Bosh sahifa Institut Bo`lim va markazlar Tashqi aloqalar bo‘limi

Tashqi aloqalar bo‘limi

Печать

Umumiy ma'lumotlar
     TAB institutning mustaqil bo'limidir. TAB o‘z faoliyatini institutning boshqa bo'limlari bilan tо‘g‘ridan-to‘g‘ri rektor rahbarligida amalga oshiradi. TAB o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat qarorlari, Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi buyruqlari va yo‘riqlari, institut Ustavi, Rektorning buyruq va farmoyishlarini TAB yo'rignomasiga amal qilgan holda olib boradi.
Bo`limning xodimlari shtati va TAB haqidagi yo‘riqnoma Institut rektori tomonidan tasdiqlanadi. TAB o`z ishi bo‘yicha rektor oldida hisobot beradi. TAB bo`lim boshlig‘i tomonidan boshqariladi. Bo‘lim boshlig`i bu mansabga institut rektori tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi va ozod etiladi. Tashqi aloqalar bo’limini boshlig’i – Shohruh Madjidov.
Institutning rivojlanishini barcha yo‘nalishlari bo`yicha hamkorlikni rivojlantirishni ta’minlash yo`nalishida, bo`limning bajaradigan ishlarining tarkibi quyidagi ma’lumotlar bazasini jamlash va doimo yangilab borish ishlarini o`z ichiga oladi: 
- mahalliy va xorijiy ishlab chiqarish korxonalar haqida ma’lumotlar;
- ilg`or pedagogik, ilmiy va sanoat texnologiyalari haqida ma’lumotlar;
- grantlarni taqdim etadigan tashkilotlar, fondlar, dasturlar faoliyati haqida ma’lumotlar;
- mahalliy va xorijiy ilmiy - tadqiqot, ta’lim muassasalari va markazlari haqidagi ma’lumotlar.

 

TABning asosiy vazifalari
Oliy ta’limni quyidagi yo`nalishlari bo`yicha xalqaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish: 
- Talabalar va ilmiy xodimlarni o`zaro almashtirish va o`qitish, malaka oshirish, pedagogik faoliyat, ilmiy yonalish, yuqori samarali ilmiy mahsulotni ishlab chiqarish, hamkorlikda nashriyot faoliyatini amalga oshirish. Undan tashqari, xalqaro uchrashuvlarni, konferensiyalarni, seminarlar va boshqa tadbirlarni o`tkazishda hamkorlik qilish. 
- Institutda xorijiy mamlakatlarning fuqarolarini tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro va boshqa shartnomalar asosida professor-o‘qituvchilarni va ilmiy - tadqiqot sohasidagi institut xodimlariga yordam berish. Bundan tashqari, xorijiy ta’lim muassasalari, markazlari yoki individual shartnomalar (kontraktlar) bo`yicha;
- Institut bilan ta’lim, ilmiy – tadqiqot, ishlab chiqarish, moliyaviy birlashmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikdagi loyihalar va qo`shimcha moliyaviy manbalarni ta’minlovchi proyektlar va hamkorlikdagi loyihalarni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi shakllarini qidirish bo`yicha analitik ishlarni amalga oshirish;
- Mamlakat ichida va uning tashqarisida institutning ilmiy, uslubiy, o`quv ishlaridan xabardor qilish, shu jumladan, internet tarmog`i orqali konferensiyalar, simpozium, ko`rgazmalar, yarmarkalar va shunga o`xshash milliy, hududiy, xalqaro anjumanlarda institutning qatnashishini tashkil etish. 

TAB ning burchlari:
- institutni xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikda tashkil etish;
- professor – o`qituvchilar, ilmiy xodimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va talabalarni xorijiy safarlarga borishi uchun tanlab olish ularning hujjatlarini rasmiylashtirish;
- turli sohalarda xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bilan institut o`rtasida tuzilgan shartnomalar asosida kelgan xorijiy delegasiyani kutib olish va uchrashuvlarni tashkil qilish;
- fakultetlar, kafedralani xorijiy talabalarning o`quv jarayonini tashkil etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari shu jumladan, institut bilan kontrakt asosida ishlayotgan xorijiy institutlarni faoliyatini muvofiqlashtirish;
- kafedralar bilan birgalikda turli xalqaro hamkorlik ishlarini tahlil qilish va baholash;
- xorijiy o`quv oliy muassasalar markazlar bilan talabalar va professor - o`qituvchilarning o`zaro almashinish shartnomalarini amalga oshirishda qatnashish;
- institutni xorijiy universitetlar, tashkilotlar, firmalar, turli fondlar hamda xorijiy fuqarolar bilan individual kontraktlarni, shartnomalarni ishlab chiqish va tayyorlash.
TABning institutning boshqa tuzilmaviy birliklari bilan ishlashi:
TAB institutning hamma tuzilmaviy birliklari bilan o`zaro hamkorlikda ishlaydi, shu jumladan:
-Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor bilan institutning ilmiy faoliyatining va axborot texnologiyalarning ushbu sohada qo`llanilish taraqqiyotining strategik yo`nalishlari bilan bog`langan loyiha-takliflar tuzish masalalari boyicha; 
- Ilmiy tadqiqod bo`limi va iqtidorli yoshlar Akademiyasi bilan xorijiy hamkorlar birgalikda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va tayyorlashning istiqbolli rejalari masalalari bo`yicha va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda doktorantlarni xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim maskanlariga maqsadli yuborish boyicha;
- Axborot-hisoblash markazi bilan yangi axborot texnologiyalarini qurish va tadbiq etish, hisoblash texnikasi vositalari bilan ta’minlash, institutning va bo`limning veb-sahifasini qurish va boshqarish masalalari boyicha;
- Kadrlar bulimi bilan TABga xodimlarni ishga olish, bir lavozimdan ikkinchi lavozimga o`tkazish, ishdan bo`shatish va malaka oshirish masalalari boyicha;
- Moliya va iqtisod ishlari bo`yicha prorektor bilan bo`limni devonxona vositalari bilan, ish xonalariga va vositalariga xizmat ko`rsatishni ta’minlash masalalari boyicha;
- Fakultet va kafedralarga xalqaro hamkorlik bo`yicha tanishish uchun materiallarni taqdim etish; Talabalar va o`qituvchilar almashinuvi;
- Xalqaro loyihalarni amalga oshirishda hamjihatlik qilish;
- Toshkent shahrining OVIRida registratsiya qilinishi kerak bo`lgan xorij fuqarolarining hujjatlari va ro`yxatini o`z vaqtida TABga taqdim etish;
- Institut faoliyati bo`yicha xorij safari, malaka oshirish va xorijga chiqish uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishni muvofiqlashtirish;
- Xorijiy safarlar bo`yicha hisobotlarni taqdim etish; 
- Institutning tarkibiy tuzilmalarining TABning tashqi aloqalarni rivojlantirish bo'yicha hamma taklif va arizalarini korib chiqish.


Manzil:

Shohjaxon ko`chasi -5, Toshkent - 100100,
Tel.: (998) + 71 2536315, Faks: (998) + 71 2533617,





This e-mail address is being protected from spam bots, you need JavaScript enabled to view it

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries