To‘qimаchilik matolari tехnоlоgiyasi

Печать

Kafedraning to`liq nomi: "To‘qimаchilik matolari tехnоlоgiyasi " kafedrasi
Tashkil topgan yili:
1932 y.
Manzil:
Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 2-bino
E-mail: 
Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript

                                                   Kafedra tarixi.
Kafedra “To’quvchilik” nomi bilan 1935-yil Moskvadan yo’llanma bilan kelgan t.f.n. dotsent 40 yilga yaqin kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan ko’plab shogirdlarning ustozi Faina Stepanovna Kungurtseva rahbarligida o’z faoliyatini boshlagan. Keyinchalik kafedrani 1970-1971 yillarda dotsent Z.A.Abdullayev, 1971-1982 yillarda professor E.SH.Alimbayev, 1982-1990 yillarda dotsent B.I.Getsonok, 1990-1998 yillarda dotsent S.S.Raximxodjayev, 2001-2004 yili A.D.Daminov, 2004-2006 yillarda dotsent B.K.Xasanov, 2006-2007 yillarda dotsent B.Boymurodov, 2008-2010 yillarda M.R.Yunusxodjayeva, 2010-2012 yillar kafedrani dotsent U.T.Abdullayev boshqardilar.
Kafedra o’z faoliyati davomida o’quv jarayonini tashkil etish bilan bir qatorda mutaxassislarga tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish ko’nikmalarini o’rgatish bilan ham shug’ullangan.
Kafedra mutaxassislik kafedralari sirasiga kirgani uchun ham uning faoliyati Respublika to’qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan bog’liqdir.
   O’tgan asrning 40-50-yillarida kafedrada mutaxassislarni tayyorlash ancha kengayib, nafaqat qo’shni Respublikalar, balki Armaniston, Ozarbayjon, Moldaviya va shu kabi boshqa davlatlar uchun ham mutaxassislar tayyorlangan. 80-yillarga kelib esa kafedrada V’etnam va Kuba Respublikalari uchun maqsadli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan. Aynan shu davrda institutda tayyorlangan mutaxassislar Tojikistonda barpo etilgan Dushanbe to’qimachilik, Qozog’istonda tashkil etilgan Olma-ota ip gazlamalar kombinatiga yo’llanma olishgan. Kafedra faoliyatining dastlabki yillarida   bitirgan mutaxassislar yetuk korxona rahbarlari bo’lib yetishdilar. Ular jumlasiga institutimizning birinchi rektori, keyinchalik Toshkent to’qimachilik kombinati direktori bo’lgan dots. Z.A.Abdullayevni kiritish mumkin.
   Shu bilan bir qatorda, kafedrada tahsil olgan yoshlarimizdan nafaqat yirik mutaxassislar, olimlar, shuningdek, siyosiy-ijtimoiy rahbarlar yetishib chiqqan. Ular Respublika Oliy Kengashi deputatlari X.N.Lukmanov va F.Akromovlar 1991 yilda Respublikamizni mustaqil deb e’lon qilinishida Oliy Kengash Majlisida qatnashganliklari va ushbu tarixiy voqeaga o’z hissalarini qo’shganliklari bilan faxrlanamiz.
2011-2012 o’quv yilida “To’quvchilik texnologiyasi» (1935 yil) va «Trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasi» (1968 yil) kafedralari  birlashtirilib,  unga «To’qimachilik matolari texnologiyasi» nomi berildi. Kafedra mudiri etib  dots. D.N.Qodirova tayinlandi. 2015 yilda kafedraga yangi o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, kafedraga  5111000 “Kasb ta’limi” (5320900- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash texnologiyasi(to’qimachilik sanoati)) yo’nalishi qo’shildi

 
ILMIY YO`NALISHLAR

Prof. Mukimov M.M. Trikotaj to’qimalarining yangi turlarini yaratish, xususiyatlarini tadqiq qilish va resurstejamkor texnologiyalarni asoslash.
Prof. Siddiqov P.S. Abrli to’qimalarning yangi assortimentini yaratish.
Dots. Raximxodjayev S.S. Berilgan xossalari bo’yicha poyabzalbop to’qimalar yaratish.
Dots. Yunusxodjayeva M.R. Qotirma matolar texnologiyasi va ularni ishlab chiqarish.
Dots. Mirusmanov B.F. Paxta-ipakli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
Dots. Qodirova D.N. Tashuvchi tasmalar ishlab chiqarish texnologiyasi va yangi assortimentlarini yaratish. Gilam mahsulotlati texnologiyasi.
Dots. Baymuratov B.X. Elektr o’tkazuvchan to’qimalar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Dots.Xanxadjayeva N.R. Naqshli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi.
 

Kadrlar tayyorlashdagi yo’nalish va mutaxassisliklar

 KAFEDRA A`ZOLARI
Kafedrada 5320900 – “Yengil sanoat mahsulotlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” bakalavriat yo’nalishida, magistraturada to’quvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari uchun 5A320904 – “To’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi” hamda 5A320906 – “To’qimachilik sanoati mahsulotlarini badiiy loyihalash” mutaxassisligi tayyorlanmoqda.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

5320900 – “Yengil sanoat mahsulotlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi”
bakalavriat yo’nalishi bo’yicha 6 ta, magistraturada to’quvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari uchun 5A320904 – To’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha 11 ta, 5A320906 – “To’qimachilik sanoati mahsulotlarini badiiy loyihalash” mutaxassisligi bo’yicha 6 ta fanlardan ta’lim beriladi.    Ular jumlasiga quyidagi mutaxassislik fanlari kiradi:

  •      Texnologik jarayonlarni loyihalash;
  •      To’qimachilik mahsulotlari texnoloyasi va jihozlari;
  •     Tadqiqot uslub va vositalari; 
  •     Maxsus texnologiya;
  •      Sohaga kirish;   
  •     O’zbekiston korxonalari jihozlari va texnologiyasi; 
  •     Kasbiy mahorat va injenerlik ish yuritish;    
  •     Texnika texnologiya yangiliklari;
  •     To’qimachilik matolarini ishlab chiqarish texnologiyasi; 
  •     Noto’qima materiallar texnologiyasi; 
  •     Kasb mahorati;     
  •     To’qimachilik korxonalarini loyihalash;
  •     To’qimachilik korxonalari jihozlari;     
  •     To’qima hosil qilish jarayonlari nazariy asoslari; 
  •     To’qima tuzilishi nazariyasi;
  •     Tadqiqotning ilmiy asoslari va texnologik jarayonlarni muqobillash (to’qima texnologiyasi);
  •     To’qima loyihalashning zamonaviy usullari (to’qima texnologiyasi);
  •     To’quvchilik jarayonlarini avtomatik loyihalash tizimi;
  •     Trikotaj mahsulotlarini tikish texnologiyasi;
  •     Xom ashyo tejash texnologiyasini nazariy asoslari;         
  •     Naqsh hosil qilish nazariy asoslari;       
  •     Trikotaj mahsulotlarini avtomatik loyihalash tizimi;   
  •     To’qimachilik matolari dizayni asoslari;   
  •     To’qima tuzilishi, bezash va shakllantirish nazariyasi;         
  •     Tadqiqotning ilmiy asoslari va texnologik jarayonlarni muqobillash;   
  •     To’qima loyihalashning zamonaviy usullari;     
  •     To’qima matolarni avtomatik loyihalash tizimi;  


 1.Каdirova Dilfuza Neymatovna – kafedra mudiri, dotsent
2.Mukimov Mirabzal Mirayubovich - professor
3.Siddiqov Patxillo Siddiqovich- professor
4.Raximxodjayev Saidvoris Saidgazievich- dotsent
5.Xasanov Baxodir Kimsanovich- dotsent
6.Mirusmonov Baxtiyor Farruxovich- dotsent
7.Baymuratov Baxodir Xoldarovich- dotsent
8.Xanxadjayeva Nilufar Raximovna- dotsent
9.Abdullayev Ulug’bek Tulanboyevich- dotsent
10.Sodiqova Naima Rahmatovna- dotsent
11.Yunusov Kamolitdin Zununovich – dotsent
12.Uzakova Umida Rahindjanovna - katta oqituvchi
13.Qodirova Mapirat Alijanovna - katta oqituvchi
14.Yusupova Nodira Baxtiyarovna - assistent
15.Mirsodiqov Mirzoid Mirzohidovich - assistent
16.Rasulov Xamza Yuldashevich - assistent
17.Umarova Shoira Ravshanovna - assistent
18.Xamidova Dilafruz Umarovna - assistent
19.Musayeva Muxayyo Mirhotamovna – assistеnt
20.Musayev Nuriddin - assistent
21.Ismailova Durdona Alisherovna – assistent
22.Qosimov Diyor Nematullayevich – assistent
23.Uzoqov Umid Tolibovich - assistent
24.Hudayberdiyeva Shahlo Sattarovna – kabinet mudiri
25.Sobirova Gulfiya Nasihovna – katta laborant

 

 

 
 Kafedraning moddiy-texnik bazasi.
          Kafedra o’quv laboratoriyasi eng zamonaviy dastgoh, mashina va uskunalar bilan jihozlangan. Ular jumlasiga Italiyaning elektron karetka va jakkard mashinalari bilan jihozlangan “SOMET” to’quv dastgohlari, Shveytsariyaning elektron boshqaruv va nazorat tizimiga ega bo’lgan “BENNINGER” tandalash mashinasi, Yaponiyuaning elektron  boshqaruv va nazorat tizimiga ega bo’lgan “MURATA” qayta o’rash mashinasi, bir ignadonli “FUKUHARA” (Yaponiya) aylana to’quv trikotaj mashinasi, ikki ignadonli “SSANGYONG” interlok mashinasi, elektron boshqaruvli “LAMBDA”(Yaponiya) paypoq to’quv avtomati. zamonaviy tikuv mashinalari “JUKI” (Yaponiya) va boshqalar kiradi. 
Kafedra laboratoriyasiga Yaponiya Davlati TOYOTA kompaniyasi homiyligida yangi TOYOTA JAT 810 pnevmatik to’quv dastgohi o’rnatildi.

Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan inovatsion hamkorligi.

       Kafedrada korporativ hamkorlik bo’yicha innovatsion faoliyat guruhi shakllantirilgan bo’lib, uning tarkibiga professor-o’qituvchilar, vazirlik va ishlab chiqarish korxonalarining yetakchi mutaxassislari, magistratura talabalari, stajer-tadqiqotchi izlanuvchilar hamda katta ilmiy xodimlar jalb etilgan. Ta’lim-ishlab chiqarish sohasidagi barcha muammolar : Jumladan,
To’quv dastgohlarining kompyuter tizimi asosida assortiment imkoniyatlarini kengaytirish yo’llari;   
Aralash tarkibli ko’ylakbop to’qima  tuzilishini va texnologiyasini yaratish;         
Gigiyenik xususiyatlari yuqori bo’lgan trikotaj to’qimalarini yaratish va sifat ko’rsatkichlarini tadqiq qilish;          
Aralash iplardan kostyumbop to’qima assortimentini loyihalash va dizaynini yaratish;                                                     Yuqori va pastki qatlam zichliklarining to’qima tuzilishi va xususiyatlariga ta’siri;
Avrli gazlamalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va tadbiq etish;                                                         Bolalar trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan trikotaj to’quv mashinalarini texnologik imkoniyatlarini tahlili;   
To’quvchilikka iplarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarish;      
Xon-atlas to’qimasini zamonaviy to’quv dastgohida to’qish uchun texnologik parametrlarni ishlab chiqarish;    
Ko’p qatlamli xon-atlas to’qimalarini omillarni ishlab chiqarish;      
Futer to’qimalarni texnologik o’lchamlari va xususiyatlariga uning raporti va xom-ashyo turining ta’siri;   
o’zaro korporativ hamkorlikda o’z yechimini topadi.
Bugungi kunda kafedra tomonidan to’qimachilik tarmog’ining qirqdan ortiq ishlab chiqarish korxonalari bilan korporativ hamkorlik yo’lga qo’yilgan.
Kafedraning quyidagi ishlab chiqarish korxonalari, fan va ta’lim muassasalari bilan innovatsion hamkorligi mavjud:
QK OOO «UzTEX CHIRCHIK»                                                                                                                                 CHK OOO «ALKIM-TEXTILE»   
CHK OOO «SEDAT-TRIKO TASHKENT»                                                                                                                   QK OOO «BOBO TEKS»      
QK OOO «TASHTIB TEKS»
QK OOO «TashKayatekstil»  
QK OOO «SIRKECHI TASHTEKSTIL»   
QK OOO «APITEKS»  
QK OOO «Shams Teks Biznes»    
 Московский государственный Университет технологий и управления им. К.Г.Разумовского   
Узбекский научно-исследовательский институт натуральных волокон
«Fan va taraqqiyot» unitar korxonasi   
 Andijon mashinasozlik  instituti
Toshkent davlat texnika universiteti   
Toshkent avtomobil yo’llar instituti   
Toshkent davlat pedagogika universiteti    
Oliy va o’rta ta’limni rivojlantirish markazi   

                                                         O`QITISHNING TEXNIK VOSITALARI

    Kafedrada o’qitish jarayonida zamonaviy texnik vositalar qo’llaniladi. Kafedrada kompyuter sinfi mavjud. Dars o’tish jarayonida loyihalash va tadqiqiotlarni rejalashtirish bo’yicha elektron dasturlardan, animatsiyalardan foydalaniladi.

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries