To‘qimachilik materialshunosligi

Печать

 

 
Kafedraning to‘liq nomi:  “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi
Tashkil topgan yili: 1957 y.
Kafedra mudiri:-t.f.n., dotsent Ochilov To‘lqin Ashurovich
Manzil: Toshkent shaxri, Shohjahon ko’chasi, 5 uy, 2-bino, 1-qavat
Tel: (+998971) 253-66-49
E-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript
“TO‘QIMACHILIK MATERIALSHUNOSLIGI” KAFEDRASI TARIXI


      “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi 1957 yilda Mexanika texnologiya fakultetida kafedra mudiri t.f.d. M.A.Xodjinova rahbarligi ostida tashkil topgan. 1967 yildan boshlab kafedrada to’qimachilik materialshunosligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Har yilgi bitiruv 20-23 kishini tashkil qiladi va ular asosan respublikamizning paxta tozalash, to’qimachlik va yengil sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari, loyiha-konstruktorlik muassasalari, sertifikatsiyalashtirish organlarida oliy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqdalar. 1970 yildan O’zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan “Paxta” muammoli soha ilmiy tadqiqot laboratoriyasida ulkan ihlar bajarildi. 1972-1998 yillarda kafedraga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan injener va Oliy ta’lim a’lochisi, professor U.M.Matmusayev pahbarlik qildi. Ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, rivojlandi. Ular rahbarligida 12 nafar texnika fan nomzodlari tayyorlandi. 1998-2004 yillarda kafedra “To‘qimachilik texnologiyasi va materialshunosligi” nomi bilan t.f.n., dots. M.Qulmetov mudirligida «To‘qimachilik sanoati texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlana boshlandi.  2004 yildan “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi alohida faoliyat ko‘rastib keldi. 2009 yilda dots. S.Yusupov, 2010 yilda dots. F.D.Abdullina, 2011 yilda dots. R.D.Akbarovlar rahbarlik va 2012-2016 yillarda kafedraga t.f.n., K.Z.Yunusov mudirlik qildi. 2016 yildan boshlab, “To’qimachilik materialshunosligi” kafedrasini dots. T.A.Ochilov boshqarib kelmoqda. Kafedrada turli yillarda faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchilar: 1957-1966 yillarda t.f.d., prof. M.A.Hojinova, t.f.n., prof. M.U.Matmusayev, t.f.n., dots. F.M.Gulomova, dots. Z.A.Muxamednurova, t.f.n., dots. L.M.Omarov, katta o’qituvchilar K.P.Fazilova, t.f.n. I.T.Abduraximova, t.f.n., Sh.M.Mahkamova, k.o’q. Tegrudova, Redruxina, B.A.Fazilova, N.G.Abbasova, I.M.Petrosova, ass. A.M.Reznik, G.F.Lazarev. 1967-1976 yillarda t.f.n. Sh.Sh.Marasulov, t.f.n. F.D.Muxamednurova, t.f.n., dots. X.Z.Ismatullayeva, t.f.n., dots. A.M.Tursunov, t.f.n., dots. L.E.Osipova, t.f.n. D.Z.Xolmuxamedova, ass. X.A.Nizomboyeva. 1977-1976 yillarda t.f.n., dotsentlar T.A.Ochilov, B.B.Axmedov, A.A.Abdugaffarov. 1997-2017 yillarda t.f.n., O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan murabbiy prof. E.Sh.Alimboyev, t.f.n., dots. B.I.Qosimov, t.f.n., dots. M.Qulmetov, t.f.n. N.B.Bahtiyarova, t.f.n. B.Abdusattarov, t.f.n., dots. T.B.Murodov, t.f.n., dots. V.T.Isaqulov, t.f.n. K.Boltaboyev, t.f.n. M.Yunusxodjayeva, t.f.n. S.A.Yusupov, t.f.n. U.Abdullayev, t.f.n. K.Z.Yunusov, t.f.n. R.D.Akbarov, k.o’q. E.T.Laysheva, T.A.Toyirova, S.M.Israilova, t.f.d., prof. S.A.Hamroyeva, t.f.n., dots. Sh.A.Usmonova, k.o’q.D.H.Ubaydullayeva, R.J.Muxtorov, assistentlar S.S.Saidmuratova, Z.F.Valiyeva, Sh.E.Tulanov, U.A.Bobotov, B.T.To‘raqulov, S.U.Patxullayev, O.S.Jo’rayev, M.R.Atanafasov, I.O.Roximov. 1957 yildan hozirgi kungacha kafedrada 560 nafar “To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati” mutaxassisligi bo‘yicha muhandislar, 35 nafar “To‘qimachlik materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, 120 nafar “Kasb ta’limi (TSMT)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 172 nafar magistrlar tayyorlandi. Kafedra professor-o‘qituvchlilari rahbarligi ostida – 6 nafar texnika fanlari doktorlari, 39 nafar texnika fanlari nomzodlari tayyorlandi.
      Kafedra professor-o‘qituvchlilari tomonidan: 5-darslik va o‘quv qo‘llanma (mualliflar: U.M.Matmusayev, M.Qulmetov, T.A.Ochilov, F.J.Abdullina, N.G.Abbasova, B.B.Axmedov), 3 monografiya (mualliflar: T.A.Ochilov, A.A.Abdugaffarov), 576 ilmiy maqolalar, 380 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 24 patent va mualliflik guvohnomalari va boshqalar tayyorlandi.
Kafedrada “Materialshunos” talabalar ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda (Ilmiy rahbar - dots. T.A.Ochilov, mas’ul- ass. S.U.Patxullayev), to‘garakka 15 ga yaqin iqtidorli talabalar qatnashishadi. Kafedraning 12 ta o‘quv va ilmiy tekshirish auditoriyalarida kompyuterlar, tekshiruv nazorat priborlari, amaldagi modellar, laboratoriya qurilmalari kompleksi kabi ilmiy bazaga ega.
      Quyidagi sohalardagi ishlanmalar: «mahalliy xom ashyodan foydalangan holda to’qimachilik materiallari ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish va mahsulot sifatini yaxshilash» kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan.
      Kafedra olimlari quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishadi:
- Mahsulot sifatini oshirish, to’qimachilik materiallarini baholash uchun yangi usul va asboblar ishlab chiqish;
- To‘qimachilik mahsulotlarini standartlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.  Bundan tashqari o‘qitish uslubiyatlarini yaratish bo‘yicha ilmy-metodik ishlar olib borilmoqda.
Fan sohasida institutimiz tarixida birinchilardan 1944 yil aspirantura ochilgan va quyidagi natijalarga erishilgan: To‘qimachilik materiallarini sifatini aniqlash uslub va priborlar yaratish bo‘yicha 13 mualliflik guvohnomalari (Kanopning namligini aniqlash uchun asbob, pillalar namligini aniqlash uchun asbob, akustik usul bilan aralashmadagi komponentlar ulushini aniqlash uchun asbob, to’qimachilik materiallari xususiyatlarini aniqlash va sifatini baholash bo‘yicha asboblar va boshqalar) yaratilgan.
Quyidagi chet el Oliy o‘quv yurtlari bilan ijodiy aloqalar o’rnatilgan:
- Pirey texnologiya instituti (Gretsiya);
- Moskva Davlat to’qimachilik universiteti;
- Ivanova Davlat  to’qimachilik akademiyasi;
- Kostroma Davlat texnika universiteti;
- Gent universiteti (Belgiya);
Ta’lim, fan-ishlab chiqarish, korporativ hamkorlik kesimida«To’qimachilik materialshunosligi» kafedrasi:
- Janubiy Korea Ansan universiteti.
- O’zpaxtasanoat AJ;
- Paxtasanoat ilmiy markazi AJ;
O’zbekiston paxtani sertifikatlashtirish «Sifat» markazi;
O’zbekengilsanoat AJ korxonalari bilan hamkolikda innovatsion g’oyalarni tadbiq etish bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedaning istiqbolliy ish rejalari: Yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash (Fan doktorlari-3, fan nomzodlari-5), o‘quv adabiyotlari yaratish (darslik va o‘quv qo‘llanmalar-4, elektron variantda darslik va o‘quv materiallarni yaratish-7). O‘qituvchilar safidan paxta tolasini sifatini baholash bo‘yicha 3 nafar klasserlar tayyorlash, to‘qimachilik tola, ip va tayyor mahsulotlarni sifatini aniqlash bo‘yicha zamonaviy priborlar bilan jihozlangan o’quv-ilmiy laboratoriyalari loyihasi yaratilgan.
Mazkur o’quv yilida ass. S.U.Patxullayev va dos. Sh.A.Usmanovalar Janubiy Koreyaning Ansan universitetida malakalarini oshirishdi.

KАFЕDRАDА TAYYORLANADIGAN YO‘NALISH VA MUTAXASSISLIKLAR

     Kafedrada bakalavriaturaning 5310900-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha) va 5320900–Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qimachilik sanoati) ta‘lim yo‘nalishlari va magistraturaning 5A520905-To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoati) mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
     Bitiruvchilar asosan Respublikamizning paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari ilmiy - tadqiqot institutlari, laboratoriyalari, loyiha-konstruktorlik muassasalari, sertifikatsiyalashtirish organlari, “O‘zstandart agentligi”, O‘zbekiston “Sifat” markazi va Oliy ta‘lim muassasa kafedralarida muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqdalar.


KAFEDRADA OQILADIGAN FANLAR

BАКАLАVR YO‘NАLISHI BO’YICHА: MАGISTRАTURА MUTАХАSSISLАRI BO‘YICHА:  mutахаsislаri bo’yichа:
1. To’qimachilik materialshunosligi
2.Maxsus texnologiya (kvalimetriya va standartlashtirish)
3. Maxsus texnologiya (texnik nazorat va sifatni baholash)
4. Zamonaviy o’lchov vositalari
5. Texnik nazorat va sifat menejmenti
6. Istiqbolli to’qimachilik materiallari
7. Mahsulot sifatini baholash
8. Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari
9. Texnologik jarayonlarni loyihalash
10. Yengil sanoat mahsulotlar materialshunosligi
11. Tadqiqot uslub vositalari
12. To’qimachilik mahsulotlari, texnologiyasi va jihozlari
13. To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi
va sifat nazorati
14. Sohaga kirish
15. Kasb mahorati va injenerlik ish yuritish
16. Texnika texnologiya yangiliklari
17. Tikuv buyumlari materialshunosligi
18. Charm buyumlar materialshunosligi
19. Teri, charm va mo’yna mahsulotlari materialshunosligi


 1. Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi nazariy asoslari
2. Ilmiy tadqiqot nazariy asoslari
3. To’qimachilik sanoatida sifat menejmenti tizimlari
4. To’qimachilik mahsulotlar sifatini baholash asoslari
5. Mahsulot sifatini ta’minlash va Xalqaro standartlashtirish
6. To’qimachilik materiallari sifatini baholash va bashoratlash
7. To’qimachilik sanoatida mahsulot sifatini boshqarishning ilmiy asoslari
8. To’qimachilik mahsulotlari tuzilishi xossalarini aniqlashning zamonaviy usullari

 


KORXONALAR BILAN INNOVATSION HAMKORLIK KAFEDRA A`ZOLARI
Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion hamkorligini ta‘minlash bo‘yicha O‘zbekiston «Sifat» markazi, “Paxtasanoat ilmiy markazi” OАJ, «O‘zbekyengilsanoat» DАK, «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi bilan samarali hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Kafedrada diplom loyihalari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari hamda xo‘jalik shartnomalari doirasida olingan natijalar tegishli ishlab chiqarish korxonalariga taqdim etib borilmoqda. Kafedrada ishlab chiqarish buyurtmasiga ko‘ra maqsadli ravishda kadrlar tayyorlash, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
 1. Ochilov To‘lqin Ashurovich - kafedra mudiri, t.f.n.,dotsent
2. Qulmetov Mirpo‘lat Qulmetovich - t.f.n, professor
3. Hamroyeva Sanovar Atoyevna - t.f.d., professor
4. Аbdug‘afforov Abdusattor Abdujabbarovich -t.f.n. dotsent
5. Axmedov Bahodir Bo‘riyevich-t.f.n., dotsent
7. Akbarov Rustam Djamolovich- t.f.n.,dotsent
8. Yunusov Kamoliddin Zununovich - t.f.n.,dotsent
9. Usmonova Shaxnoza Anvarovna–t.f.n., dot.
10. Laysheva Elmira Talgatovna-katta o‘qituvchi
11. Israilova Sajida Mirxalikovna-katta o‘qituvchi
12. Toyirova Tursunoy Abdugapirovna -katta o‘qituvchi
13. Ubaydullayeva Dilora Hamidovna- katta o‘qituvchi
14. Muxtorov Jo‘rabek Raimberganovich - katta o‘qituvchi
15. Saidmuratova Salomat Saidazizovna -assistent
16. Valiyeva Zulfiya Faxritdinovna-assistent
17. Tulanov Shamsiddin Erkayevich-аssistent
18. Bobotov Ulug‘bek Amirovich-аssistent
19. To‘raqulov Baxtiyor  To‘lqinovich -assistent
20. Patxullayev Sarvar Ubaydullo o’g’li-assistent
21. Jo’rayev Obid Saxobiddinovich-assistent
22. Atanafasov Muhiddin Rahmanovich – assistant
23. Roximov Ixlos Ozodovich-assistent
24. Janieva Ma’mura Boxodirovna-assistent
25. Xaydarov Ulug’bek-kabinet mudiri
26. Taniberdiyev Farrux –o’quv ustasi
27. Boyxonov Musurmon-laborant


 
 
 
 

KAFEDRANING MODDIY-TEXNIK BAZASI

     Kafedraning moddiy-texnik bazasi to‘qimachilik tolalari, iplari, materiallarini tarkibi, tuzilishi, xossalarini aniqlash va  baholash bo‘yicha jihozlangan o‘quv laboratoriyalari. Kompyuterlashtirilgan sinfda fanlardan elektron variantda ma‘ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun ma‘lumotlar bazasi talabalar ixtiyorida.
     Kafedrada ma‘ruza mashg‘ulotlari elektron prorektor orqali taqdimot tarzida modernizatsiyalangan o‘quv-uslubiy majmualar asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llangan holda, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari asosan kompyuter sinfi va zamonaviy asbob-uskunalarda «CentexUz» laboratoriyasida hamda ilg‘or korxonalar laboratoriyalarida o‘tkaziladi.