Fizika va elektrotexnika kafedrasi

Печать

Kafedraning to`liq nomi: "Fizika va elektrotexnika kafedrasi " kafedrasi
Tashkil topgan yili:
 1933 y.
Manzil: 
Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 2-bino
E-mail:  Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript  
Fizika va elektrotexnika kafedrasining  qisqacha tarixi.
    Fizika va elektrotexnika kafedrasining  qisqacha tarixi
Fizika kafedrasi 1933y tashkil qilingan bo’lib, uni S.V.Starodubtsev (keyinchalik akademik, O’zbekiston FA prezidenti), U.O.Oripov (keyinchalik akademik, O’zbekiston FA prezidenti), M.X.Xolmatov (texnika fanlari doktori, professor, xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi) va boshqalar boshqarganlar. Kafedradagi ilmiy ishlari tufayli M.X.Xolmatov doktorlik dissertatsiyasini, Yu.Yu.Yunusov, M.A.Parmankulov, X.M.Kasimov, O.D.Raximjonova, X.U.Dadaxodjayev, M.A.Fattaxov, B.I.Islamovlar nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar.  1988-1998 va  2004–2010  yillarda – dotsent X.I.Isayev kafedra mudiri bo’lib ishladi.
2011-2012 o’quv yilida «Kimyo» va «Fizika» kafedralari «Tabiiy fanlar» kafedrasi qilib birlashtirildi va kafedra mudiri qilib dotsent Sh.I.Karimov tayinlandi. 2013-2014 o’quv yilidan «Tabiiy fanlar» va «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish»  kafedralaridan «Fizika va elektrotexnika» kafedrasi ajralib chiqdi va kafedra mudiri qilib f.m.f.n. B.E.To’rayev tayinlandi. 2014-2015 o’quv yilidan gidravlika, issiqlik texnikasi, texnik termodinamika fanlari qo’shildi.



 o’qiladigan fanlar.
 ASOSIY ILMIY YO`NALISHLAR.
1. Fizika
2. TFZK (Tabiiy fanlarning zamonaviy kontsepsiyasi)
3. Elektrotexnika
4. Elektrotexnika nazariy asoslari
5. Gidravlika
6. Issiqlik texnikasi
7. Texnik termodinamika
8. Bakalavr yo’nalishi:
5111000, 5150900, 5310900, 5311000, 5320300, 5320400, 5320800, 5320900, 5321200, 5610600 -  Fizika, Hozirgi zamon tabiiy fanlar kontsepsiyasi, elektrotexnika, gidravlika, issiqlik texnikasi,termodinamika
 1. Paxta tolasini suv bug’i yordamida namlagich qurilmasini yaratish.
Rahbar – dots. X.Isayev.
2. Yarim o’tkazgich moddalarni optik va fizik xossalarini o’rganish.
Rahbar - f.m.f.n. B.E.To’rayev.
3. Fizikaviy elektronika, qattiq jismlar fizikasi, nanotexnologiya.
Rahbar - proff. A.S.Risboyev


ILMIY ALOQALAR:
 Kafedra a`zolari
«Fizika va elektrotexnika» kafedrasi   M.Ulug’bek nomidagi Milliy Universitet (prof. M.Kurbanov, prof. K.Tursunmetov); Toshkent Davlat Texnika Universiteti (prof. K.Bahodirxanov); Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Fizika” kafedralari, Farg’ona politexnika institutining “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” kafedrasi (L.Mamadalieva); Termez Davlat Pedagogika Universiteti fizika fakulteti (akademik N.Yu.To’rayev) lar bilan hamkorlik ishlari olib boriladi. Bundan tashqari IIChB “Quyosh-fizikasi”, yarim o’tkazgichli quyosh batareyalari laboratoriyasi, (f.m.f.d. M.Tursunov), hamda AO “O’zpaxtasanoat”ga tegishli Toshkent viloyatidagi bir qancha paxta tozalash zavodlari bilan ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi.
“Fizika va elektrotexnika” kafedrasi professor o’qituvchilarining oliy ta’lim va litsey va kasb-hunar ta’limi kollejlari uchun chiqargan kitoblari:
M.A.Fattaxov va boshq. «Fizika» III-qism, Akademik litseylar uchun ma’ruzalar matni, 2001 y.


 

1.To’rayev Baxodir Ergashevich, f.m.f.n.-kafedra mudiri

2.Isayev Xamid f.m.f. n., dotsent

3.Fattaxov Mirzaxmad Azizovich, t.f.n.,  dotsent

4.Ishmumin Djabbarovich Yadgarov,  f.m.f.n. 

5.Ulugmurodov Abror Nafasovich,    katta o`qituvchi

6.Turdiyev Baxtiyor Mardiyevich, assistent

7.Sultanov Odiljon Ziyamutdinovich, assistent

8.Haqqulov Jahongir Mardonovich, assistent

9.Xolmatov Asqar Arolovich, assistent

10.Ermurodov Maxmud Qarshiyevich, assistent

11.Abdullayev Oybek Safarovich, assistant

12.To’rayev Farhod Farmonovich- assistent

13.Kurbonova Tulganoy Bayrambayevna – kabinet mudiri

O’rindoshlar -

14. A.Risboyev - f.m.f.d., prof. TGTU-0.25 st.

15. X.Mirzaaxmedova - katta o’qituvchi, 

      Avtomatika kaf.,TTYESI -0.25 st.

16. Sh.Misirov-dotsent TOXQBYu-0.25 st.


Tajribali o’qituvchilar boshchiligida talabalar mustaqil ravishda laboratoriya ishlarini bajaradilar. Kafedra o’qituvchilari tomonidan ma’ruzalarini innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilib (Microsoft Power Point dasturida taqdimotlar), hamda laboratoriya ishlari darslarini yangi pedagogik texnologiyalar (aqliy hujum usuli, klaster usuli va boshqalar) bilan o’tkaziladi.