Bosh sahifa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professori, texnika fanlari doktori S.Sh.Tashpulatovning Rossiya Federatsiyasi Moskva shaxridagi A.N.Ko

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti rektori taklifiga binoan ushbu universitetda 11-12 oktyabrda o‘tkazilgan “Pervыe Mejdunarodnыe Kosыginskie chteniya” Xalqaro ilmiy-texnik forumida ishtirok etish hamda turdosh universitetlari bilan xamkorlik shartnomalarini imzolash, institut professor-o‘qituvchilarini stajirovkalarini malaka oshirish shaklida o‘tkazishning tashkiliy masalalarini hal etish maqsadida 10 oktyabrdan 19 oktyabrgacha bo‘lgan vaqtda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti hamda Rostov na Donu shaxridagi Don Davlat Texnika Universitetlarida xizmat safari tashkil etildi. Xizmat safari chog‘ila Xalqaro ilmiy-texnik forumida “Sozdanie usloviy integratsii nauki, obrazovaniya i proizvodstva na primere Koreysko-Uzbekskogo uchebno-prakticheskogo tekstilnogo texnoparka” mavzusida formuning yalpi yig‘ilishida ma’ruza qilindi. Shartnoma asosida xamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish o‘quv, o‘quv-metodik ishlarni amalga oshirish, shu jumladan darslik, o‘quv qo‘llanmalarni xamkorlikda yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, maqsadli ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni, jumladan magistralarni tayyorlash, Rossiya davlatining yuqori reytingli ilmiy-texnik jurnallarida xamkorlikda ilmiy maqolalarni chop etish, professor-o‘qituvchi va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, bakalavriat va magistratura talabalarning amaliyotlarini o‘tkazish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, jumladan, ilmiy stajirovkalarini tashkil etish masalalari to‘g‘risida kelishib olindi. Muzokaralar A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti rektori prof. Belgorodskiy V.S., To‘qimachilik instituti direktori, t.f.d., prof. Razumeev K.E., kafedra mudiri t.f.d., prof. Plexanov A.F., t.f.d., prof. Bitus E.I., t.f.d., prof. Andreeva E.G., Don Davlat Texnika Universiteti rektori prof. Mesxi V.CH., ilmiy ishlar prorektori f.m.f.d., prof. Suxinin A.I., t.f.d., prof. Cherunova I.V., p.f.n., dots. Ershova S.I., i.f.n., dots. Maksimenko A.I. va bir qator boshqa salohiyatli professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, kelajakda bajariladigan ishlar kelishib olindi. Xamkorlik dasturi bo‘yicha A.N.Kosigin RDU tomonidan mas’ul shaxs - t.f.d., prof. E.I.Bitus, DDTU tomonidan - t.f.d., prof. I.V.CHerunova, TTESI tomonidan – t.f.d., prof. S.Sh.Tashpulatovlar belgilandi.
   
 
 

29.12.2017 14:04


 

E ‘ L O N

TOSHKENT  TO‘QIMACHILIK VA ENGIL SANOAT INSTITUTI QABUL KOMISSIYASI

Talabalarining  o‘qishini bahorgi semestrga  qayta tiklash haqida  arizalari joriy yilning 20 dekabr kunidan 2018 yilning 20 yanvariga qadar har kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha (yakshanba dam olish kuni; shanba-soat 9-00 dan 15-00 gacha), institut  2-o‘quv binosining 305-xonasida (3-qavat) qabul qilinadi.
                                  
Mas’ul: Shavkat Samatovich Xannanov
Telefon: +99891 -162-68-38 

O‘qishini qayta tiklash istagini bildirgan fuqaro quyidagixujjatlarni taqdim etadi:
-qayta tiklashni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), qayta tiklash sabablari, qayta tiklash qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
-talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
-pasportning nusxasi.
             
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20-iyundagi "Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlash haqida"gi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida"gi NIZOMi hamda Vazirlikning 2017 yil 1 iyuldagi 440-sonli buyrug‘i.
 
Qabul komissiyasining mas’ul kotibi A.E.Gulamov

25.12.2017 13:09

   

Institutda “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” nomli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot taxdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda mustaqillikdan oldin bo‘lgan davr hamda mustaqillik yillarida turli sohalarda, jumladan ta’lim sohasida amalga oshirilgan yutuqlar, bunyodkorlik ishlari, tinchlik va barqarorlikni saqlash borasida olib borilayotgan vazifalar, Qurolli kuchlar tizimidagi islohotlar, milliy armiyamizning qudrati va salohiyati bilan yoshlarni hayotiy va aniq misollar asosida tanishtirish lozim. Shu maqsadda joriy yilning 23 dekabrida institut Madaniyat saroyida 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan Davlat rahbarining  “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!”  nomli asari mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
 



 

23.12.2017 12:58

   

Boshqa sahifalar...

Sahifa 5 из 282

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries
No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT exclude, type, tld, id, useragent FROM jos_jstats_ipaddresses WHERE ip = '54.234.65.78'