Bosh sahifa

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish

Joriy yilning 6 aprel kuni institut 1-Talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar  profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya” mahalla fuqorolar yig‘ini raisi M.Xonxo‘jayev, “Bog‘isaroy” mahalla fuqorolar raisi E.Eshdavlatov, hudud noziri boshlig‘i kapitan U.Nomozboyev, hudud noziri o‘rinbosari leytenant B.Qirg‘izboyev va 1-Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi B.Boymurodov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida jinoyatchilikning salbiy oqibatlari va Yakkasaroy tumanida uch oy davomida sodir etilgan jinoyatlar to‘g’risida ogohlikka da’vat etgan holda batafsil gapirib o‘tildi.

07.04.2018 09:32


 

Avlodlari e’zozlagan buyuk alloma

Joriy yilning 6 aprel kuni institut Talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2018 yil 15 fevraldagi “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish to‘g’risida”gi bayoni (07/1-377-son, 16.02.2018 y.) bilan tasdiqlangan “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari rejasini (Yo‘l xaritasi)”ning 1-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida “Avlodlari e’zozlagan buyuk alloma” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Paxta sanoati texnologiyasi” hamda “Matbaa texnologiyalari” fakultetlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari I.Yusupov, A.A’zamov,Yakkasaroy tumani bosh imom xatibi, Rakat jome masjidi imom xatibi R.Muhammadiyev, 3-Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida Islom olamida o‘ziga xos alohida hurmat va e’tiborga sazovor, musulmon yurtlari ichida bizga faxr bag‘ishlovchi buyuk ajdodlarimizdan biri bu shubhasiz Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hazratlarining ilm yo‘lida chekkan riyozatlari, hadis ilmining rivojiga qo‘shgan hissalari hamda yaratgan asarlari butun dunyoda tillardan-tillarga doston bo‘lganligi haqida, o‘z buyuk ajdodlarini e’zozlagan, ularning ilmiy merosi, bunyodkor g‘oyalarini o‘zining ma’naviy taraqqiyoti mayog‘i o‘laroq tutgan xalq hech qachon kam bo‘lmasligi, ona yurtimizda amalga oshirilayotgan yuksak ishlarga daxldorlik hissi bilan yashashi, bunda har birlari o‘zlarining kasbi va yo‘nalishidan kelib chiqib mas’uliyatni his qilgan holda harakat qilishlari ham farz, ham qarz ekanligi talaba yoshlarga yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.
 



 

07.04.2018 07:33

   

Buyuk sarkarda

Joriy yilning 5 aprel kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda-Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlab 3-talabalar turar joyida kafedra kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri R.Rosulov, fakultet dekan muovini I.Yusupov, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 68-sonli SHIIB bo‘lim boshlig‘i mayor Y.Boybekov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur markazlashgan davlatga asos solgani, uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoygani, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va xalqlarni birlashtirgani, uning hukmdorlik yillarida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa va she’riyat yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgani haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbati davomida talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
 



 

06.04.2018 12:44

   

Sahifa 9 из 309

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries
No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT exclude, type, tld, id, useragent FROM jos_jstats_ipaddresses WHERE ip = '54.167.196.208'