Bosh sahifa Faoliyat Xalqaro faoliyat Jalb etilgan sarmoyalar
Sarmoyalar

Jalb etilgan sarmoyalar

Печать

Institut kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi 2-bosqichini amalga oshirish davomida jahon tajribasini o`rganish va o`quv jarayoniga tatbiq etish, ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish, shuningdek, yuqori saviyali mutaxassisni shakllantirish maqsadida xorijiy o`quv markazlari, jamg`armalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirishga va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish borasida ishlar olib boryapti.

Toshkent to`qimachilik va yengil sanoati instituti moddiy texnik bazasini zamon talabi darajasiga chiqarish yo`nalishida chet el investitsiyalarini jalb etmoqda, samarali ishlarni amalga oshirmoqda.. Bundan tashqari 62 ta xorijiy turdosh OO`YU va tashkilotlari bilan hamkorlik o`rnatgan.

О`quv yillari mobaynida xorijiy o`quv markazlarining vakillari tomonidan 120 dan ziyod o`quv mashg`ulotlari o`tkazildi, jumladan, sifat nazorati va sertifikatsiya, xalqaro standartlash, to`qimachilik mahsulotlari sifatini tekshiruvchi jihozlar, ipak, to`quvchilik, trikotaj texnologiyasi bo`yicha mashinalar, kiyim va poyafzal dizayni markazi jihozlarini ishlatish bo`yicha birmuncha kurslar o`tildi.

Institut tashqi aloqalar bo`limi va mutaxassislar tomonidan 2014/2016 o`quv yillariga mo'ljallangan Yaponiya Hukumatining 115 ming. AQSH dollari miqdoridagi beg`araz yordami loyihasini amalga oshirish bo`yicha katta ishlar qilinmoqda. 

Natijada 2014 yil may oyida (Тayota Air Jet Loom, JA4S-190EC-EF-T810) rusumli umumiy narxi 115.000 AQSH dollariga teng bo'lgan  1 komplekt Pnevmoto'guvchilik uskunasi beg'araz yordam siratida taqdim etildi.

Milan politechnika universiteti (Italiya) (Oliy ta`limda xalqaro hamkorlik) loyihasi doirasida Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti  hamda Milanning politechnika universiteti o`rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

O’zbеkistоn vа Kоrеya rеspublikаlаri  o’rtаsidа do’stlik vа hаmkоrlik munоsаbаtlаri  tоbоrа kеngаyib bоrmоqdа. Аyniqsа, to’qimаchilik sаnоаti bo’yichа  ijоbiy vа sаmаrаli ishlаr аmаlgа оshirilib kеlmоqdа. 

KITECHni mаqsаdi O’zbеkistоn Tеkstil TЕХNО-PАRKni yo’lgа qo’yish TЕХNО-PАRK uchun yangi zаmоnаviy, jаhоn tаlаbigа jаvоb bеrаdigаn tаjribа- ekspеrimеntаl lаbоrаtоriyalаrning qurishdаn ibоrаtdir. 

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 27.06.2015 yilda  Koreya Respublikasining “KOICA” va “Yujin Kreves Co., Ltd” kompaniyalarini “O‘zbekistonda ipakchilik sanoatini rivojlantirish uchun zamonaviy dastgohlarni joriy etish va ipakchilikni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi qiymati 65300 AQSH dollariga teng bo‘lgan o‘quv laboratoriya dastgohlarini beg‘araz etkazib berish va o‘rnatishga bag‘ishlangan marosimi bo‘lib o‘tdi.


 

 
 

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries