Bosh sahifa Institut Yangiliklar
Yangiliklar

Печать

Institut rahbariyati va Iqtidorli yoshlar akademiyasi 15a-14 guruhi talabasi A.Z.Yusupov hamda 9r-14 guruhi talabasi D.A.Fayzullaevalarni Beruniy Davlat stipendiyasi va 25r-14 guruhi talabasi R.R.Axmetshinani Islom Karimov Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lganliklari bilan tabriklaydi. Institut jamoasi iqtidorli talabalarni  shunday yutuqlarga erishishlarida munosib hissa qo'shganliklari uchun ilmiy rahbarlari va oila a’zolariga minnatdorchilik izhor etadi.
 
 
 
 

Печать

“Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi AZAMATOV UCHQUN NEMATOVICHning “To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari” fanidan “Pillalarni chuvishga dastlabki tayyorlash” mavzusida 10.10.17 yil 2-127 auditoriyasi soat 8:30 da 4-16 guruh talabalari uchun ochiq darsi bo‘lib o‘tadi.
 
Xohlovchilarni taklif etamiz.
 
 

Печать

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, sohaga oid islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun ko‘p yillar davomida institutda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi professori Mirpolat Kulmetov 1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Kafedra professori Mirpolat Kulmetovga ta’lim-tarbiya tizimidagi beminnat xizmatlari hamda fidoyiligini yuksak darajada baholagan holda, institut rahbariyati o‘z minnatdorchiligini  bildiradi.
 
 

Печать

Olamning gultoji inson bo‘lsa, ular orasida suyuklisi ustoz va muallimdir. Darhaqiqat, ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi. Bu yorug‘ olamda onadek mehribon, otadek g‘amxo‘r, har birimiz uchun aziz va mo‘’tabar bo‘lgan ulug‘ zot – bu muallimdir. Bu buyuk zotga xalqimiz azaldan hurmat bajo etgan. Joriy yilning 30 sentyabr kuni 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan institutda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori S.Yunusov, taniqli san’atkorlar, so‘z ustalari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. San’atkorlar hamda talaba-yoshlar tomonidan tashkil etilgan bayramona dastur ko‘ngillarni shod etdi. Shu kuni institut rahbariyati tomonidan professor-o‘qituvchilar, hozirda keksalik gashtini surayotgan ustozlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
 
 

 

 
 

Печать

Joriy yilning 29 sentyabr kuni 4-talabalar turar joyi  Ma’naviyat xonasida Yengil sanoat texnologiyasi va Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti 1 kurs talaba qizlari, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Toyirova, “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri D.Xodjaqulova, katta o‘qituvchi N.Sodiqova, Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti murabbiylar kengashi raisi G.Jabborova, institut psixologi R.Muhammadjonovalar ishtirokida 1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab “Ustozlar o‘giti” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini Tursunoy Toyirova ochib berdi. U o‘z so‘zida talaba-qizlarga odobli bo‘lish, chuqur bilim olish, sog‘ligini asrash va  ustozlar o‘gitiga amal qilishni gapirib, har bir inson uchun hayot saboqlarini bergan ustoz ota-ona ekani, ularni ham bayram bilan tabriklab qo‘yishni ta’kidladi. Tadbir so‘nggida 21-17 guruhi talabasi S.Azimjonova, 18-15 guruhi talabalari B.Axmatova va M.Saidova bayram munosabati bilan ustozlarga o‘z dil izhorlarini taqdim etdi.
 


 
 
 

Sahifa 10 из 164

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries