Magistratura

Печать

“Ta`lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish tartibi “Oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risida Nizom” bilan belgilanadi.

Magistratura – bakalavriyat asosidagi ikki yildan kam bo’lmagan aniq mutaxassislik bo’yicha oliy ta`limning davomi hisoblanadi. Magistraturada o’qishning davomiyligi ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda olti oydan kam bo’lmagan vaqtga uza edi.

Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga ko’ra, magistratura ta`lim daturining oxirida aniq mutaxassislik bo’yicha “magistr” akademiyak unvoni, munosib ko’krak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi beriladi.

Ta`lim dasturining tarkibiy qismiga, magistr tayyorlashning kerakli darajasiga, o’quv vazifalarning maksimal hajmiga, kadrlar tayyorlash sifat nazoratining protsedura va mexanizmlariga umumiy talablar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan № 343-chi “Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlari. Asosiy nizomlar” qarori bilan belgilanadi. (№ 15-16, O’zbekiston Respublikasi qonunlar majmuasi, 2001 yil, 104 bet).

Magistrning professional faoliyat sohasi va turi xarakteristikasi, kvalifikatsion talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta`lim dasturining struktura va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish magistraturaning aniq mutaxassisligi bo’yicha davlat ta`lim standartlari orqali belgilanadi.

Magistraturaning mos mutaxassisligi uchun, davlat ta`lim standartlari asosida, oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar, o’quv fanlari ishlab chiqiladi.

Magistr:

  • aniq mutaxassisik bo’yicha mustaqil ilmiy tadqiqot, ilmiy pedagogik va boshqaruv, professional foaliyatini olib borishga;
  • magistraturaning mos keluvchi mutaxassisligi doirasida oliy ta`limidan keyingi aspiranturada davom ettirishga;
  • qo’shimcha professional ta`limni kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida olishga tayor.

Oliy ta`lim muassasasida magistratura yo’nalishini ochishning asosiy sharti – bu o’quv tarbiyaviy jarayon bilan bog’liq va yuqori malakali mutaxassislarni tayorlanishini ta`minlovchi mos kafedralarning ilmiy pedagogik potentsiali mavjudligi va ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori darajada olib borish imkoniyatining bo’lishi.

Magistrlarni yangi mutaxassisliklari bo’yicha tayyorlash huquqi oliy ta`lim muassalarining oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlat vakolatli organi rasmiy iltimosiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Oliy ta`lim muassasasi strukturasida magistraturaning maxsus bo’limi (fakul’tet, markaz) ochiladi va unga quyidagi vazifalar beriladi:

  • talabalarning o’quv-tarbiyaviy jarayonini tashkillashtirish va nazorat qilish, o’quv-uslubiy xujjatlar va o’quv-uslubiy ta`minotni ishlab chiqish;
  • magistrlar yetishtirib beruvchi kafedralar faoliyatini koordinatsiyalash;
  • magistrlar tayyorlash prosessining monitoringi.
www.ziyonet.uz

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries