Bosh sahifa Institut Fakultet va kafedralar Yengil sanoat tеxnologiyasi va dizayn fakulteti Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasi

Tikuv buyumlari konstruksiyalash va texnologiyasi

Печать

 

 

Kafedraning to`liq nomi: "Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi" kafedrasi

Tashkil topgan yili: 1952 y.

Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 8-bino

Tel: (+998971) 253-65-58

E-mail: Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript


 
 KAFEDRA TARIXI
 
     “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi 1952 yil Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida tashkil etilgan. Kafedraga dotsent A.Ya.Izmestyeva (1956-1959), dotsent M.Sh.Jabborova (1960-1962), A.K.Kravchinskiy (1962-1966),  dotsent V.G.Chursina (1966-1973), dotsent E.U.Sobirov (1973-1978), dotsent X.X.Samarxodjaev (1978-2002),  dotsent Z.SH.Tadjibayev (2002-2004), dotsent L.SH.Shamuxitdinova   (2004-2006), (2006-2014) dotsent M.K.Rasulova rahbarlik qilganlar. Ular tomonidan yaratilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy ishlanmalar hozirgi kungacha o‘qituvchilar va talabalar tomonidan foydalanib kеlinmoqda.
      2014 yildan kafedraga t.f.d., dotsent M.А.Маnsurova rahbarlik qilmoqda. Hozirda kafedrada 3 nafar professor, texnika fanlari doktori; 3 nafar dotsent, texnika fanlari nomzodi; 1 nafar katta o‘qituvchi, texnika fanlari nomzodi; 5 nafar katta o‘qituvchi; 11 nafar assistеnt  faoliyat ko‘rsatmoqda.

KАFЕDRАDА TAYYORLANADIGAN YO’NALISH VA MUTAXASISLIKLAR
 
   Kаfеdrаdа  5320900-"Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi" va 5111000-Kasb ta’limi (5320900-"Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi") ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar  va 5A320902-“Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

KAFEDRADA OQILADIGAN FANLAR

Bакаlаvr tа’lim yo’nаlishi bo’yichа:
 Mаgistrаturа mutахаsislаri bo’yichа:
1. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash
2. Tikuv buyumlari texnologiyasi
3. Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jihozlari
4. Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
5. Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarini kimyolashtirish
6. Tikuv buyumlarini loyihalashning  avtomatlashtirilgan sistemasi
7. Texnologik jarayonlarni loyihalash
8. Antropologiya
9. Texnologiyaga kirish
10. Ustaxona
11. Kasb maxorati
12. Tikuv buyumlariga ishlov berish omillari
13. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash, texnologiyasi ishlab chiqarish jihozlari (charm va mo’yna buyumlari)


 1. Tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari
2. Tikuv buyumlarini loyihalash nazariy asoslari
3. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash
4. Kiyim gigiyenasi



INNOVASTION HAMKORLIK
 KAFEDRA A`ZOLARI
     Kafedra bitiruvchilari birgina mamalakatimizda emas, balki MDH mamalakatlari, shuningdek, Polsha, Bolgariya, Моngoliya, Pokiston, Nigeriya, Turkiya, Kuba, Laos kabi davlarda ham samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar.
     Kafedrada  “O’zto’qimachilik” uyushmasiga qarashli tikuv va tikuv-trikotaj korxonalari, xususiy va qo’shma korxonalar, xususiy va qo’shma korxonalar, ilmiy-tekshirish institutlari va boshqa Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik integratsiyasini yanada chuqurlashtirish  maqsadida ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi o’zaro innivatsion korporativ hamkorlik bo’yicha 60 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan va ulardagi ilmiy-texnik muammolarni yechish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, diplom va kurs loyiha ishlari bajarilmoqda.
O’quv rejaga asosan  talabalar ishlab chiqarish korxonalarida o’quv, tanishuv bilan ishlab chiqarish amaliyoti,  malaka amaliyotlari va bitiruv oldi amaliyotlarini o’taydilar. Amaliyotlarni har bir keyingi bosqichi talabalarning bilim va ko’nikmalarini yanada chuqurlashtirishga mo’ljallangan.
  M.A. Bobojonova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish Iste’dod jamg’armasi dasturi bo’yicha malaka oshirgan.
   Dots. M.K. Rasulova London moda kolledjida malakasini oshirib, Britaniya kengashi yordamida INSPIRE (oily ta’lim bilan hamkorlik) dasturi asosida London kolledji bilan institut o’rtasida tuzilgan hamkorlik loyihasining asoschisi bo’ldi.
    Kafedra olimlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston mamlakatlaridagi yengil sanoat sohasiga tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.    
Kafedrada bitta innovatsion guruh mavjud. Innovatsion guruh tarkibi 22 nafar professor o’qituvchi, korxona rahbarlari,magistrlar va iqtidorli talabalaridan iborat. Innovatsion guruhning yillik ish rejasi mavjud bo’lib,har oyda bir marotaba yig’ilish o’tkazadi. 2017 yil “Yilning eng yaxshi innovatsion guruhi” tanlovida 4-o’rin egallandi.  
Kafedrada 2017 yilning sentyabr-oktyabr oylarida 12 nafar ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzildi. Hozirgi kunga qadar 40 ziyod korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari mavjud.
Kafedrada S.Sh.Tashpulatov rahbarligida OT-A3-63 “Resurstejamkorlik asosida tikuv buyumlariga polimer kompozitsiya bilan ishlov berish texnologiyasini yaratish” va OT-A3-35 M.А.Маnsurova rahbarligida “Ish unumini oshiradigan, resurstejamkor, tikish sifatini ta’minlaydigan tikuv mashinasi yuritmasi konstruktsiyasini ishlab chiqish va hisoblash metodlari” mavzularidagi davlat granti bo’yicha izlanishlar olob borilgan.
   Shu bilan birga 7/2017-“Разработка новой спецодежды для работников охранной структуры” nomli xo’jalik shartnomasi bo’yicha yo’nalishlar olib borilgan. 5/2018-“Erkaklar maxsus ich kiyimiga ishlatiladigan materiallarni sarf me’yorini asoslash va texnik shartlarini yaratish” nomli Qashqadaryo Istiqboli Yo’lida korxonasi bilan xo’jalik shartnomasi tuzilgan. Hozirda “Форма для волейболисток” nomli xo’jalik shartnomasi rejalashtirilgan.
Kafedra talabalari xo’jalik shartnomalari va ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etadilar. Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ishlab chiqarishga tadbiq etiladi. Kafedra qoshida “Texnolog” ilmiy to’garagi mavjud. To’garak raxbari D.X. Isayeva. Kafedrani iqtidorli talabalari Xalqaro fan olimpiadalari va nufuzli tanlovlarda (OTM yo’nalishlariga mos bo’lgan).
5 nafar talaba, Respublika fan olimpiadalari va nufuzli tanlovlarda (OTM yo’nalishlariga mos bo’lgan)
25 nafar talaba, Respublika fan olimpiadalari va nufuzli tanlovlarda (OTM yo’nalishlariga mos bo’lmagan)
3 nafar talaba diplom va sertifikatlar bn taqdirlanganlar. Bundan tashqari har yili o’tkaziladigan “Bolajonlar shirintoylar” va “Toshkent moda haftaliklari” festivallarida kafedra a’zolari hamda talabalar faol qatnashib diplom va sertifikatlarga ega bo’lib kelmoqdalar. Kafedraning iqtidorli talabalari orasida Davlat stipendiyasi va nomdor stipendiyat  g’oliblari mavjud.

 

1. Маnsurova M.A.-Kafedra mudiri t.f.n.,dotsent

2. Tashpulatov S.Sh.-t.f.d., professor

3. Nigmatova F.U.- t.f.d., professor

4.T.Yu. Amanov- t.f.d., professor

5. Samarxodjayev X.X.- t.f.n., dotsent

6. M.K.Rasulova -t.f.n., dotsent

7. . Bobojonova M.A.-t.f.n., katta o‘qituvchi

8 Alimuxammedova  B.G.-katta o‘qituvchi

9. Isayeva D.X.-katta o‘qituvchi

10. Isaeva M. X. – katta o‘qituvchi

11 Ulkanboyeva G.D - katta o‘qituvchi

12. Artikbayeva N.M - katta o‘qituvchi

13. Shomansurova M.A.- assistent

14. Umarova M.Yu. - assistent

15. Abdullaxodjayeva Z.A.- assistent

16. Bahriddinova D.A.- assistent

17. Mirzanazarova D.- assistent

18. Xamrakulova D.O. – assistent

19. Do‘smuxammedova M. – assistent 

20. Xaqnazarova Z. – assistent 

21. Aydarkulova K.A.- assistent 

22. Babadjanova N.A.- assistant

23. Xodjaeva K.T. - laborant

24. Xayrullayeva M.-kabinet mudiri

25. Muxammedova G.X.- laborant




      

KAFEDRANING MODDIY-TEXNIK BAZASI

Kafedra qoshida 3 ta tikuv laboratoriyasi va Yaponiya firmasining CAD CAM - kiyimni loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlangan auditoriya mavjud bo‘lib, talabalar kurs loyiha ishi, diplom ishi, bitiruv malakaviy  ishi va magistrlik dissertatsiya ishlarini, hamda mustaqil ishlarni bajarishda foydalanadilar.

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries