Bosh sahifa Institut Yangiliklar
Yangiliklar

Печать

Joriy yilning 6 aprel kuni institut Talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2018 yil 15 fevraldagi “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish to‘g’risida”gi bayoni (07/1-377-son, 16.02.2018 y.) bilan tasdiqlangan “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari rejasini (Yo‘l xaritasi)”ning 1-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida “Avlodlari e’zozlagan buyuk alloma” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Paxta sanoati texnologiyasi” hamda “Matbaa texnologiyalari” fakultetlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari I.Yusupov, A.A’zamov,Yakkasaroy tumani bosh imom xatibi, Rakat jome masjidi imom xatibi R.Muhammadiyev, 3-Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida Islom olamida o‘ziga xos alohida hurmat va e’tiborga sazovor, musulmon yurtlari ichida bizga faxr bag‘ishlovchi buyuk ajdodlarimizdan biri bu shubhasiz Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hazratlarining ilm yo‘lida chekkan riyozatlari, hadis ilmining rivojiga qo‘shgan hissalari hamda yaratgan asarlari butun dunyoda tillardan-tillarga doston bo‘lganligi haqida, o‘z buyuk ajdodlarini e’zozlagan, ularning ilmiy merosi, bunyodkor g‘oyalarini o‘zining ma’naviy taraqqiyoti mayog‘i o‘laroq tutgan xalq hech qachon kam bo‘lmasligi, ona yurtimizda amalga oshirilayotgan yuksak ishlarga daxldorlik hissi bilan yashashi, bunda har birlari o‘zlarining kasbi va yo‘nalishidan kelib chiqib mas’uliyatni his qilgan holda harakat qilishlari ham farz, ham qarz ekanligi talaba yoshlarga yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.
 



 
 
 

Печать

Joriy yilning 5 aprel kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda-Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlab 3-talabalar turar joyida kafedra kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri R.Rosulov, fakultet dekan muovini I.Yusupov, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 68-sonli SHIIB bo‘lim boshlig‘i mayor Y.Boybekov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur markazlashgan davlatga asos solgani, uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoygani, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va xalqlarni birlashtirgani, uning hukmdorlik yillarida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa va she’riyat yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgani haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbati davomida talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
 



 
 
 

Печать

Joriy yilning 5 aprel kuni institut 2-Talabalar turar joyida Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi va “Nuroniy” jamg‘armasi faollarining to‘ylar, oilaviy tantanalar va boshqa marosimlarni ortiqcha sarf-harajatlarsiz va dabdabasiz o‘tkazish bo‘yicha xalqimiz murojaatiga asosan “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, markazlar va ma’rosimlar, xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi Senat qarori hamda tegishli nizom loyihalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Bir kunlik to‘y, bir umirlik azob keltirmasin!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, Shayxontohur tumani Eshonguzar jome masjidi imom hatibi Y.Muhiddinov, TDPU doktaranti O.Toshov, TST fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini O.Abdullayev va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
 




 
 

Печать

Joriy yilning 4 aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda institut talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Raxmonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi E.Alimqulov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist T.Sayidov, institut ma’naviy-ma’rify ishlar bo‘yicha prorektori  U.Abdullayev, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi BT yoshlar yetakchisi A.Azimov va fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, OAV xodimlari hamda institut talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda ma’ruzachilar bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, yaqin sharq va arab davlatlarida ro‘y berayotgan hodisalar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganligini, bu tartibsizliklar va fuqorolar urushidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, mazkur davlatlarni o‘zlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va sha’nini bulg‘ashda davom etayotganliklarini ta’kidlab o‘tishdi. Tadbir davomida diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan insonlar qismati to‘g‘risidagi “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.
 



 
                                                
                                                                                                                                                                             
 
 

Печать

Joriy yilning 3 aprel kuni institut TMT kafedrasining professor-o‘qituvchilari va bir guruh magistr talabalari hamda to‘qimachilik sohasida ko‘p yillardan beri sohaning rivojlanishi uchun oliygohni bitirgan talabalarimizga ish o‘rinlari ochib, beminnat yordam ko‘rsatib kelayotgan “ADORA” brendining asoschisi Atilla Aygomush  va “Momiq sochiqlar” brendi asoschisi Olimjon Haydarovlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda soha rivojiga yuksak e’tibor, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning to‘qimachilik sohasini rivojlantirish islohotlarining muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan ichki bozorni yangi assortimentdagi to‘qimachilik mahsulotlari bilan boyitish masalari bo‘yicha soha vakillari magistr talabalariga kerakli ma’lumotlarni berib o‘tdi. Shou tarzida o‘tkazilgan uchrashuv talabalarimizda katta taassurot qoldirdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan kerakli javoblar oldilar.


 
 

Sahifa 6 из 192

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries