Institutda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 5 fevral kuni institutda davra suhbati o‘tkazildi. Unda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari M.Mirzayev, I.Gaffarov va Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari B.Yusupov hamda institut professor-o‘qituvchilari, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirok etdi.