E’lon!

Печать

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida abiturientlarga maxsus ruxsatnomalar 28 iyuldan berila boshlandi. 1 avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abiturientning mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgani nazoratchilar tomonidan aniqlansa, o‘sha abiturientga dalolatnoma tuzilib, u test sinovlariga kiritilmasdan, chetlashtiriladi. Institut qabul komissiyasi tomonidan barcha abiturientlar nomiga maxsus ogohlantirish xatlari tayyorlangan bo‘lib ular DTM varaqasini olishga kelgan har bir abiturientga taqdim etilmoqda.