Normativ hujjatlar

Печать

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti tarkibidagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi tо‘g‘risida
NIZOM
 
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi «О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida»gi 515-son qarorining 14 bandiga muvofiq tashkil etilgan bо‘lib, bevosita Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti tarkibiga kiradi. 
 
I. UMUMIY QOIDALAR

1.Mazkur Nizom Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi (keyingi о‘rinlarda matnda – Bо‘lim deb yuritiladi) maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Bо‘lim Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining ( keyingi о‘rinlarda mantda- institut deb yuritiladi) tuzilmasiga kiradi.
3. Bо‘lim nizomi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi о‘rinlarda matnda – Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan institut bо‘limining Nizomi bо‘lim xodimlari tomonidan о‘ziga yuklatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
4. Bо‘limning asosiy maqsadi institut  talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini о‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan о‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bо‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini kо‘rishdan iborat.
5. Bо‘lim boshlig‘i va uning xodimlari Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tavsiyasiga kо‘ra institut  rektori buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
6.Bо‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari,Davlat inspeksiyasi hamda institut rektorining buyruqlari va qonuniy kо‘rsatmalariga, shuningdek mazkur  Nizomga muvofiq olib boradi.
Bо‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.

II.BО‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

7.Bо‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning о‘quv adabiyotlari va о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini о‘rganish;
institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini о‘rganib borish, tahlil qilish;
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
institutni ichki attestatsiyadan о‘tkazishni tashkil etish, natijalari bо‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
attestatsiya, ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni о‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;
ta’lim sifatini belgilovchi kо‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;
institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni о‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bо‘yicha institut  rektoriga takliflar kiritish;
institut  professor-о‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan о‘tganligini yoki mos ixtisoslik bо‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini о‘rganish  tо‘g‘risida institut rektoriga ma’lum kiritish;
institutning о‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bо‘yicha takliflar berish;
institutda talabalar amaliyotining ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni tо‘plashda, о‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;
institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini о‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish;
bо‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli о‘quv va ilmiy markazlari tajribasini о‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
institut reytingini xalqaro darajaga kо‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
instittutning  tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan о‘quv seminarlari va treninglarni о‘tkazish;
institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qо‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda о‘tkazib borish;
о‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish о‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bо‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan о‘rganish va monitoring natijalari tо‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
ta’lim sifati holatini о‘rganishnatijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rektoriga taqdim etish.
8. Bо‘lim о‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
institutda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, о‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bо‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yо‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;
ta’lim yо‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini о‘rganadi;
talabalarning darslik va о‘quv qо‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qо‘llanmalar)  bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;
institut professor-о‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan о‘tganligini yoki mos ixtisoslik bо‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini о‘rganadi va natijalar asosida institut rektoriga ma’lumot kiritadi;
о‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini о‘rganadi va ularni takomillashtirish bо‘yicha tegishli  takliflarni beradi;
ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, institut professor-о‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bо‘yicha о‘rganadi;
institut tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, о‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;
ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, institutning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) о‘rganadi;
о‘z sohasi bо‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha iste’molchilar bozorining о‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;
ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;
talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini о‘rganadi;
institutning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;
institutning о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;
institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-о‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (sо‘rovnoma asosida) о‘rganadi;
institut axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-о‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;
bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga о‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi;
ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi;
professor-о‘qituvchilar reytingini aniqlash bо‘yicha takliflar kiritadi;
talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;
institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni о‘rganishning samaradorligi bо‘yicha monitoring yuritadi;
talabalar bilimini baholash bо‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini о‘rganadi va takliflar tayyorlaydi;
yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda о‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;
institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni о‘tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni Davlat inspeksiyasi boshlig‘i hamda institut rektoriga о‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi;
institutda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazadi;
institut faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib о‘rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
institutda xalqaro hamkorlikning yо‘lga qо‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam kо‘rsatadi;
bо‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli о‘quv va ilmiy markazlari tajribasini о‘rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etadi;
Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan oliy ta’lim muassasalar reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni tо‘plashda hamda boshqa topshiriq va  vazifalarni bajarishda ishtirok etadi;
institut reytingini xalqaro darajaga kо‘tarish uchun tajribali professor-о‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini о‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda institut rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;
respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy о‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
institutda ta’lim sifatini oshirish bо‘yicha olib borilgan о‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni oliy ta’lim rahbariyatiga taqdim etadi.

III. BО‘LIMNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

9. Bо‘lim quyidagi huquqlarga ega:
Bо‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun institut tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;
institut va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va о‘quvchilarni о‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bо‘yicha ishchi о‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va о‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda о‘rganish;
institutda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bо‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning о‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;
institutda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar kо‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;
institutda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini о‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazilishini tashkil qilish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bо‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va о‘quvlarda ishtirok etish;
belgilangan tartibda institut Kengashiga saylash va saylanish;
О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
10. Bо‘limquyidagi majburiyatlarga ega:
xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va о‘z sha’niga dog‘ tushirmaydi;
Davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda institutning ishchi о‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.
11. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, о‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.

IV. BО‘LIM ISHINI TASHKIL ETISH

12. Bо‘lim institut tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida institut rektori buyrug‘iga muvofiq tashkil etiladi.
Bо‘lim yuridik shaxs maqomiga ega emas.
13. Bо‘lim 3 nafar xodim: bо‘lim boshlig‘i va ikki nafar bosh mutaxassisdan iborat.
14. Bо‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis lavozimlariga nomzodlar institut rektori buyrug‘i bilan Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tavsiyasiga asosan tayinlanadi va Davlat inspeksiyasi boshlig‘i ruxsati bilan lavozimlaridan ozod etiladi.
15.Bо‘lim xodimlarining oylik ish haqi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq tо‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qaroriga (О‘zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son,40-modda; О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2017 y., 33-son, 852-modda) muvofiq belgilanadi va institut tomonidan tо‘lanadi. Bо‘lim xodimlariga institut xodimlari lavozimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish shartlari qо‘llaniladi.
16. Bо‘lim faoliyatiga rahbarlik qilish bо‘lim boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
Bо‘lim boshlig‘ining lavozimi, dekan lavozimiga tenglashtiriladi.
Bо‘lim boshlig‘i bо‘lmagan (ta’til, betoblik, xizmat safari) davrda uning vazifasini bajarish bosh mutaxassisning biriga yuklatiladi.
17. Bо‘lim о‘z faoliyatini yuritishda Davlat inspeksiyasiga va institut rektoriga bо‘ysunadi.
18. Bо‘limga ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga ega bо‘lgan malakali mutaxassislar, shuningdek, ilmiy-pedagogik stajga ega bо‘lgan shaxslar tarkibidan malakaviy talablarga muvofiq belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.

V. BО‘LIM XODIMLARINING MALAKA TALABLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI

19. Bо‘lim boshlig‘i lavozimiga qо‘yidagi malaka talablari qо‘yiladi:
oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega bо‘lishi;
ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy meyoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qо‘llay olishi;
ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bо‘lishi;
institutning tarkibiy bо‘linmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;
ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qо‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bо‘lishi;
 о‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yо‘nalishdagi ishlarning mazmun-mohiyatini tо‘liq tushunishi, yangi avlod о‘quv adabiyotlarini tayyorlash va ularga Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining grifini olish tartibini bilishi;
institut professor-о‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;
о‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);
ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.
20. Bо‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:
bо‘lim faoliyatini О‘zbekiston Respublikasining qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va institut rektori bо‘yruq va kо‘rsatmalari asosida tashkil etish;
bо‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning о‘quv adabiyotlari va о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini о‘rganish;
institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini о‘rganib borish, tahlil qilish;
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
institutni ichki attestatsiyadan о‘tkazishni tashkil etish, natijalari bо‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash,ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;
ta’lim sifatini belgilovchi kо‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni о‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bо‘yicha institut rektoriga  takliflar kiritish;
institut professor-о‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan о‘tganligini yoki mos ixtisoslik bо‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini о‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;
ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bо‘yicha takliflar berish;
institutda talabalar amaliyotining ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan oliy ta’lim muassasalar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni tо‘plashda, о‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
attestatsiya, ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni о‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;
bо‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli о‘quv va ilmiy markazlari tajribasini о‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
institut reytingini xalqaro darajaga kо‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
institutning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan о‘quv seminarlar va treninglar о‘tkazish;
о‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish о‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bо‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan о‘rganish va monitoring natijalari tо‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
bо‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bо‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga kо‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora kо‘rish haqida Davlat inspeksiyasiga va institut rektoriga о‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bо‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
21. Bо‘lim bosh mutaxassisi lavozimiga qо‘yidagi malaka talablari qо‘yiladi:
oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik jihatidan) ega bо‘lishi;
ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy meyoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qо‘llay olishi ;
pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bо‘lishi;
ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qо‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bо‘lishi;
 о‘quv, ilmiy–tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yо‘nalishdagi ishlarning mazmun-mohiyatini tushunishi, yangi avlod о‘quv adabiyotlarini tayyorlashga qо‘yilgan talablarni bilishi;
о‘zbek tilini mukammal, rus va xorijiy tillardan birini yetarli darajada bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);
ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.
22. Bо‘lim bosh mutaxassisining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:
о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasining qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va institut rektori bо‘yruq va kо‘rsatmalari hamda bо‘lim boshlig‘ining topshiriqlari asosida tashkil etish;
bо‘limda meyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash;
institutning о‘quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek  oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо‘nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida о‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;
talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;
institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini о‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazishni tashkil etishva ularning natijalari bо‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qо‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda о‘tkazib borish;
attestatsiya, ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning о‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash choralarini kо‘rish;
bо‘lim faoliyatiga oid meyoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;
respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy о‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan bо‘lim boshlig‘i ruxsati bilan oliy ta’lim muassasalari  reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni tо‘plashda, о‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish.

VI. YAKUNIY QOIDALAR

23. Bо‘lim xodimlari о‘z zimmasiga yuklatilgan va funksional vazifalari doirasida Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.
24. Bо‘lim faoliyatiga oid nizolar, о‘zaro munozaralar olib borish orqali yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kо‘rib chiqiladi.
25. Ushbu  Nizom Institut Kengashining 2018 yil “__” _______dagi ___sonli qarori bilan tasdiqlangan.
26.Mazkur Nizomni bekor qilish yoki unga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda  institut tomonidan amalga oshiriladi.


Ma`lumotlar markazi

Call center +99871 253 36 66