Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

Institutda navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 20 dekabr kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi katta inspektori kapitan A.Roziqov va Yakkasaroy IIB xodimlari, To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani K.Avazov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari va fakultet murabbiylar kengashi raisi, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
 



 

    
 

Institutda “Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 19 dekabr kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Odam savdosiga qarshi kurashish–barchaning vazifasi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi katta inspektori Kapitan A.Roziqov, “Slavutich” Ukrain milliy madaniyat markazi direktori, O‘zbekiston-Ukraina do‘stlik jamiyati a’zosi V.Boyko, Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari va fakultet murabbiylar kengashi raisi, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
 



 

    

 

E’lon

Печать

Toshkent to‘qimachilk va yengil sanoat institutining kutubxona fondiga 2018 yil uchun obunaga   taxminan  narxi 53 000 000 (Ellik uch million) so‘mga 53 nomdagi 161 dona  gazeta va jurnallarga obunaga taklif berilmoqda. Quyidagi telefon raqam orqali murojaat qilsangiz gazeta va jurnallar ro‘yxati beriladi.

Taklif  va murojaatlar uchun tel: +99871 253 06 06

 
 

“Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi

Печать

Institut talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi. Unda institut barcha fakultetining iqtidorli talabalari o‘z jamoalari bilan ishtirok etdi.
 



 
 

Institutda “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 16 dekabr kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar  profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Yakkasaroy voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi katta inspektori mayor E.Qodirova va kapitan M.Abduraxmonovalar, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov,   fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini N.Asilbekov, fakultet murabbiylar kengashi raisi, guruh murabbiylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida “Istirob” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va aniq javob berdilar.
 


 

    

 
 

Sahifa 10 из 157