Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

“Bolajonlar - Shirintoylar” moda festivali

Печать

Joriy yilning 30 may kuni institutning “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti “Kastyum dizayni” kafedrasi professor-o‘qtuvchilari bilan talabalari, kafedra mudiri U.Voxidova  boshchiligida “Sevimli”  telekanalining “Yangiliklar” dasturida ishtirok etdi. Unda 30-maydan 1-iyunga qadar bo‘lib o‘tadigan “Bolajonlar - Shirintoylar” moda festivali to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
 

Institut jamoasi “Ochiq studiya” ko‘rsatuvida ishtirok etdi

Печать

Joriy yilning 30 may kuni institutning “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti “Tikuv buyumlari konstuksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qtuvchilari M.Umarova, M.Isayeva, K.Aydarkulova, Z.Abdullaxodjayeva va 10-16, 11-16, 11-15  guruh talabalari “Madaniyat va ma’rifat”  telekanalining “Ochiq studiya” ko‘rsatuvida ishtirok etdi. Unda “Kiyinish madaniyati” mavzusida so‘z yuritilib, mutaxassislar tomonidan kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.
 

Ustozlarga ehtirom

Печать

Joriy yilning 30 may kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti, “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi texnika fanlari doktori, professor M.M.Muqimovning  75 yillik  hamda  institut Monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i, “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi dotsenti A.A.Abdugaffarovning 60 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan fakultet jamoasi muborakbod etishdi. Ularga uzoq umr sihat-salomatlik, baxt va omad yor bo‘lishini, kelajagimiz davomchilari bo‘lmish talaba-yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda hech qachon tolmasliklarini tilab qolamiz. Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin Aziz Ustozlar!
Institut jamoasi
 



 
 
 

Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik fuqarolar hamjihatligining asosi

Печать

Joriy yilning 30 may kuni institutning “Matba texnologiyalari” fakultetida yoshlarni hushyorlik va ogohlik, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlikka shukronalik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik fuqarolar hamjihatligining asosi”  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.A’zamov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti fakultet yetakchisi B.Qodirov va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda ma’ruzachi yurtimizda turli millat va elatlarga hamda dinlarga mansub bo‘lgan fuqarolar istiqomat qilishi, ularning urf-odatlarini dini va e’tiqodini hurmat qilish lozimligi hamda ular bilan o‘zaro hamjihatlikda, tinch va osuda yashash kerakligi  to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Tadbir sungida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
 



 
 

Yuksalish

Печать

Joriy yilning 29 may kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida AutoCad, Kompas dasturlari bo‘yicha navbatdagi kompyuter savodxonligi darsi o‘tkazildi. Ushbu darsda fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi assistenti Z.Mahmanazarov, 3-talabalar turar joyi kengashi raisi O.Qarshiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. O‘tkazilib kelinayotgan darslardan asosiy maqsad mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashda yoshlarni keng jalb qilish, ularni iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish hamda zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsiya madaniyatini puxta o‘zlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko‘maklashishdan iboratdir.
 



 

 
 

Sahifa 9 из 191

MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81