Bosh sahifa Xujjatlar Sohibqiron doimo qalbimizda

Sohibqiron doimo qalbimizda

Печать

O‘zbekiston go‘zal diyor bo‘lishi bilan birga, butun dunyo tan olgan buyuk allomalar, shoir-u-fuzalolar va sarkardalar yetishib chiqqan zamin hisoblanadi. Shunday ekan bugungi kunda ota bobolarimiz ruhiga hurmat-ehtirom kabi, tushunchalarni yanada chuqurroq his qilish, ma’naviy yuksalishning yaqqol namunasi deb hisoblash mumkin. Jumladan, mamlakatimiz yuksak rivojlanish bosqichiga yetgan bir paytda jamiyatimiz a’zolarini ulug‘ bobolarimiz jahon tan olgan sarkardalarning ruhiga hurmat va ularni faoliyatini o‘rganishga jalb qilish ma’naviy barkamollikka erishishning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bobolarimizning tabarruk ruhlarini e’zozlash ularga bo‘lgan cheksiz hurmatning yana bir ifodasi sifatida institut talabalar turar joyida Paxta sanoati texnologiyasi fakultetining “Texnologik mashinalar, jihozlar va servis xizmati” kafedrasi tomonidan joriy yilning 7 aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan “Sohibqiron doimo qalbimizda” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda  Institut Xotin qizlar qo‘mitasi raisi T.Toyirova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi U.Elmurodova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovini T.Bobomurotov, “Texnologik mashinalar, jihozlar va servis xizmati” kafedra mudiri R.Rasulov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.