Axborot xati

Печать

  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YYENGIL SANOAT INSTITUTI

AXBOROT XATI

   Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2017 yil 12-13 dekbar kunlari Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani о‘tkaziladi. Anjumanga ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarni olib borayotgan barcha iqtidorli yoshlar taklif etiladi.

                                                                                   Anjumanda quyidagi shо‘balar ish olib boradi:
1. Paxta sanoatida mexanika muammolari va innovatsion yechimlar.
2. Tо‘qimachilik sanoatini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish, texnika va texnologiyalarini modernizatsiyalash.
3. Yengil, kimyo va matbaa sanoati ishlab chiqarishida innovatsion texnologiyalar.
4. Fundamental, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiy fanlarda hamda kasbiy ta’limda innovatsion texnologiyalar.
5. Talaba-yoshlar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishning muhim jihatlari.

Anjuman ishchi tillari: о‘zbek, rus va ingliz. Yozilgan ishlar yuqoridagi shо‘balardan biriga mos kelishi lozim va ularda keltirilgan g‘oyalar, dalillar va raqamlarga mualliflar javobgardir.
Anjuman materiallari tо‘plam shaklida chop etiladi. Tо‘plam qisman qatnashchilarning badal mablag‘lari hisobidan nashr etilishi munosabati bilan mualliflardan har bir maqola uchun 15 000 (о‘n besh ming) sо‘m miqdorida mablag‘ yuborish sо‘raladi.

Rasmiylashtirish talablari
Materiallarda ishning mazmun mohiyati aniq, tushunarli bayon etilishi lozim. Maqolalar 2 nusxada (2-nusxasiga qabul qilgan xodim tomonidan imzo qо‘yib muallifga qaytarib beriladi) va elektron variantda muallaliflar tomonidan taqdim etiladi.
Matnlar hajmi tỹliq 3 yoki 4 bet, A4 formatli (210x297 mm) oq qog‘ozda (rahbar yoki hammuallif professor-о‘qituvchi imzosi bilan), 14 о‘lchamli shriftda, 1,0 interval bilan Microsoft Word 2003, Word 2010 va undan yuqori tahrirlarda, Times New Roman shriftida hamma tomondan 25 mm hoshiya va xat boshi(abzats)ga 1,25 sm joy qoldirib tayyorlanadi.

1. Birinchi qatorning chap tomonida qalin harflarda UDK raqami keltiriladi,
2-qatorda BOSH VA QALIN HARFLARDA MAVZUNING NOMI sahifaning о‘rtasida,
3-qator bо‘sh qoldiriladi, 4-qatorda о‘ng tomonda muallifning unvoni va lavozimi, ismi – sharifining faqat bosh harflari va familiyasi; 5-qatorda о‘ng tomonda ish joyi (tashkilot nomi) kо‘rsatiladi.
2. 1,0 interval tashlab о‘zbek, rus va ingliz tillarida  qisqa annotatsiya (kursiv holatda, har bir tilda yozilgan annotatsiya hajmi 4 qatorgacha) beriladi. Keyin 1,0 interval tashlab maqolaning asosiy matni keltiriladi.
3. Mualliflar soni 3 tadan kо‘p bо‘lishi, matnda avtomatik raqamlash va boshqa avtomatik tarzda bajariluvchi buyruqlardan hamda avtomatik havola (ssilka) dan foydalanish mumkin emas. Havolalar foydalanilgan adabiyot raqamini kо‘rsatgan holda quyidagi kо‘rinishda keltiriladi: .....keltirilgan [2].
4. Materiallardagi barcha sxema, gistogramma, diagramma va boshqa grafik ma’lumotlar tartib bilan raqamlangan holda va .jpg formatida (har bir rasm hajmi kо‘pi bilan 500 Kb gacha, skaner qilib kо‘chirilmagan, 1 varaq hajmining 50 % idan ortiq joyni egallamagan va aniq kо‘rinishda) bо‘lishi lozim.
5. Elektron nusxadagi fayl nomi seksiya raqami bilan lotin alifbosida birinchi muallifning ismi familiyasi kо‘rinishida bо‘lishi kerak (Masalan: 1-seksiyadagi fayl nomi
1-A.P.Mavlyanov, agar maqola 2 ta bо‘lsa 1-A.P.Mavlyanov-1 va 1-A.P.Mavlyanov-2 va h.k.).
6. Matn oxirida asosiy foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati keltiriladi.
7. Maqola kompyuterda matn terish qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanishi, grammatik, orfografik va boshqa xatolardan holi bо‘lishi, yuqoridagi shо‘balardan biriga mos kelishi hamda ilmiy va ma’no jihatdan tugallangan bо‘lishi lozim.
8. Maqolalar IIITM da (1-bino, 204-xona) har ish kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha 
5 oktabrdan 10 noyabrgacha qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan kechiktirilgan maqolalar qabul qilinmaydi. E-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript

ESLATMA: yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmagan va anjumanda ma’ruza qilinmagan maqolalar chop etilmaydi.

TASHKILIY QО‘MITA MANZILI
100100, Toshkent, Shoxjahon kо‘chasi, 5, tel.: (998 71) 253-19-59.