Bosh sahifa

O`zbekiston delegatsiyasining Birmingem shahriga (Buyuk Britsniya) tashrifi

2012yil 30 oktyabr-14 noyabr kunlari Fond Forum va ITFQ tomonidan  uyushtirilgan “Sharq durdonasi” dеb nomlangan dastur doirasida  TTYESI   o`quv ishlari bo`yicha prorеktori, professor  X.X.Kamilova boshchiligidagi institut talabalari va yosh dizaynеrlardan tashkil topgan dеlеgatsiya Angliyaga tashrif buyurib, Birmingеm Mеtropolitan Kollеjida   mahorat darslarini o`tkazib kеldi.
Birmingеmда bizni "Birmingham Metropolitan College" rahbariyati va o’quvchilari kutib olishdi. Safar chog’ida biz o’zbek milliy ornamentini batik usulida matoga chizish, quroq va boshqa bir necha turdagi mahorat darslarini o`tkazdik. Eng yorqin tadbirlardan biri bu Birmingemdagi mashhur “Waterhall” muzeyidagi “We” deb nomlangan modalar namoyishi bo’ldi. Bu namoyishda bizning tarafdan O’zbekistonning bir necha yosh dizaynerlarining kiyimlar to’plami namoyish etildi. Bu to’plamlar xon atlas, shoyi va boshqa matolardan ishlangan bo’lib, milliy uslubdagi kiyimlarni o’z  ichida mujassamlashtirgan edi. Shu bilan birga Angliyadagi hamkorlarimiz ham yosh dizaynerlar tomonidan tayorlangan va mashxur dizayner Jacob Kimmiening modalar to’plamini  namoyish etishdi.
Shuningdek biz uchun tayyorlangan uch kunlik ingliz tili o’quv kursida qatnashib o’z  bilimlarimizni mustahkamladik. Bizga Birmingemdagi o’qish jarayonini ko’rish va o’quvchilar bilan muloqotda bo’lib, ular bilan tajriba almashish imkoni berildi. Ularning o’quv labaratoriyalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangani, o’qish jarayonini qulaylashtirilishi, buning evaziga darslar qiziqarliroq bo’lishi bizni hayratda qoldirdi. IBM texnologiyalari asosidagi “cloud” deb nomlangan yangi onlayn ravishda uzoq masofadan o’qishga imkon beradigan programma haqidagi  prezantatsiyasi bizni juda ham qiziqtirdi.
Safar yakunida "Birmingham Metropolitan College" qatnashchilari kelajakda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoati instituti bilan hamkorlik qilish istagini bildirdilar. Bugungi kunda moda va dizayn yonalishidagi hamkorlik dasturlari bo`yicha memorandum tuzildi.

 “Batik turlari va ularni bajarish texnikasi” mavzusidagi  mahorat darsi.
 “O`zbek kashtasi. Bajarish texnikasi” mavzusidagi  mahorat darsi.IBM texnologiyalari asosidagi “cloud” deb nomlangan yangi online ravishda uzoq masofadan o’qish.


TTEYSI talabasi               Mansur   Jaliliov

17.11.2012 06:03


 

“Diniy aqidaparastlik, tеrrorizm,missionеrlik, prozеlitizm va huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish”

22 noyabr kuni institut Madaniyat saroyida “Diniy aqidaparastlik, tеrrorizm,missionеrlik, prozеlitizm  va huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish”  mavzuida umumprofilaktik tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirga quyidagi mutaxassislar taklif etildi:
1. Vazirlar mahkamasi Din ishlari bo`yicha qo`mita bosh mutahassisi Mirodil Haydarov.
2. Uspеnskiy Soborining ruhoniysi Sеrgеy Nikolaеv.
Bo`lib o`tgan ushbu uchrashuvda Institut Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo`yicha prorеktor U.T. Abdullaеv, institut Ma'naviyat va ma'rifat kеngashi raisi o`rinbosari I.S. Xayitov, institut Ma'naviyat bo`limi boshlig`i K.Otajonov,fakultеt dеkanlarining ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo`yicha muovinlari va institutning 500 ga yaqin talaba-yoshlariishtirok etdi.       Tadbir yakunida “Diniy ekstrеmizm, tеrrorizm va uning salbiy oqibatlari”   mavzusida vidеofilm namoish etildi, shuningdеk talaba - yoshlar
mavzu bo`yicha o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

27.11.2012 08:46

   

“Tеri -tanosil kasalliklari, OITS va turli yuqumli tеri - tanosil kasalliklarni oldini olish”

21 noyabr kuni Institut Majlislar zalida “Tеri -tanosil kasalliklari, OITS va turli yuqumli tеri - tanosil kasalliklarni oldini olish”  mavzuida profilaktik tadbir bo`lib o`tda tadbirda «6 - Tеri -tanosil kasalliklari» dispansеri vrachi Qudrat Abzarov va L.S.Shoxamidovalar ishtiok etdi. Tadbirda barcha 1 kurs talabalari ishtirok etdi.

24.11.2012 08:45

   

Boshqa sahifalar...

Sahifa 268 из 350

MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries