yo‘nalishlari hamda kafedralarda o‘rnatilgan jixozlar, jumladan sertifikatsion laboratoriya, jumladan Koreya-O‘zbekiston o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki haqida to‘liq ma’lumotlar berildi va taqdimot qilindi. Barcha ta’lim muassasalarida juda katta qiziqish uyg‘otdi va texnopark faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar haqida hamda uning ishida xamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashinildi.
 
 

Institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning  29 dekabr kuni institutning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini  chuqur o‘rganish maqsadida institut professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlariga amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori U.Abdullayev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti G.Masharipova, Korporativ boshqaruv kafedrasi dotsenti S.Topildiyev va  institut  professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining videofilimi namoyish etildi.
 



 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professori, texnika fanlari doktori S.Sh.Tashpulatovning Rossiya Federatsiyasi Moskva shaxridagi A.N.Ko

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti rektori taklifiga binoan ushbu universitetda 11-12 oktyabrda o‘tkazilgan “Pervыe Mejdunarodnыe Kosыginskie chteniya” Xalqaro ilmiy-texnik forumida ishtirok etish hamda turdosh universitetlari bilan xamkorlik shartnomalarini imzolash, institut professor-o‘qituvchilarini stajirovkalarini malaka oshirish shaklida o‘tkazishning tashkiliy masalalarini hal etish maqsadida 10 oktyabrdan 19 oktyabrgacha bo‘lgan vaqtda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti hamda Rostov na Donu shaxridagi Don Davlat Texnika Universitetlarida xizmat safari tashkil etildi. Xizmat safari chog‘ila Xalqaro ilmiy-texnik forumida “Sozdanie usloviy integratsii nauki, obrazovaniya i proizvodstva na primere Koreysko-Uzbekskogo uchebno-prakticheskogo tekstilnogo texnoparka” mavzusida formuning yalpi yig‘ilishida ma’ruza qilindi. Shartnoma asosida xamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish o‘quv, o‘quv-metodik ishlarni amalga oshirish, shu jumladan darslik, o‘quv qo‘llanmalarni xamkorlikda yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, maqsadli ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni, jumladan magistralarni tayyorlash, Rossiya davlatining yuqori reytingli ilmiy-texnik jurnallarida xamkorlikda ilmiy maqolalarni chop etish, professor-o‘qituvchi va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, bakalavriat va magistratura talabalarning amaliyotlarini o‘tkazish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, jumladan, ilmiy stajirovkalarini tashkil etish masalalari to‘g‘risida kelishib olindi. Muzokaralar A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti rektori prof. Belgorodskiy V.S., To‘qimachilik instituti direktori, t.f.d., prof. Razumeev K.E., kafedra mudiri t.f.d., prof. Plexanov A.F., t.f.d., prof. Bitus E.I., t.f.d., prof. Andreeva E.G., Don Davlat Texnika Universiteti rektori prof. Mesxi V.CH., ilmiy ishlar prorektori f.m.f.d., prof. Suxinin A.I., t.f.d., prof. Cherunova I.V., p.f.n., dots. Ershova S.I., i.f.n., dots. Maksimenko A.I. va bir qator boshqa salohiyatli professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, kelajakda bajariladigan ishlar kelishib olindi. Xamkorlik dasturi bo‘yicha A.N.Kosigin RDU tomonidan mas’ul shaxs - t.f.d., prof. E.I.Bitus, DDTU tomonidan - t.f.d., prof. I.V.CHerunova, TTESI tomonidan – t.f.d., prof. S.Sh.Tashpulatovlar belgilandi.
   
 
 
 
 

Sahifa 8 из 157