Bosh sahifa Xujjatlar Institutda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi

Institutda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi

Печать

Xalqimiz hayotidagi muhim sanalar, bayramlar orasida Navro‘z o‘zida qadimiy an’ana va urf-odatlarimiz, mehr-oqibat va saxovat kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etishi bilan ajralib turadi. Bir necha ming yillik tarixga ega ushbu bayram ajdodlarimiz tomonidan sharqona yangi yil sifatida keng nishonlanib kelingan. Inson va tabiat o‘rtasidagi mushtaraklik, dehqonchilik mavsumining boshlanishi Navro‘z shodiyonalarida o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham asrlar osha bu bayram boqiy qadriyat, milliy marosim sifatida yashab kelmoqda. Shu munosabat bilan institutda joriy yilning 18 mart kuni Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida bayram sayli tashkil etildi. Bayram dasturi davomida sportning milliy kurash, tosh ko‘tarish va armrestling musobaqalari o‘tkazildi va fakultetlar kesimida barcha akadem guruh talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘klam taomlari, halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara kabilar dasturxonga tortildi. Shuningdek, Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti tomonidan institut Madaniyat saroyida “Xush kelibsan Navro‘z” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut rektori, taniqli teatr artistlari, elimiz suygan hushovoz honandalar va institut xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.  
 
            
            
 
    
 
 

 

Ma`lumotlar markazi

Call center +99871 253 36 66