Innovatsiya, integratsiya va ilmiy tadqiqotlar markazi

Печать

Mirzaev Nodir Bahodirovich - texnika fanlari nomzodi, IIITM direktori.
 Tel: (+998 71) 253-61-05

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI
Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal qilish, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini iqtisodiyotning tegishli sohalarida tatbiq qilinishini ta’minlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimida ilm-fanning uzviyligini qaror toptirish institut professor-o‘qituvchilari oldida turgan muhim vazifadir. Institut olimlari tomonidan paxta, to’qimachilik, yengil, matbaa va qog’oz sanoatlarining texnika va texnologiyalarini takomillashtirishga, tabiiy va boshqa tola, iplar aralashmasidan raqobatbardosh mahsulotlar assortimentlarini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish boyicha yirik ilmiy mavzularda tadqiqotlar va izlanishlar olib borilmoqda, pirovardida ularning natijalari anjumanlar, seminarlar va ko’rgazmalarda namoyish etilmoqda. 2016 yilda institutimiz professor - o’qituvchilari tomonidan 11 ta monografiya, 1010 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Shulardan 233 tadan ortig’i xorijdagi nufuzli jurnal va ilmiy to’plamlarida nashr etildi. Ilmiy ixtirolar uchun professor-o’qituvchilari tomonidan 2016 yilda O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga 34 ta talabnomalar berildi, 35 ta patent: ulardan 9 tasi ixtiro, 22 tasi foydali model va 2 tasi esa sanoat namunasidir, 1 ta EHM dasturi, 1 ta litsenzion shartnoma.

Ilmiy salohiyat
Hozirgi kunda institutda 21 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 369 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 1 nafar O‘zR FA akademiklari, 27 nafar fan doktorlari, 112 nafar esa fan nomzodlari faoliyat yuritmoqdalar.
Ustuvor yo’nalishlar
Respublikamizda ilmiy-texnikaviy salohiyatni oshirish uchun xizmat qilayotgan institutimiz olimlari iqtisodiyotning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:
• mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi import o‘rnini bosuvchi va eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari (yigirilgan ip, to‘qima, trikotaj, noto‘qima matolar, gazlamalar) ning ilmiy hajmdor texnologiyalarini yaratish;
• sof, aralash va ikkilamchi resurslar hamda boshqa tolali xom ashyolarni qayta ishlashning yuqori samarali usullarini ishlab chiqish;
• yengil sanoat uchun tannarxni kamaytirishga yo’naltirilgan energiya va resurs tejamkor, ekologik xavfsiz chiqindisiz texnologiyalarini yaratish.
• to’qimachilik matolari va yengil sanoat mahsulotlarida milliylik va zamonaviylikka yo’naltirilgan dizayn loyihalarini takomillashtirish va rivojlantirish;
• paxtani dastlabki ishlash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sohalaridagi yangi texnologiyalarni amalga oshirish uchun mashina jihozlarini yaratish va takomillashtirish;
• paxtani tozalash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sohalaridagi avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarini mexatronika asoslarini qo‘llab shakllantirish;
• texnogen va tabiiy to‘qimachilik xom ashyolaridan turli funktsional maqsadlarda ishlatiladigan nanotuzilmali va kompozit material hamda mahsulotlarni olish;
• tabiiy, kimyoviy, aralash tolali matolarni pardozlash ishlatiladigan tabiiy va sintetik tabiatli bo‘yovchi moddalar olish, to‘qimachilik materiallarini kimyoviy pardozlashning samarali texnologiyalarini yaratish;
• yangi tarkib va tuzilishidgi resurs tejamkor to’qimachilik va matbaa mahsulotlari, poyabzal va charm-attorlik buyumlarining assortimentlarini kengaytiradigan texnologiyalarni yaratish;
• paxta tozalash, to’qimachilik, yengil va matbaa sohalarining texnologiyalari va tayyor mahsulotlari sifatini nazorat qilish;
• to’qimachilik sanoatida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonida innovatsion korporativ hamkorlik faoliyatini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish.

 Ilmiy loyihalar
Institutda olib borilayotgan ilmiy loyihalar to‘qimachilik, yengil sanoat va matbaa ishlab chiqarish korxonalarida mavjud muammolarni hal qilish bilan birga mamlakatimiz ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlariga mos bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga qaratilgan. 2017 yilda davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida institutda 9 ta fundamental, 20 ta amaliy, 1 ta yoshlar amaliy va 7 ta innovatsion loyihalar, 1 ta xalqaro, 1 ta yosh olimlar akademik harakatchanligi-2017 hamda 10 ta xo’jalik shartnomalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy negizidir. Institutda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qaroriga muvofiq quyidagi ixtisosliklar bo’yicha katta ilmiy-xodim izlanuvchilik instituti tashkil qilingan:

02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi;
05.02.02 – Mashina va mexanizmlar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari;
05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari;
05.06.02 – To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki qayta ishlov berish;
05.06.03 – Teri, mo’yna, poyabzal va teri – galanteriya buyumlari texnologiyasi;
05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni;
05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi;
08.00.07 – Moliya. Buxgalteriya hisobi;
08.00.13 – Menejment.


MANZIL

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100100, Shohjahon ko`chasi 5 uy.
Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti, 1-bino, 204-xona.
Telefon: (+998 71) 253-19-59.