Bosh sahifa Xujjatlar Umumxalq hayriya hashari

Umumxalq hayriya hashari

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, hamda xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga hos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, barcha hududlarda sanitariya holatlini yahshilash hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 19-20 avgust kunlari umumxalq hayriya hashari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 20 avgust kuni institut  hududlarida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.