
Kafedraning to`liq nomi: "Ipak va yigirish texnologiyasi kafedrasi" kafedrasiTashkil topgan yili: 1932 y.
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 2-bino
E-mail:
Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript
“Ipak VA YIGIRISH texnologiyasi” kafedrasi
Kafedra 1932 yili tashkil etilgan “Ipak texnologiyasi” va “Yigirish texnologiyasi” kafedralari 2013 yili birlashtirilib «Ipak va yigirish texnologiyasi » kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. “Ipak texnologiyasi” va “Yigiruv texnologiyasi» kafedralari 1932 yildan boshlab Respublikamiz va MDH davlatlari uchun ipak va yigiruv texnologiyalarini mukammal egallagan muxandislar tayyorlab kelmoqda. Kafedra mudiri t.f.n. dotsent Sh. R. Fayzullayev. Kafedrada 3 nafar texnika fanlari doktori, 3 nafar professor, va 9 nafar texnika fanlari nomzodlari faoliyat yuritadi.
«Ipak texnologiyasi va yigirish» kafedrasi To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tarkibiga kirib 5320900 «Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi» (Ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish, Yigirilgan ip ishlab chiqarish) bakalavr yo‘nalishida va 5A320901 «To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi» (Ipak texnologiyasi, Yigiruv texnologiyasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi.
““Ipak VA YIGIRISH texnologiyasi” kafedasida o’qitiladigan fanlar
Bakalavr yo’nalishidagi talabalar uchun
| | Magistratura yo’nalishidagi talabalar uchun
|
5320900 “Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha • To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari • Texnologik jarayonlarni loyihalash • Tadqiqot uslub va vositalari • Maxsus texnologiya • Kasb maxorati va injenerlik ishini yuritish • O’quv ustaxonasi | | 5А320901 “To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi” (Ipak texnologiyasi, Yigirish texnologiyasi) mutaxasisligi bo‘yicha • Ip yigirishning nazariy asoslari • Tolalarni chiqitsiz qayta ishlash texnologiyasi • Pishitilgan ip ishlab chiqarishning nazariy asoslari • Zamonaviy yigiruv korxonasi sifat laboratoriyasi va uskunalari • Ipak ishlab chiqa 800x600 Diplom loyihasi va magistrlik dissertatsiyasi mavzulari dolzarb mavzular tanlanib ishlab chiqarishga tatbiq etilishiga katta e`tibor beriladi. Talabalar o‘quv amaliyoti soha korxonalari va zamonaviy qo‘shma korxonalarda tashkil etiladi. rish va qayta ishlash jarayonlarining nazariy asoslari • Ipak ishlab chiqarish chiqindisiz texnologiyasi • Kimyoviy va teksturlangan iplarni ishlab chiqarish texnologiyasi • Ipak mahsulotlari fizik- kimyoviy va tarkibiy tuzilishi nazariy asoslari • Texnologik jarayonlarni zamonaviy boshqarish usullari
|
Diplom loyihasi va magistrlik dissertatsiyasi mavzulari dolzarb mavzular tanlanib ishlab chiqarishga tatbiq etilishiga katta e`tibor beriladi. Talabalar o‘quv amaliyoti
soha korxonalari va zamonaviy qo‘shma korxonalarda tashkil etiladi.
Kafedra a`zolari
| | Kafedraning o’quv va laboratoriya bazasi |
1. Sh. R. Fayzullaev kafedra mudiri, t.f.n., dotsent 2. А.E.Gulamov TSTF prorektor, t.f.d., prof 3. Q.J. Jumaniyazov t.f.d., professor 4. Q.G‘. G‘ofurov t.f.n., professor 5. S.L. Matismailov t.f.n., dotsent 6. A.P. Pirmatov t.f.n., dotsent 7. А.V. Korabelnikov t.f.n., dotsent 8. N.M. Islambekova t.f.n., dotsent 9. M.Sh. Xoliyarov t.f.n., dotsent 10. K.R. Avazov dekan t.f.n. 11. G.А. Yusupxodjaeva katta o‘qituvchi 12. O.O. Rajapov katta o‘qituvchi 13. U.N. Аzamatov katta o‘qituvchi 14. Sh.F. Mahkamova katta o‘qituvchi 15. Sh.R. Aripova Assistent 16. А.P. Eshmirzaev Assistent 17. F.F.Raxmatullinov Assistent 18. X.X.Umurzakova Assistent 19. М.R.Аbduraxmonova Assistent 20. A. Abdumuxtorov o‘quv ustasi 21. D.X.Zakirova o‘quv ustasi 22. U.Yusupaliyeva o‘quv ustasi 23. S.S. Haydarov Katta laborant 24. S.R.Raxmatov Laborant 25. I.Maxkamova laborant | | Kafedra zamonaviy o‘quv ma`ruza xonalari, talabalarga amaliy darslar olib borish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun Germaniyaning «Truetzschler», «Zinser», «Volkman» firmalarining ip yigirish uskunalari bilan jihozlangan o‘quv laboratoriyasi, olingan natijalarni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun sertifikatsiya markazi, talabalar bilimini nazorat qiluvchi «Teacher» tizimi, ma`ruza va amaliy darslarini olib borish uchun еlektron doskalar bilan jihozlangan. Kafedra o`quv laboratoriyasida ipak ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida qo`llaniladigan Yaponiya davlatining “NAKAGOSHI”, “MASUZAWA”, “KOKUBUN”, “HARADA” firmasining eng zamonaviy dastgohlari mavjud. Kafedrada bir qancha fanlar bo`yicha elektron darsliklar, ma`ruza matnlari, o`quv uslubiy majmualar, ipakni texnologik jarayonlari bo`yicha annimatsion modellar, vidiofilmlar ishlab chiqilgan.
|
“Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasining innovatsion hamkorlik aloqalari
“Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasi bir qator xorijiy oliy bilim dargohlari va soha korxonalari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi. Xususan,
• Gent universiteti To‘qimachilik Departamenti (Belgiya)
• Pirey texnologiya instituti (Gretsiya)
• Ivanova Davlat To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
• Moskva To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
• Sankt-Peterburg To‘qimachilik Аkademiyasi (Rossiya)
• Kostroma texnologiya universiteti (Rossiya)
• Dortmund universiteti (Germaniya)
• Janubiy Koreyaning "KITECH" instituti
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda jahon tajribasini o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish, ilmiy tekshirish ishlarini takomillashtirish maqsadida “Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xorijiy o‘quv markazlari, jamg‘armalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va horijiy sarmoyalarni jalb qilish borasida ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Kafedrada "Ip yigiruv jixozlari hamda texnologiyasini takomillashtirish yo‘li bilan yangi assortimentdagi iplar ishlab chiqarish va ularni sifatini oshirish" hamda "Chiqitsiz texnologiya yaratish" yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ip yigiruv korxonalariga tadbiq kilinmoqda.
Kafedra va sohaga tegishli bo‘lgan “O‘zbekengilsanoat” DАK, “Silver-Silk”Co, “Ravnaq-Silk”QK, Shaxrisabz “Kesh kumush tola”, “Buxoro Brilliant Silk”QK, “Singapur-Samarqand” va bir qator ip yigirish korxonalari bilan innovatsion koorporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Kafedradan va yuqoridagi korxonalardan innovatsion ishchi guruh vakillari bilan birgalikda faoliyat olib borilmoqda, ular bilan innovatsion koorporativ hamkorlik bo‘yicha ish rejasi tuzilgan bo‘lib, shu asosda ishlar olib borilmoqda. Kafedrada innovatsion hamkorlik bo‘yicha shakllar, soha korxonalar banki, bitiruv malakaviy ishlari, doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish va o‘quv – ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tish uchun mos ravishda bog‘lab har biri bo‘yicha mavzular banki yaratilgan.