Bosh sahifa Institut Bo`lim va markazlar Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi

Печать



 
Allayarov Tuyli Buriеvich  Otajonov KarimjonKodirov Muzaffar
Akbarali og`li
 Lutfullaеv Adhamjon Abdumuminovich
 Ma'naviyat va ma'rifat
bo'limi boshlig'i
 Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi Ma'naviyat va ma'rifat
 bo'limi uslubchisi
 Ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo'yicha prorektor  kotibi

Bugungi kunda institutda talaba-yoshlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini yaratish va shu asosida tarbiyaviy ishlar metodikasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish masalasi eng dolzarb masalaga aylandi. Bu borada hali juda ko‘p ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Institutda ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlar quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining vatanparvar fuqarolari etib shakllantirish, ularda milliy g‘urur, milliy fe’l-atvorning eng yaxshi sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish, vatan va millat oldidagi fuqarolik, farzandlik burch va vazifalarini bajarishga tayyorlash;
2. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun talabalarni ijtimoiy himoya qilish muammolarini o‘rganish va tahlil etib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
3. Talabalarda kasb-hunarni egallashda mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash, ularda fuqaro sifatida o‘z burchlarini halol bajarish tuyg‘ularini uyg‘otish va takomillashtirish;

4. Oilaparvarlik mas’uliyatini, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y, el-yurt oldidagi burch tuyg‘usini shakllantirish;
5. Talaba-yoshlarni jamiyat taraqqiyotiga tahdid soladigan har qanday ekstremistik oqimlarga nisbatan murosasiz, ularga qarshi jangovor kurashchi etib tarbiyalash;
6. Talabani erkin, mustaqil shaxs sifatida o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan inson sifatida shakllantirish.
O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida institutda ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, «ma’naviyat va targ‘ibot» markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlar olib boriladi.
Institutda ma’naviy-ahloqiy tarbiya sohasidagi ishlar quyidagi usul va shakllarda amalga oshiriladi:
1. O‘zbekiston Respublikasininq birinchi  Prezidenti I.A.Karimov asarlariga bag‘ishlangan tadbirlar;
2. Tarixiy sanalar va bayramlarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlar;
3. Axloqiy tarbiya va urf-odatlar negizida umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash, vatanga muhabbat, uni ardoqlash tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
4. Giyohvandlikka qarshi kurashga oid tadbirlar;
5. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga oid tadbirlar;
6. Huquqiy-targ‘ibot va jamiyatda huquqiy savodxonlikni oshirish.
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid tadbirlar;
8. Ekologiya va salomatlikka oid tadbirlar.
9. Inson salomatligi va jismoniy tarbiya sohasida talabalar bilan olib boriladigan tadbirlar.
Institutda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida talabalar bilan olib borilgan ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari yil sayin miqdor jihatidan oshib borishi bilan birga uning sifati, samaradorligi va ta’sirchanligi ham oshib bormoqda. Institutda bu ko‘rsatkich asosida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari hamda usullarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etilganligi, jumladan, barcha ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlarida institutning barcha talabalarini qamrab olish, tadbirlarning ommaviy ravishda katta-katta guruhlarda emas, balki kichik-kichik alohida guruhlarda amalga oshirilishini ta’minlash, guruh murabbiylarining talabalar bilan olib borilayotgan ishlarini yanada faollashtirish va har bir talaba bilan individual ish olib borish natijasida erishildi.
Bundan tashqari institutning barcha kafedralarida turli xil to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bunga 300 dan ortiq talaba-yoshlar a’zo bo‘lishgan.
O‘quv yili davomida haftaning har seshanba kuni barcha fakultetlarda «Axborot soatlari» o‘tkaziladi. «Axborot soatlari»da institut talaba-yoshlarini respublikamizda va dunyoda bo‘layotgan xabarlar bilan barcha guruh murabbiylari tanishtirib boradilar. Buning ahamiyati juda katta bo‘lib, u talabalarimizda jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Institut talaba-yoshlari o‘rtasida turli xil ko‘rik-tanlovlar: jumladan,  «Auditoriyalar jihozi va ozodaligi», «Eng ibratli yigit», «Siz qonunni bilasizmi?», «Giyohvandlik-asr vabosi», «Men kelajagi buyuk davlat fuqarosiman» ko‘rik-tanlovlari, «Quvnoqlar va zukkolar», «Talabalar bahori» va «Navro‘z» bayrami bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.
Ma’lumki, ta’lim tizimida xalqimizning boy ma’naviy va intellektual meros va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash masalasi muhim ahamiyatga ega. Chunki biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosiga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib, o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi.
Institutimizda ko‘zga ko‘ringan shoir, yozuvchi, davlat arboblari, huquqshunoslar va boshqa kishilar bilan turli mavzularda uchrashuvlar o‘tkaziladi.  
                             

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries