Bosh sahifa Institut Yangiliklar
Yangiliklar

Печать

TOSHKENT  TO‘QIMACHILIK VA ENGIL SANOAT INSTITUTI QABUL KOMISSIYASI

Talabalarining  o‘qishini bahorgi semestrga  qayta tiklash haqida  arizalari joriy yilning 20 dekabr kunidan 2018 yilning 20 yanvariga qadar har kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha (yakshanba dam olish kuni; shanba-soat 9-00 dan 15-00 gacha), institut  2-o‘quv binosining 305-xonasida (3-qavat) qabul qilinadi.
                                  
Mas’ul: Shavkat Samatovich Xannanov
Telefon: +99891 -162-68-38 

O‘qishini qayta tiklash istagini bildirgan fuqaro quyidagixujjatlarni taqdim etadi:
-qayta tiklashni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), qayta tiklash sabablari, qayta tiklash qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
-talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
-pasportning nusxasi.
             
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20-iyundagi "Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlash haqida"gi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida"gi NIZOMi hamda Vazirlikning 2017 yil 1 iyuldagi 440-sonli buyrug‘i.
 
Qabul komissiyasining mas’ul kotibi A.E.Gulamov

 
 

Печать

Yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot taxdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda mustaqillikdan oldin bo‘lgan davr hamda mustaqillik yillarida turli sohalarda, jumladan ta’lim sohasida amalga oshirilgan yutuqlar, bunyodkorlik ishlari, tinchlik va barqarorlikni saqlash borasida olib borilayotgan vazifalar, Qurolli kuchlar tizimidagi islohotlar, milliy armiyamizning qudrati va salohiyati bilan yoshlarni hayotiy va aniq misollar asosida tanishtirish lozim. Shu maqsadda joriy yilning 23 dekabrida institut Madaniyat saroyida 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan Davlat rahbarining  “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!”  nomli asari mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
 



 
 
 

Печать

Joriy yilning 22 dekabr kuni Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti dekani X.Temirov, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi katta inspektori kapitan A.Roziqov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.A’zamov, fakultet murabbiylar kengashi raisi, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
 




 

    

 
 

Печать

Joriy yilning 21 dekabr kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi katta inspektori kapitan A.Roziqov, Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti dekani muovinlari N.Asilbekov, Sh.Mingnorov, fakultet murabbiylar kengashi raisi, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
 



 

    

 
 

Печать

Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIB katta tezkor vakili X.Karimov, Toshkent shahar Olmazor tuman IIB katta tezkor vakili “Terrorizm va ekstremizm”ga qarshi kurash bo‘limi hodimi A.Shukurov, institut yurist maslaxatchisi U.Bozorov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Yusupov va kafedra mudiri M.Ruzmetov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati dasturida belgilangan vazifalar va yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ma’naviy kamoloti masalalari, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish maqsadida, yoshlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirishga, ularda kuchli g‘oya va e’tiqodni tarbiyalash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi yo‘lga qo‘yilganligi to‘g’risida gapirib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarining qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
 



 
 
 

Sahifa 9 из 182

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries