TOSHKENT MODA HAFTALIGI DOIRASIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

Печать

Mavzu: “Moda industriyasida innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar. MODA-2016” Ilmiy-amaliy anjuman quyidagi shо‘balarni о‘z ichiga olgan:
1. Dizayn va yengil sanoat texnologiyasida innovatsiyalar.
2. Kiyim-kechak materiallari yangi struktura va dizaynini yaratish istiqbollari va zamonaviy tendensiyalar.
3. Moda industriyasida innovatsion marketing va brending.

Anjuman ishida san’atshunoslar, dizaynerlar, tо‘qimachilik va tikuvchilik korxonalarining yetakchi mutaxassislari о‘zbek va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.
Tashkiliy qо‘mita tomonidan ilmiy maqolalar tо‘plami chiqariladi.

Maqolani rasmiylashtirish talablari:
1. Matnlar hajmi tо‘liq 3-5 bet, A4 formatli (210x297 mm) oq qog‘ozda (mualliflar imzosi bilan), 12 shriftda, 1,0 interval bilan Microsoft Word dasturida, Times New Roman shriftida hamma tomondan 25 mm hoshiya va xat boshi(abzats)ga 1,25 sm joy qoldirib tayyorlanadi.
2. Sahifaning о‘rtasida bosh va qalin harflarda mavzuning nomi. Mavzu nomi tagidan sahifaning о‘rtasida (uchtadan kо‘p bо‘lmagan) mualliflarning unvoni va lavozimi, ismi – sharifining faqat bosh harflari va familiyasi, keyingi qatorda ish joyi (tashkilot nomi) kо‘rsatiladi. Abzatsdan maqolaning qisqa annotatsiyasi.
Materiallar “Innovatsiya, integratsiya va ilmiy tadqiqotlar markazi”da (1-bino, 204-xona) har ish kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha 13 sentabrdan 10 oktabrgacha qabul qilinadi.
e-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript

TASHKILIY QО‘MITA MANZILI
100100, О‘zbekiston, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon kо‘chasi, 5-uy.