Mehnat muhofаzаsi va ekologiya

Печать

 

 Kafedraning to`liq nomi:  “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi

 Tashkil topgan yili: 1934 y

 Manzil: Toshkent shahri, Shohjaxon ko’chasi 5-uy, TTYeSI, 3-bino.

 Tel: (871)253-32-65

 E-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript  

     Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” kafedrasi 1934 yili tashkil etilgan. Dastlab “Qurilish ishi” deb yuritilgan va “Paxtani dastlabki ishlash” fakulteti tasarrufida bo‘lgan.  Unga avval dots. A.P. Petrov (1934), so‘ng  t. f. d., prof. D.L. Kelbert rahbarlik qilgan.
     Kafedraga 1972-1980 yillarda t.f.n., dots. S.T. Hamidov, 1980-1990 yillarda  
t.f.n., dots.  O.Q.Qudratov, 1990 -1998 yillarda t.f.n., dots.  T.A.G’aniyev 1998-2008 yillarda kafedraga t.f.d., prof. A.Qudratov, 2008-2012 yillarda kafedrani t.f.n. dots. R.S.Roziqov., 2012-2017 yillarda t.f.n., dotsent M.Axmatov boshchilik qilgan. Hozirda kafedra mudiri vazifasini O.N.Alimov bajarib kelmoqda.
     1935 yildan hozirgi kungacha kafedrada 41000 oliy ma’lumotli muxandis; shu jumladan, 3200 ta bakalavr va 600 ta magistrlar tayyorlandi. Kafedra o‘qituvchilari rahbarligida 16 fan nomzodi, 2 ta fan doktori yetishib chiqdi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan 44 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 1464 ta  ilmiy maqola, 3600 ta o‘quv uslubiy ko‘rsatma  hamda 28 ta patent va mualliflik guvohnomalari olindi.
      Hozir kafedrada 5 nafar fan nomzodi,  4 nafar dotsent, 4 nafar  katta o‘qituvchi, 7 nafar assistent va 1 nafar laboratoriya mudiri, 2 nafar katta laborant faoliyat ko‘rsatmoqda.
     Kafedrada “Ekolog” to‘garagi mavjud bo‘lib, har yili o‘ttizdan ortiq talaba muntazam ishtirok etib kelmoqda.
     Kafedrada “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fanidan o‘n ikkita laboratoriya mavjud bo‘lib, ular barcha zaruriy jihozlar, o‘lchov asboblari, kompyuter va virtual stendlar bilan ta’minlangan.
 
Bакаlаvr tа’lim yo’nаlishi bo’yichа kafedrada o'qitiladigan fanlar:
 XALQARO HAMKORLIK

1.   Fuqaro muhofazasi

2.   Hayot faoliyati xavfsizligi

3.   Aerodinamika va pnevmotransport

4.   Sanoat qurilish ventilyasiya asoslari

 

Kafedrada Moskva To‘qimachilik Akademiyasi, Ivanova To‘qimachilik Akademiyasi, Kosigina nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti va Qozog’iston xorijiy texnologik universiteti kabi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

O’n yetti nafar o‘qituvchidan beshtasi xorijiy mamlakatlarda malaka oshirgan ( Germaniya, Italiya, Portugaliya, Hindiston).




KAFEDRANING MODDIY-TEXNIK BAZASI KAFEDRA A`ZOLARI

Kafedrada bakalavriaturaning barcha yo‘nalishlarida “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fanlaridan  laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarini o‘tish uchun BAMM va MS-13 anemometrlari, TSAGI mikromanometri, Assman va Avgust psixrometrlari, Yu-116 markali lyuksmetr, tuproqning solishtirma qarshiligini aniqlovchi M-416 uskunasi, VR-1 rusumli vibrograf, shovqinni o‘lchovchi ISHV-1, chaqnash haroratini aniqlovchi PVNE asboblari, UG-2 analizatori, VITIM tranejeri, M-822 aspiratori hamda   elektron tarozi mavjud.


                                        TEXNIK VOSITALAR


Kafedrada zamonaviy pedagogik texnologiya asosida dars o‘tish uchun kompyuter xonasi, 6 ta zamonaviy kompyuterlar, 4 ta printerlar, 2 ta skanerlar va 2 ta proektor uskunalari mavjud.

 

 

1.  Alimov Orif Nematovich kаfеdrа mudiri

2.  Mamarasul Axmatov Axmatovich,  dоts., t.f.n.,

3.  Maxmudov Yusuf Abdusaidovich, dotsent, t.f.n.

4.  Аhmеdоv Jаhоngir Аdхаmоvich, dotsent t.f.n.

5.  Yo‘ldoshova Ozoda Muxammadsodiq qizi dоtsent., t.f.n.

6.  Umаrоv Tаl‘аt Kаzimоvich, kаttа o‘qituvchi, t.f.n. 

7. Mansurova Nargiza Saidkarimovna, katta o’qituvchi. 

8.  Djalilova Maxnuza Salexovna, katta o’qituvchi.

9.  Isaxadjayeva Gulnoza Midxatovna, kаttа o‘qituvchi.

10.  Urmanov Nurmat Tulkunovich, assistent

11. Arabov Jamoliddin Sadriddinovich, assistent

12. Yusupov Islom Ilhom o’g’li, assistent

13. Navro’zov Nodir Amanovich, assistent

14. Iskandarova Nigora Qurvonbekovna, assistent

15. Niyazova Mavjuda Saidaliyevna,  assistent

16. Muqimov Nuriddin Baxtiyorovich, assistent

17. Mirzayev Otabek Abdukarimovich, assistent