Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

“XAMAR” Badiiy Akademiyasida

Печать

5 noyabr kuni “XAMAR” Badiiy Akademiyasida tashkil еtilgan ikkinchi ixtisoslashtirilgan “SPORT EXPO – 2010” ko’rgazmasiga SMF birinchi kurs talabalari guruh murabbiylari bilan birgalikda tashrif buyurdilar. Mazkur ko’rgazmada sport anjomlari, kiyimlari va buyumlari namoyishi hamda taniqli sportchilar chiqishlari tashkil еtildi.
 

Kichik paxta tozalash korxonasi ochilishi

Печать

5 oktyabr kuni institut «Paxtani dastlabki ishlash» kafedrasi qoshida tashkil еtilgan kichik Paxta tozalash korxonasi ochilishiga bag’ishlangan taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Taqdimot marosimida OO’MTV B.Xodiev, “Paxtasanoat”uyushmasi raisi F.Omonov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” markazi, “O’zbekengilsanoat” uyushmasi rahbarlari ishtirok еtdilar. Taqdimot marosimi institut rektorining kirish so’zi bilan ochildi. Shundan so’ng so’zga chiqqan OO’MTV B.Xodiev o’z so’zida – bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, o’quv jarayoni, o’quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy еtish bo’yicha qator ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi va bu tizimni shakllantirishda “Paxtasanoat” uyushmasi TTESI o’rtasida olib borilayotgan hamkorlik ishlarini katta е’tiborga loyiq еkanligini ta’kidladi. “Pazta sanoat” uyushmasining beminnat yordami bilan kichik paxta tozalash korxonasi kisqa muddat ichida tubdan qayta qurilib yangilandi. Еndi talabalar barcha amaliy mashg’ulotlarni shu kichik zavodda olib boradilar.
 

Bu muqaddas Vatanda azizdir inson

Печать

28 avgust kuni institut madaniyat saroyida O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 19 yilligiga bag’ishlangan “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” deb nomlangan tantanali ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Tadbirni institut rektori Q.Jumaniyazov ochib berib, institut jamoasini “Èng ulug’ va èng aziz bayram” bilan hamda yangi 2010-2011 o’quv yili bilan tabrikladi. Tadbirda  Yakkasaroy tuman hokimi Mullajonov Vali Umrzakovich ishtirok ètib, samimiy tilaklarini bildirib o’tdi.  Institut “Tolali materiallar va qog’oz kimyoviy texnologiyasi va dizayni” kafedrasi mudiri, “Shuhrat” medali sovrindori – Nabieva Iroda Abdusamatovna so’zga chiqib barchani O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 19 yilligi hamda yangi o’quv yili bilan muborakbod ètdi. Tadbirda kun tartibi bo’yicha bir qator masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
 
 

Institut madaniyat saroyida murabbiylar yig’ilishi bo’lib o’tdi

Печать

3 sentyabr kuni institut madaniyat saroyida murabbiylar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo’yicha prorektor ishtirok ètib, 2010-2011 o’quv yilida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar hamda bir qator masalalar yuzasidan  o’z tavsiyalarini berib o’tdi. 2009-2010 o’quv yilida institutdagi ta’lim-tarbiya jarayonini yuksaltirish, tala-yoshlarni tarbiyalash, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishda qo’shgan katta xissasi uchun bir guruh murabbiylar institut rektorining fahriy yorlig’i bilan taqdirlandilar.
 

Birinchi kurs talabalarini talabalikka tantanali ravishda qabul qilish marosimi

Печать

2 sentyabr kuni institut 3-binosida birinchi kurs talabalarini talabalikka tantanali ravishda qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda institut rektori Q.Jumaniyazov so’zga chiqib, barchani O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 19 yillik bayrami hamda yangi  o’quv yili bilan muborakbod ètdi. Talabalarni talabalikka qabul qilinganligi munosabati bilan institut professor-o’qituvchilari   Alimboev Erkin Sharipovich, Qudratov Ochil Qudratovich ham talabalar va yig’ilish ishtirokchilarini tabriklashdi. So’ngra èng yuqori ball to’plagan 2 nafar talabaga ramziy talabalik guvohnomasi va institutning ramziy kaliti topshirildi. Tadbirdan so’ng barcha akademik guruhlarda belgilangan jadval asosida «Mustaqillik darslari» o’tkazildi. Darslar  O’zbekiston tarixi va Falsafa kafedralarining tajribali professor-o’qituvchilari  tomonidan olib borildi.
 
 

Sahifa 154 из 157