Hujjatlar to'plami

Печать

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  1. ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  2. o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  4. fuqarolik pasporti nusxasi;
  5. 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat (institut logotipi tushirilgani).
  6. papka 1 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

 

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasigasirtqi ta'lim uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi:

-    ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holda ariza;
-    umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
-    086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
-    pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g’risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
-    3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
-    Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug’ilganligi to‘g’risidagi guvohnoma) hamda xarbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.