Bosh sahifa Institut Bo`lim va markazlar Аkаdemik litsey vа kаsb-hunаr kollejlаri bilаn ishlаsh bo`limi

Аkаdemik litsey vа kаsb-hunаr kollejlаri bilаn ishlаsh bo`limi

Печать

  Ushbu bo’lim Toshkent To`qimachilik va yengil sanoat institutida Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07G`2-1-6 sonli topshirig’i, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2011 yil 26 fevraldagi 02-06G`592-sonli, Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2011 yil 26 fevraldagi № 84-04-99 sonli hamda 2011 yil 18 martdagi №87-04-133 sonli “Ayrim shtat birliklarini joriy etish to’g’risida”gi modemnomalariga asosan 2011 yil 19 martdan tashkil etilgan.
 
Pochta manzili: Toshkent sh., Shohjahon ko‘chasi - 5
Indeks: 100100
Tel: 0 (371) 253-11-93
Faks: 0 (371) 253-36-17
E-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript
         Ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, yoshlarni aqliy va ma`naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. «Ta`lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda  ta`lim samaradorligini oshirish, ta`lim mazmunining maqsadini uning vazifalarga moslash, ilmiy jixatdan asoslash, ta`limda izchillikni ta`minlash, hayot bilan bog’lash va ayniqsa o’quvchi-talabalarga mos uslublar, ta`lim vositalarini tanlash bilan asoslanadi. Institutga biriktirilgan turdosh AL va KHKlarida kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning uchinchi bosqichi «Ta`lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv tarbiya jarayonini yangi uslubiy manbalar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan  to’liq ta`minlash» dolzarb vazifalar qatorida belgilab berilgan. O’quv-uslubiy adabiyotlar majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish, bir tomondan, pedagog-olimlar, ilg’or-o’qituvchilar, amaliyotchilar tomonidan o`zaro hamkorlik faoliyatlarini olib borish, ta`lim-tarbiya, pedagogik texnologiyalar sohasida fundamental tadqiqotlar o’tkazish, pedagogik texnologiya loyihalarini ishlab chiqish kabi bir qator ishlar bo’lim oldiga maqsad qilib qo’yilgan.
 
Bo’lim xodimlari to’g’risida ma`lumot: 
Hozirgi kunda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limida  2 nafar xodim ish yuritib kelmoqda.
 
 
 
Xoldorov Shavkat Sadridinovich
bo’lim boshlig’i

28.02.1990 yil Farg’ona viloyatida tavallud topgan.
Ma`lumoti: oliy, mutaxassisliklari:
1. Bakalavriat - Texnologik mashinalar va jixozlar.
2. Magistratura –Mashinashunoslik.
e-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript  

    Xoldorov Shavkat Sadridinovich
bo’lim boshlig’i

28.02.1990 yil Farg’ona viloyatida tavallud topgan
Ma`lumoti: oliy, mutaxassisliklari:
1. Bakalavriat – Texnologik mashinalar va jixozlar
2. Magistratura – Mashinashunoslik
e-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript

        Maqsadi: O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi va oliy ta`lim o`rtasidagi o`zaro uzviylik va uzluksizlikni ta`minlash maqsadida institut qoshidagi akademik litseylar va institutga biriktirilgan turdosh kasb-hunar kollejlari bilan kompleks hamkorlik faoliyatlarini amalga oshirish.
Vazifalari: Respublikaning paxta sanoati, to`qimachilik va yengil sanoat hamda matbaa sohasi mutaxassislik  yo`nalishlarida bo`lgan turdosh kasb-hunar kollejlari hamda instituti qoshidagi Akademik litseylari bilan tuzulgan «Hamkorlik shartnomalari» va hududiy o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi boshqarmalari bilan tuzilgan harakat dasturlari asosida:
•    o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari bilan oliy ta`lim o`rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni, kollejlarning o`quvchilariga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko`nikmalarni, tashkil etilayotgan o`quv jarayoni hamda o`quv-uslubiy faoliyatni yanada takomillashtirish;
•    o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari iste`dodli pedagoglarini «Ustoz-shogird» uslubida maqsadli ravishda institut mutaxassislik kafedralarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqod ishlariga jalb etish, dissertatsiya mavzularini belgilash, ilmiy rahbarlar tayinlash orqali fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlashni yo`lga qo`yish;
•    talab va takliflar asosida institutning professor–o`qituvchilari, stajyor-izlanuvchi-tadqiqodchilarini o`rta-mahsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`rindoshlik asosida pedagogik faoliyat olib borishlarini ta`minlash;
•    o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagoglarini individual ravishda ko`nikma olishlari va malaka oshirishlari uchun mutaxassislik kafedralarida shart – sharoitlar yaratish;
•    institutning moddiy-texnika va o`quv-metodik bazasida amaliy mashg`ulotlar o`tkazish, axborot-resurs markazidan foydalanish uchun sharoitlar yaratib borish;
•    o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari axborot-resurs markazlarini institut mutaxassislik kafedralarida yaratilgan darsliklar, o`quv va uslubiy qo`llanmalar hamda elektron darsliklar bilan yanada boyitish;
•    davriy ravishda ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar tashkil etish va bu orqali o`rta maxsus  kasb-hunar ta`limi faoliyatini tashkil etishda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar yechimini aniqlash;
•    Respublika o`rta mahsus kasb-hunar ta`limi tizimi kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda hududiy o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi bilan hamkorlikda kasb-hunar kollejlari pedagogik kadrlari saloxiyatini oshirish borasida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha ehtiyojga asoslangan ta`lim dasturlarini hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalari bilan shug`ullanadigan mutaxassislari uchun reja asosida seminar-treninglar tashkil etish, masofadan o`qitish va masofadan malaka oshirish mexanizmlarini keng joriy etish.
Hamkorlik: Institut bilan Respublikaning turdosh o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari o`rtasida tuzilgan «Hamkorlik» shartnomalari hamda Qoraqalpog`izton Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi boshqarmalari o`rtasida tuzilgan «Harakat dasturlari» asosida institutga biriktirilgan 1- va 2-sonli akademik litseylar va Respublikadagi 757 ta turdosh kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan bo`lib, ularga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish uchun malakali professor-o’qituvchilar  jalb etib kelinmoqda.
      Hozirgi kunda Respublikada turdosh o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo`yicha institutning Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektor R.X.Maksudov boshchiligida tuzilgan Ishchi-ijodiy guruh tomonidan  viloyatlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
 
  

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries