“XXI – asr yosh intellektual avlod asri” mavzusidagi OTM miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

Печать

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI

AXBOROT XATI

    Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2016 yil 29-30 mart kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “XXI – asr yosh intellektual avlod asri” mavzusidagi OTM miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Anjumanga ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini olib borayotgan barcha iqtidorli talabalar, magistrlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar taklif etiladi.

OTM ilmiy-amaliy anjumani doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘‘ba majlislari o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
1. YOsh kimyogarlar (kimyoviy texnologiya, matbaa va qadoqlash texnologiyasi).
2. YOsh texnologlar (tabiiy tolalarni dastlabki ishlash, ipak va yigirish, to‘qimachilik matolari, to‘qimachilik materialshunosligi, tikuv, charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi, kostyum dizayni).
3. YOsh mexaniklar (texnologik mashinalar, jihozlar va serviz xizmati, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish).
4. YOsh ta’lim mutaxassislari (ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy ta’lim fanlar).

Anjuman ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz. YOzilgan ishlar yuqoridagi sho‘‘balardan biriga mos kelishi lozim va ularda keltirilgan g‘oyalar, dalillar va raqamlarga mualliflar javobgardirlar.
Anjuman materiallari to‘plam shaklida chop etiladi. To‘plam qisman qatnashchilarning badal mablag‘lari hisobidan nashr etilishi munosabati bilan mualliflardan har bir maqola uchun 10 000 (o‘n ming) so‘m miqdorida mablag‘ yuborish so‘raladi.

RASMIYLASHTIRISH TALABLARI
Materiallarda ishning mazmun mohiyati aniq, tushunarli bayon etilishi lozim. Maqolalar
2 nusxada (qabul qilgan xodim 2-nusxasiga imzo qo‘yib, muallifga qaytarib beriladi) va elektron variantda taqdim etiladi.
Matnlar hajmi to‘liq 2-3 bet, A4 formatli (210x297 mm) oq qog‘ozda (muallif va rahbar professor-o‘qituvchi imzosi bilan), 12 shriftda, 1,0 interval bilan Microsoft Word 2003 dasturida, RTF formatida, Times New Roman shriftida hamma tomondan 25 mm hoshiya va xat boshi(abzats)ga 1,25 sm joy qoldirib tayyorlanadi.
1. Birinchi qatorda sahifaning o‘rtasida BOSH VA QALIN HARFLARDA MAVZUNING NOMI, keyin 2-qator bo‘sh qoldiriladi (1,0 interval joy tashlanadi), 3-qatorda sahifaning o‘rtasida mualliflarning unvoni va lavozimi, ismi – sharifining faqat bosh harflari va familiyasi; 4-qatorda sahifaning o‘rtasida ish joyi (tashkilot nomi) ko‘rsatiladi, 5-qator bo‘sh qoldiriladi, 6-qatordan matn keltiriladi.
2. Mualliflar soni 3 tadan ko‘p bo‘lishi, matnda avtomatik raqamlash va boshqa avtomatik tarzda bajariluvchi operatsiyalardan hamda havola (ssыlka)dan foydalanish mumkin emas.
3. Materiallardagi barcha sxema, gistogramma, diagramma va boshqa grafik ma’lumotlar .jpg formatida (skaner qilib ko‘chirilmagan bo‘lishi, 1 varaq hajmining 25 % idan ortiq joyni egallamagan) bo‘lishi lozim.
4. Elektron nusxadagi fayl nomi seksiya raqami bilan lotin alifbosida birinchi muallifning ismi sharifi bosh harfi va familiyasi ko‘rinishida bo‘lishi kerak. (Masalan: 1-seksiyadagi fayl nomi
1-A.P.Mavlyanov, agar maqola 2 ta bo‘lsa 1-A.P.Mavlyanov-1 va 1-A.P.Mavlyanov-2 va hk.)
5. Maqola kompьyuterda matn terish qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanishi, grammatik, orfografik va boshqa xatolardan holi bo‘lishi hamda yuqoridagi sho‘‘balardan biriga mos kelishi lozim.
6. Materiallar “Innovatsiya, integratsiya va ilmiy tadqiqotlar markazi”da (3-bino, 23-xona) har ish kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha 25 yanvardan 20 fevralgacha qabul qilinadi, Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript

ESLATMA: yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmagan va anjumanda ma’ruza qilinmagan maqolalar chop etilmaydi.

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI
100100. YAkkasaroy tumani, Toshkent shahri, SHoxjahon ko‘chasi, 5-uy.
tel.: (+998 71) 253-19-59.