Talabalar turar joyida sport musobaqasi o‘tkazildi

Печать

Institutda 2017-2018 o‘quv yili uchun mo‘ljalangan Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash va talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, dam olish kunlari Talabalar turar joyida sport musobaqasi o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 5 noyabr kuni barcha fakultet terma jamoalari o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu galgi musobaqada Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti jamoasi  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.