Bosh sahifa Institut Yangiliklar
Yangiliklar

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2017 yil 25 dekabr kuni o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivolantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ 2909-sonli qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyatining roli va ma’suliyati to‘g‘risida” gi Rayosat majlisining 149-sonli bayonida belgilangan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida
 
SEMINAR TRENING
2018 yil 24 yanvar, 15-00 da 1-bino 222-xona
 
“WEB OF SCIENCE, SCOPUS HALQARO ILMIY-TEXNIK MA’LUMOTLAR BAZALARIDAN (ITMB) FOYDALANISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH” mavzusi bo‘yia E-LINE Press kompaniyasi xodimi Raxmatullaev Iskandar Maratovich

 Murojaat uchun 253-61-05

 
 

Печать

Joriy yilning 16-yanvar kuni institutning 2-bino 311 majlislar zalida To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti, “To’qimachilik materialshunoslik” va “To’qimachilik matolar texnologiyasi” kafedrasi bilan birgalikda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tqazildi. Unda To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani K.Avazov, Oliy harbiy bojxona instituti “Harbiy jismoniy tayyorgarlik va avtomobil ishi” kafedra boshlig’i, polkovnik Q.Temirov, Yakkasaroy tumani mudofaa ishlari bo’lim boshlig’i o’rinbosari mayor B.Raxmatullayevich va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida tashrif buyurgan mehmonlar talabalarga vatanga bo’lgan  muhabbat to‘g’risida ta’sirli fikrlar bilan ko‘plab ma’lumotlarni yetkazishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to‘liq javoblar oldilar.  
 


 
 
 

Печать

14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 14 yanvar  kuni institut talabalar turar joyida “Shunqorlar” bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda institutning barcha fakultet jamoalari ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Bellashuvda ishtirokchilar sportning tosh ko‘tarish, arqon tortish, armrestling va minin futbol turlari bo‘yicha kuch sinashishdi. Maskur musobaqada ishtirok etgan barcha qatnashchilarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
 



 
 
 

Печать

14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayrami munosabati bilan joriy yilning 13 yanvar kuni institut rektori S.Yunusov, Ma’naviy – ma’rifiy  ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Azimov hamda mas’ul xodimlar tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Lisunova-4, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi, Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida, shuningdek, Vatanimizning bugungi musaffo va yorug‘ kunlariga yetib kelishida o‘zining mislsiz jangovor mehnat jasoratini namoyon etgan va xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi kapitan Tog‘ayev Jahongir Ro‘ziyevich hamda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 3-mikrorayon, “Kabutar” mahallasi 5-uy, 37-xonadonda yashovchi serjant Abdullayev Paxlavon Saydullayevichlarning xonadonlariga tashrif uyushtirildi. Marhum ofitserlarni oila a’zolarini bayram bilan tabriklab, ularning tengsiz jasorati hozirgi yoshlarimiz uchun namuna ekanligi, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik Vatanimizning bu kabi mard o‘g‘lonlarining buyuk xizmatlari ekanligini faxr bilan yodga oldilar. Tashrif davomida xonadon egalariga institut jamoasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
 


 

 
 

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 13 yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yakkasaroy tuman hokimligi va Toshkent shahridagi 9231-sonli Harbiy qism bilan hamkorlikda “Sulton” tantanalar majmuasida “Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch” shiori ostida harbiylar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda instiut rektori S.Yunusov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Azimov hamda Harbiy qismning barcha ofitser-serjantlari, shuningdek, Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida Harbiy qismda xizmat qilayotgan jangavor tayyorgarligi hamda ijtimoiy-ma’naviy faolligi uchun ofitser-serjantlarni institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 



 

 
 

Sahifa 1 из 176

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries