O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professori, texnika fanlari doktori S.Sh.Tashpulatovning Rossiya Federatsiyasi Moskva shaxridagi A.N.Ko

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti rektori taklifiga binoan ushbu universitetda 11-12 oktyabrda o‘tkazilgan “Pervыe Mejdunarodnыe Kosыginskie chteniya” Xalqaro ilmiy-texnik forumida ishtirok etish hamda turdosh universitetlari bilan xamkorlik shartnomalarini imzolash, institut professor-o‘qituvchilarini stajirovkalarini malaka oshirish shaklida o‘tkazishning tashkiliy masalalarini hal etish maqsadida 10 oktyabrdan 19 oktyabrgacha bo‘lgan vaqtda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti hamda Rostov na Donu shaxridagi Don Davlat Texnika Universitetlarida xizmat safari tashkil etildi. Xizmat safari chog‘ila Xalqaro ilmiy-texnik forumida “Sozdanie usloviy integratsii nauki, obrazovaniya i proizvodstva na primere Koreysko-Uzbekskogo uchebno-prakticheskogo tekstilnogo texnoparka” mavzusida formuning yalpi yig‘ilishida ma’ruza qilindi. Shartnoma asosida xamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish o‘quv, o‘quv-metodik ishlarni amalga oshirish, shu jumladan darslik, o‘quv qo‘llanmalarni xamkorlikda yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, maqsadli ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni, jumladan magistralarni tayyorlash, Rossiya davlatining yuqori reytingli ilmiy-texnik jurnallarida xamkorlikda ilmiy maqolalarni chop etish, professor-o‘qituvchi va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, bakalavriat va magistratura talabalarning amaliyotlarini o‘tkazish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, jumladan, ilmiy stajirovkalarini tashkil etish masalalari to‘g‘risida kelishib olindi. Muzokaralar A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universiteti rektori prof. Belgorodskiy V.S., To‘qimachilik instituti direktori, t.f.d., prof. Razumeev K.E., kafedra mudiri t.f.d., prof. Plexanov A.F., t.f.d., prof. Bitus E.I., t.f.d., prof. Andreeva E.G., Don Davlat Texnika Universiteti rektori prof. Mesxi V.CH., ilmiy ishlar prorektori f.m.f.d., prof. Suxinin A.I., t.f.d., prof. Cherunova I.V., p.f.n., dots. Ershova S.I., i.f.n., dots. Maksimenko A.I. va bir qator boshqa salohiyatli professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, kelajakda bajariladigan ishlar kelishib olindi. Xamkorlik dasturi bo‘yicha A.N.Kosigin RDU tomonidan mas’ul shaxs - t.f.d., prof. E.I.Bitus, DDTU tomonidan - t.f.d., prof. I.V.CHerunova, TTESI tomonidan – t.f.d., prof. S.Sh.Tashpulatovlar belgilandi.