Bosh sahifa

Qaror va farmoyishlarni mazmun - mohiyati yetkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-3645-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 apreldagi O‘RQ-474-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018 yil 19 apreldagi 07/1-1334-son topshirig‘ida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida joriy yilning 17 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti kafedralarida davra suhbatlari tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida kafedra mudirlari R.Rosulov, M.Ergashov, M.Ruzmetov, O.Yo‘ldosheva, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. O‘tkazilgan davra suhbatida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
 





 
 

17.05.2018 14:13


 

Sog‘lom turmush tarzi–ma’naviy barkamollik namunasi

Joriy yilning 17 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida “Sog‘lom turmush tarzi–ma’naviy barkamollik namunasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi assistenti M.Agzamov, fakultet “Yoshlar ittifoqi” BT yetakchisi X.Norqobilov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar yoshlarni kelajakda yurtimiz sha’nini munosib himoya qiladigan ma’naviy jihatdan barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lib yetishishlarida, turli yot g‘oyalar va illatlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish borasida ta’lim-tarbiya berish, milliy g‘oyamizning asosiy tushunchalarini targ‘ibot qilish, ularning ongida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelmasligini ta’minlash asosiy vazifalarimizdan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

17.05.2018 14:05

   

Talaba sport haftaligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PF-5368-son farmoni, 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-3031-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 6 iyundagi 376-son buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 maydan boshlab “Talaba sport haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida 17 may kuni  Toshkent farmatsevtika institutida bo‘lib o‘tayotgan mini-futbol bo‘yicha musobaqada “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasining katta oʻqituvchisi H.Abdurazzakov boshchiligidagi institutimiz jamoasi mezbon jamoa Toshkent farmatsevtika instituti jamoasini 3-1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, gʻalaba qozondi.
 



 

17.05.2018 12:56

   

Sahifa 8 из 329

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries
No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT exclude, type, tld, id, useragent FROM jos_jstats_ipaddresses WHERE ip = '54.224.108.85'