“Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani

Печать

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2016 yil 5-6 mayda “Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
   Ushbu anjumanning 5 ta sho‘‘basi kesimida bir qator OTM professor-o‘qituvchilari, fan va ishlab chiqarish mutaxassislari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, yosh olim va iqtidorli talabalar 350 ga yaqin materiallar bilan ishtirok etdilar.
   Ilmiy-amaliy anjuman hajmida oliy ta’lim va fan integratsiyasini kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda akademik ilm kadrlari salohiyatidan foydalanish samardorligini oshirish, ularning institut o‘quv jarayonidagi ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida shakllantirilgan o‘quv ilmiy kompleksning kengaytirilgan yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
   Bunda O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Inshootlar seysmik mustahkamligi” instituti, Toshkent davlat texnik universiteti qoshidagi “Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy tadqiqot markazi”, Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Sifat” markazi, “O‘zbekengilsanoat” AK, “O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti” va O‘zbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot institutlari hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etdilar. Ular bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish innovatsion korporativ hamkorligi borasida bajariladigan ishlar yana bir bor sarhisob qilindi va kelgusi rejalar kelishib olindi.