Bosh sahifa Institut Yangiliklar
Yangiliklar

Печать

24 sentyabr kuni institut madaniyat saroyida «Talaba-2010» tadbiri bo’lib o’tdi. Unda 2010-2011 o’quv yili uchun Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti talabalari safiga qabul qilingan aziz yoshlarni institutimiz rektori Q.Jumaniyazov va barcha prorektorlar tabrikladilar. Tadbirda institut rektori  birinchi kursga qabul qilingan talaba-yoshlarni prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, jamoat tashkilotlari rahbarlari bilan tanishtirdi. Tadbirga Milliy teatr aktrisasi, O’zbekiston xalq artisti – To’ti Yusupova, Milliy teatr aktyori – Toxir Saidov, O’zbekiston xalq shoiri, “Yozuvchilar uyushmasi” raisining birinchi o’rinbosari – Sirojiddin Sayyid, Yoshlar radiokanalining bosh muharriri, shoir G’ayrat Majid tashrif buyurib, test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib talabalar safiga qabul qilingan yoshlarni muborakbod еtdilar. Tadbir so’ngida xushovoz xonanda Muzaffarbek Usmonov, PSTMF 1-kurs talabasi Xolnazarov Sarvar va MTKTAF 2-kurs talabasi Xudoyberganov Alisher tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro еtildi.
 
 

Печать

22 sentyabr kuni O’zbekiston san’at institutida Yoshlarda ijodkorlik iste’dodi va qobiliyatini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratish, iste’dodli bolalarni taqdirlash va rag’batlantirish, ular ongiga milliy mafkura va istiqlol g’oyalarini singdirib borish, o’zbek xalqining bebaho ma’naviy merosidan yoshlarimizning muntazam va to’laqonli bahramand bo’lishiga, ota-bobolarimizning еzgu g’oyalarini yosh avlod qalbida aks еttirish, Vatanga muhabbat va sadoqat, an’ana va qadriyatlarimizning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini foto lavhalar orqali ochib berish maqsadida “Men sizni bilan” shiori osatida foto tanlov o’tkazildi.. Ushbu tanlovda 5 nafar institutimiz iqtidorli, iste’dodli talaba-yoshlari munosib ishtirok еtib, Engil sanoat texnologiyasi fakulteti 25-10 guruh talabasi Mirxodieva Kamola 2-o’rin bilan, 25r-09 guruh talabasi Tashkenboev Temur faol ishtiroki uchun tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
 
 

Печать

18 sentyabr kuni institut madaniyat saroyida O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 19 yilligi hamda Ukraina Davlati mustaqilligining 19 yilligiga bag’ishlangan  tadbir bo’lib o’tdi.  Tadbirda Ukraina Respubliksining O’zbekistondagi  еlchixonasi konsuli G.E.Zaytsev,  «Slavutich» nomli Ukraina madaniyat markazi boshqaruv raisi Vladimr Boyko, «O’zbekiston – Ukraina» Do’stlik jamiyati boshqaruvi raisi texnika fanlari doktori, professor Q.Jumaniyazovlar ishtirok еtdilar. Shuningdek, bayramga bag’ishlangan katta kontsertda O’zbekiston va Ukrainada xizmat ko’rsatgan artist A.A.Petrov, O’zbekiston xalq artisti, Ukrainada xizmat ko’rsatgan artist Z.Solovey, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist M.Xakimov, Aviasozlar madaniyat uyining “Kalinushka”, “Ritmы planetы”, Uspenskiy nomli musiqa kolejining Rus xalqi musiqa asboblari ansambli, Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti xush ovoz xonandalari o’z chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarini hushnud еtdilar.
 
 

Печать

13-17 sentyabr kunlari fakultetlarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining fakultetlardagi hisobot-saylov yig’ilishlari bo’lib o’tdi. Yig’ilishda institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, jamoat tashkilot rahbarlari ishtirok еtdi. Yig’ilishlarda o’tgan o’quv yili davomida fakultetlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan etakchilar hisoboti еshitildi hamda yangi 2010-2011 o’quv yiliga fakultet etakchilari va bo’lim sardorlari saylab olindi.
 
 

Печать

14 sentyabr kuni institut madaniyat saroyida 1 kurs talabalarining ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo’yicha prorektor B.Shermuhammadov bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.  B.Shermuhammadov o’z so’zida institut ichki tartib qoidalari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va bir qator masalalarga to’xtalib o’tdi. So’ngra «O’zbekkino» Milliy agentligi tomonidan suratga olingan «Arosat» nomli badiiy film namoyish еtildi. Filmda o’z dinidan voz kechib, no’malum sekta a’zolarining aldovlariga ishonib, boshqalarni ham shu tuban yo’lga boshlagan еr-xotin, bevaqt o’lgan ayol mayitining sarson bo’lishi juda ta’sirchan ruhda ochib berilgan. Filmni namoyish еtishdan maqsad talabalarimizni ana shunday aldovlarga tushib qolmaslik, atrofda bo’layotgan bunday noxush voqea-hodisalardan ogoh bo’lishga chaqirishdir.
 
 

Sahifa 163 из 164

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries