Fizika va elektrotexnika kafedrasi

Печать


Kafedraning to`liq nomi: "Fizika va elektrotexnika kafedrasi " kafedrasi
Tashkil topgan yili:
 1933 y.
Manzil: 
Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 2-bino
E-mail:  Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript  
Fizika va elektrotexnika kafedrasining  qisqacha tarixi.
   Fizika kafedrasi 1933 yil tashkil qilingan bo’lib, uni S.V.Starodubtsev (keyinchalik akademik, O’zbekiston FA prezidenti), U.O.Oripov (keyinchalik akademik, O’zbekiston FA prezidenti), M.X.Xolmatov (texnika fanlari doktori, professor, xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi) va boshqalar boshqarganlar. Kafedradagi ilmiy ishlari tufayli M.X.Xolmatov doktorlik dissertatsiyasini, Yu.Yu.Yunusov, M.A.Parmankulov, X.M.Kasimov, O.D.Raximjonova, X.U.Dadaxodjayev, M.A.Fattaxov, B.I.Islamovlar nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar.  1988-1998 va  2004–2010  yillarda – dotsent X.I.Isayev kafedra mudiri bo’lib ishladi. 2011-2012 o’quv yilida «Kimyo» va «Fizika» kafedralari «Tabiiy fanlar» kafedrasi qilib birlashtirildi va kafedra mudiri qilib dotsent Sh.I.Karimov tayinlandi. 2013-2014 o’quv yilidan «Tabiiy fanlar» va «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish»  kafedralaridan «Fizika va elektrotexnika» kafedrasi ajralib chiqdi va kafedra mudiri qilib f.m.f.n. B.E.Turayev tayinlandi. 2014-2015 o’quv yilidan gidravlika, issiqlik texnikasi, texnik termodinamika fanlari qo’shildi. 2017-2018 o`quv yilidan kafedrani A.N.Ulukrmuradov boshqarib kelmoqda.



 o’qiladigan fanlar.
 ASOSIY ILMIY YO`NALISHLAR.
1. Fizika
2. Elektrotexnika
4. Elektrotexnika nazariy asoslari
5. Gidravlika
6. Issiqlik texnikasi
7. Texnik termodinamika
  Bakalavr yo’nalishi:
5111000, 5150900, 5310900, 5311000, 5320300, 5320400, 5320800, 5320900, 5321200, 5610600 -
 Fizika, Elektrotexnika, gidravlika, issiqlik texnikasi, termodinamika
 1. Paxta tolasini suv bug’i yordamida namlagich qurilmasini yaratish.
Rahbar – dots. X.Isayev.
2. Yarim o’tkazgich moddalarni optik va fizik xossalarini o’rganish.
Rahbar - f.m.f.n. B.E.To’rayev.
3. Fizikaviy elektronika, qattiq jismlar fizikasi, nanotexnologiya.
Rahbar - prof. A.S.Risboyev
4. Rahbar- f.m.f.n. I.Yadgarov

ILMIY ALOQALAR:
 Kafedra a`zolari
«Fizika va elektrotexnika» kafedrasi M.Ulug’bek nomidagi Milliy Universitet (prof. M.Kurbanov, prof. K.Tursunmetov), Toshkent Davlat Texnika Universiteti (prof. K.Bahodirxanov), Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Fizika” kafedralari, Farg’ona politexnika institutining “Elektrotexnika, elektromexanika va elektro-   texnologiya” kafedrasi (L.Mamadalieva), Termez Davlat Pedagogika Universiteti fizika fakulteti (akademik N.Yu.To’rayev) Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti “Temir yо‘llar elektr taminoti” kafedrasi (prof.Amirov S.F., dotsent M.Bozorov), Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti “Fizika va kimyo” kafedrasi (dotsent B.X.Islomov) lar bilan hamkorlik ishlari olib boriladi. Bundan tashqari IIChB “Quyosh-fizikasi”, yarim o’tkazgichli quyosh batareyalari laboratoriyasi, (f.m.f.d. M.Tursunov), hamda AO “O’z paxta sanoat” ga tegishli Toshkent viloyatidagi bir qancha paxta tozalash zavodlari bilan ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi.
“Fizika va elektrotexnika” kafedrasi professor o’qituvchilarining oliy ta’lim va litsey va kasb-hunar ta’limi kollejlari uchun chiqargan kitoblari:
M.A.Fattaxov va boshq. «Fizika» III-qism, Akademik litseylar uchun ma’ruzalar matni, 2001 y.



 1. Ulukmuradov Abror Nafasovich, kafedra mudiri
2. Isayev Xamid f.m.f. n., dotsent
3.Fattaxov Mirzaxmad Azizovich, t.f.n.,  dotsent
4. Xamrayev Qosim Yogmurovich, katta o’ituvchi
5. Boymuratov Faxriddin Tog’aymurodovich, katta o’qituvchi
6. Masharipova Sayyora Yusupovna, katta o’ituvchi
7. Mamayeva Dildor aAxmadjonovna, assistent
8. Xolmatov Asqar Arolovich, assistent
9. Haqqulov Jahongir Mardonovich, assistant
10. Adilova Aziza Shuxratovna, assistant
11. O’ljayev O’tkir Boymamatovich, assistant
12. Bozorbayev Ilyos Israilovich, assistant
13. To’rayev Farhod Farmonovich- assistent
14. Doliyev Asliddin To’lqinjon o’g’li, assistent
Ichki o’rindoshlar:
1. To’rayev Baxodir Ergashevich, f.m.f.n.
2. Abdullayev Oybek Safarovich, assistant
3. Mirzaaxmedova Xuriyat, katta o’qituvchi,
Tashqi o’rindoshlar:
1. Yadgarov Ishmumin Djabbarovich,  f.m.f.n.
2. Sultanov Odiljon Ziyamutdinovich, assistent
3. Stelmax Vasiliy Grigoryevich, assistant
Texnik xodimlar:
1. Kurbonova Tulganoy Bayrambayevna – laboratoriya mudiri
2. Pulatov Temur, laborant
3. Boymonov Shoxrux, laborant
4. Xayrullayeva Sarvinoz, laborant


Tajribali o’qituvchilar boshchiligida talabalar mustaqil ravishda laboratoriya ishlarini bajaradilar. Kafedra o’qituvchilari tomonidan ma’ruzalarini innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilib (Microsoft Power Point dasturida taqdimotlar), hamda laboratoriya ishlari darslarini yangi pedagogik texnologiyalar (aqliy hujum usuli, klaster usuli va boshqalar) bilan o’tkaziladi. 

 ZAMONAVIY LABORATORIYA USKUNALARIDA OLIB BORILAYOTGAN MASHG’ULOTLAR. 
                     LABORATORIYA ISHLARI VA JIHOZLARI

 

Kafedra mudiri A.N.Ulukmuradov Elektrotexnika va elektronika
laboratoriya jihozlari
bilan institut rektori S.Z.Yunusovni tanishtirmoqda

 

 Mexanika va molekulyar fizika xonasi

 

 

 Markazdan qochma nasos. orqali balandliklarga suvni chiqarish o’rganiladigan laboratoriya qurilmasi