Bosh sahifa Institut Yangiliklar
Yangiliklar

Печать

Shu kunlarda xalqimiz, jamoatchiligimiz mamlakatimiz hayotidagi eng qadrli, eng qutlug‘ bayramlar qatoridan o‘rin olgan Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayrami hamda Vatan himoyachilari kunini yuqori saviyada tashkil etish va talaba-yoshlarda Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun dahldorlik va mas’ullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 13 yanvar kuni institutda “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va harbiy ta’lim sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchi-ofitserlar, faxriylar hamda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari, shuningdek, estradamizning hushovoz honandalari, OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida institut talabalari Vatan himochilariga tabrik sifatida o‘z sahna ko‘rinishlarini namoish etishdi. Tadbir so‘ngida bayram munosabati bilan bugungi kunda institutning Harbiy kafedrasida xizmat qilayotgan jangovor tayyorgarligi hamda ijtimoiy-ma’naviy ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan ofitserlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.




 
 

Печать

2018-yil 12-yanvarda TTYeSI sport zalida O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil  3-noyabrdagi PQ 3031-son qarori ijrosi ta’minlash maqsadida 14-yanvar “VATAN HIMOYACHILARI” kuniga bag’ishlab “Mardlar qo’riqlaydi vatanni” shiyori ostida harbiy kafedrada ta’lim olayotgan talabalar o’rtasida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.
 



 
 
 

Печать

Joriy yilning 11 yanvar kuni institut talabalar turar joyida talabalarining 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi. Unda institut barcha fakultetining iqtidorli talabalari o‘z jamoalari bilan ishtirok etdi.
 



 
 
 

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3031-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida  joriy yilning 10 yanvar kuni institutda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining  professor-o‘qituvchilari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada TTYeSI, TDIU, TDSHI, ToshDUTAU, TDAU va Nizomiy nomidagi TDPU jamoalari ishtirok etdi. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoa a’zolari institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



 
 

Печать

Qishki ta’til davrida professor-o‘qituvchilarning qishki ta’til (2018 yil 1- 4 yanvar kunlari) davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan sayohat-ekskursiyaga institut rahbariyati tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar yuborildi. Buxoro muxandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro davlat universitetiga “Charm buyumlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri A.Toshev, “Mehnat muxofazasi va ekologiya” kafedrasi assistenti J.Arabovlar hamda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutiga “Korporativ boshqaruv” kafedrasi assistenti M.Temirov, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash” kafedrasi katta-o‘qituvchisi F.Sirojiddinovlar oila a’zolari bilan birga sayohat-ekskursiyalari tashkil etildi. Shuningdek, Qarshi davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari institutga sayohatlari tashkil etildi. Mazkur sayohat davomida hududlarda joylashgan Oliy ta’lim muassasalari, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, yodgorlik-majmualari, muzeylar, yangi barpo etilgan ob’yektlar va boshqa joylarga tashriflar uyushtirildi.
 



 
 
 

Sahifa 2 из 176

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries